D. M. Insapov, M. N. Tuychiyeva Elektr transportidan foydalanish va Ta`mirlash
Lokomotiv o’qlarini magnit defektoskopiyasida asosiy amallar
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 4893 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quruq usulida
6. Lokomotiv o’qlarini magnit defektoskopiyasida asosiy amallar
Labaratoriya sharoitida defektoskoplash amaldagi magnit maydonida o’tkaziladi, buning uchun defektoskop bevosita 220 V li o’zgaruvchan tok tarmog’iga ulanadi. Magnit nazoratlarini boshlashdan avval quydagilarni tekshirib ko’rish kerak: 1. Nuqson defektoskopni iste`mol qiladigan to’ki bo’yicha sozligi (ampermetr bilan) Tok defektoskop o’ramlarida nominal qiymatdan (pasportda ko’rsatilgan) 10% dan ortiq chetga chiqmasligi kerak; 2. Tok o’tkazuvchi simlar va himoya shilanglarining holatini; 3. Magnit aralashmasining yoki quruq kukunning sifatini etalonlarda amaldagi magnit maydonida tekshirib ko’rish kerak. Kukun zarrachalari darzlar atrofida to’planib uning konturini aniq chizib berishi kerak. O’qning tekshirilayotgan yuzasini tekshirishdan avval tozalanadi, quruq kukun bilan tekshirishda esa yuza mutloq quruq bo’lishi kerak. Nuqson defektoskop o’zgaruvchan tokda ishlaganda lokomotiv o’qlarini magnit defektoskopiyasi qilish quyidagi asosiy amallardan iborat. Nam usulda: 1. Defektoskopni tarmoqqa ulash; 2. Nuqson defektoskopni o’qga ishchi holatda quyishi; 3. Magnit aralashmasini quyish; 4. Magnitlash; 5. Quyilgan yuzani qarovdan o’tkazish; 6. Magnitsizlantirish. Quruq usulida: 1. Defektoskopni tarmoqqa ulash; 2. Defektoskopni uqda dastlabki holatcha kuyish; 3. Magnit kukuni bilan changlatish; 4. Magnitlash; 5. Defektoskopni tekshirilayotgan yuza bo’yicha surshi va qarov; 6. Magnitsizlantirish. Har bir qarovdan so’ng o’qning buyini uchun o’q qurik usulda tskshirilganda 90 0 ga, yo’l usulda tekshirilganda esa 180 0 ga buraladi va gupchak osti qismi tekshirilganda esa 120 0 ga buraladi. O’qda tekshirilayotgan uchastkalarning chegarasi har bir buralishda bo’r bilan belgilab quyiladi qarovda asosiy e'tibor galtellarga va g’ildirak gupchagining cheti joyloshadigan joylarga muxim e'tibor beriladi, chunki aynan shu joylarda darzlar hosil bo’ladi. O’qning tekshirilayotgan uchastkasida aniq chiziq ko’rinishida zarrachalar to’plansa bu joyni artib obdan qayta tekshiruv o’tkaziladi. Har qanday tayerlov ishlarini olib borish paytida defektoskop qizib ketmasligi uchun u tokdan uzib qo`yiladi. Ish tugaganidan so`ng defektoskopni kukundan tozalanadi, yaxshilab artib vaqtincha saqlash joyiga qo`yiladi. Ishni mustaqil bajarilgandan so`ng talaba mazkur laboratoriya ishiga ilova qilinadigan jurnalni to`ldiradi: undan lokomotiv o’qlarini magnit defektoskopiyasi qilshida bajariladigan barcha amollar ketma-ketlikda yoziladi; defektoskopning eskizini g’ildirak juftilini tekshirilayotgan paytdagi eskizi beriladi. Har bir talaba uchun topshirik varianti o’qituvchi tamonidan beriladi. Quyida topshiriq variantlari keltirildi. 1. G’ildirak juftligi o`qining bo`yinlari va gupchak osti qismarini tekshirish. 2. G’ildirak juftligining gupchak osti qismini quruq usulda teskshirish. 3. G’ildirak juftigi chunchak osti qismining kul usulda tekshirin. 4. Lokomotiv o’qlarining o`rta qismini tekshirish. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling