D. M. Insapov, M. N. Tuychiyeva Elektr transportidan foydalanish va Ta`mirlash


 Lokomotiv o’qlarini magnit defektoskopiyasida asosiy amallar


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/16
Sana28.03.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1304395
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Kitob 4893 uzsmart.uz

6. Lokomotiv o’qlarini magnit defektoskopiyasida asosiy amallar 
Labaratoriya sharoitida defektoskoplash amaldagi magnit maydonida 
o’tkaziladi, buning uchun defektoskop bevosita 220 V li o’zgaruvchan tok 
tarmog’iga ulanadi. 
Magnit nazoratlarini boshlashdan avval quydagilarni tekshirib ko’rish 
kerak: 
1. Nuqson defektoskopni iste`mol qiladigan to’ki bo’yicha sozligi 
(ampermetr bilan) Tok defektoskop o’ramlarida nominal qiymatdan 
(pasportda ko’rsatilgan) 10% dan ortiq chetga chiqmasligi kerak
2. Tok o’tkazuvchi simlar va himoya shilanglarining holatini; 
3. Magnit aralashmasining yoki quruq kukunning sifatini etalonlarda 
amaldagi magnit maydonida tekshirib ko’rish kerak. Kukun zarrachalari 
darzlar atrofida to’planib uning konturini aniq chizib berishi kerak. 
O’qning tekshirilayotgan yuzasini tekshirishdan avval tozalanadi
quruq kukun bilan tekshirishda esa yuza mutloq quruq bo’lishi kerak. 
Nuqson defektoskop o’zgaruvchan tokda ishlaganda lokomotiv 
o’qlarini magnit defektoskopiyasi qilish quyidagi asosiy amallardan iborat.
Nam usulda
1. Defektoskopni tarmoqqa ulash;
2. Nuqson defektoskopni o’qga ishchi holatda quyishi
3. Magnit aralashmasini quyish; 
4. Magnitlash; 
5. Quyilgan yuzani qarovdan o’tkazish; 
6. Magnitsizlantirish. 


 Quruq usulida
1. Defektoskopni tarmoqqa ulash; 
2. Defektoskopni uqda dastlabki holatcha kuyish; 
3. Magnit kukuni bilan changlatish
4. Magnitlash; 
5. Defektoskopni tekshirilayotgan yuza bo’yicha surshi va qarov;
6. Magnitsizlantirish. 
Har bir qarovdan so’ng o’qning buyini uchun o’q qurik usulda 
tskshirilganda 90
0
ga, yo’l usulda tekshirilganda esa 180
0
ga buraladi va 
gupchak osti qismi tekshirilganda esa 120
0
ga buraladi. 
O’qda tekshirilayotgan uchastkalarning chegarasi har bir buralishda 
bo’r bilan belgilab quyiladi qarovda asosiy e'tibor galtellarga va g’ildirak 
gupchagining cheti joyloshadigan joylarga muxim e'tibor beriladi, chunki 
aynan shu joylarda darzlar hosil bo’ladi. 
O’qning tekshirilayotgan uchastkasida aniq chiziq ko’rinishida 
zarrachalar to’plansa bu joyni artib obdan qayta tekshiruv o’tkaziladi. Har 
qanday tayerlov ishlarini olib borish paytida defektoskop qizib ketmasligi 
uchun u tokdan uzib qo`yiladi. Ish tugaganidan so`ng defektoskopni 
kukundan tozalanadi, yaxshilab artib vaqtincha saqlash joyiga qo`yiladi. 
Ishni mustaqil bajarilgandan so`ng talaba mazkur laboratoriya ishiga 
ilova qilinadigan jurnalni to`ldiradi: undan lokomotiv o’qlarini magnit 
defektoskopiyasi qilshida bajariladigan barcha amollar ketma-ketlikda 
yoziladi; defektoskopning eskizini g’ildirak juftilini tekshirilayotgan 
paytdagi eskizi beriladi. 
Har bir talaba uchun topshirik varianti o’qituvchi tamonidan beriladi. 
Quyida topshiriq variantlari keltirildi. 
1. G’ildirak juftligi o`qining bo`yinlari va gupchak osti qismarini 
tekshirish. 
2. G’ildirak juftligining gupchak osti qismini quruq usulda teskshirish. 
3. G’ildirak juftigi chunchak osti qismining kul usulda tekshirin. 
4. Lokomotiv o’qlarining o`rta qismini tekshirish. 

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling