D. M. Insapov, M. N. Tuychiyeva Elektr transportidan foydalanish va Ta`mirlash
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 4893 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchastka bo’ylab yuk tashuvchi poyezdlarni boshqarishning o’ziga xos xususiyatlari
1-LABORATORIYA ISHI Yuk tashuvchi elektrovozlarni real sharoitlarga yaqin sharoitlarda boshqarishni o’rganish Ishning maqsadi: Yo’riqnomalar va video materiallar asosida yuk tashuvchi elektrovozlarni real sharoitlarga yaqin sharoitlarda boshqarishni o’rganish. Uchastka bo’ylab yuk tashuvchi poyezdlarni boshqarishning o’ziga xos xususiyatlari Yurish vaqtida lokomotiv brigadalari TFQ 16.38-16.49 punktlariga, harakat tarkiblari tormozlaridan foydalanish bo’yicha yo’riqnomalariga amal qilishi, mashinist va mashinist yordamchisi o’rtasidagi o’zaro gaplashish reglamentlaroga rioya qilishi kerak. Ko’p hollarda peregonlarda ko’tarilishlar qiyaliklarga, tushishlar- ko’tarilisharga yoki tekisliklarga, to'g'ri uchastkalar egriliklarga almashadi. Mashinist o’z vaqtida boshqaruv rejimini o’z vaqtida o’zgartirib borishi kerak, yuqori pozisiyalarga o'tishi yoki tortuv dvigatellarini qo'zg'atishi susaygani asosida zarur hollarda tezlikni oshirishi yoki to’liq qo’zg’atishga va quyi pozisiyaga o’tib, zarur bo'lganda tortish kuchini kamaytirish kerak. Dvigatellarni yangi ulanishiga o’tishning barcha hollarida pozisiyalarga olganda tokni kattalikka qadar oshib ketmasligi maqsadida ampermetr ko’rsatkichiga ahamiyat qaratadilar. Poyezdlarni ko’tarilishlar (podyomlar) bo’ylab boshqarishda tortuv dvigateli zanjiridagi tokga e’tibor qarariladi: agarda u himoya rostlangan maksimalga yaqin bo’lsa, tok hosil bo’lishini oldini olib tokni kamaytiradilar. Buning uchun o’zgaruvchan tok elektrovozlarida pastroq qo’zg’atishning zaif pog’onasiga va guruhli perekluchatel (o’chirib yoqgich) yuruvchi (xodovoy) pozisiyaslariga o’tiladi. G’ildirak juftliklari sirpanishi elektrovoz g’ildiraklari ostiga qum sepish bilan bartaraf etiladi. Sirpanish hosil bo’lganini ampermetr strelkasiga qarab aniqlaydilar: strelka tebranishni boshlaydi. Bunda tortuv dvigatellari va tishli o’tkazuvchilar ishida kuzatiladigan tovushning tembri va balandligi o’zgaradi. G’ildirak juftliklari sirpanishida sirpanishga qarshi himoya ishga tushadi. Agarda sirpanish to’xtamasa, tutqich (rukoyatka)ni bir qancha pozisiyaga, yuklamani kamaytirish tarafga o’tkazadilar, sirpanish to’xtaganidan so’ng tutqich (rukoyatka)ni yana yurish pozisiyasiga qo’yiladi. Poyezdni ko’tarilish (podyom)dan tushish (spusk)ga harakatlanganda (1-rasm), imkon qadar tezlik oshirilib, tortish kuchi kamaytiriladi: tortuv dvigatellari to’liq qo’zg’atishga, paralleldan ketma-ket-parallelga va ketma-ket ulanishga o’tiladi yoki yanada pastroq yurish pozisiyalariga o’tiladi so’ng tortuv dvigatellari o’chiriladi. Tortish kuchini shunday hisob-kitob bilan kamaytirishadiki, harakat davomida tushish (spusk)larda mazkur peregon uchun o’rnatilgan tezlikdan oshib ketmaslik va agarda tushish (spusk) qisqa masofada bo’lsa, tormoz ishlatmasdan uni bosib o’tish, uzun masofalarda esa tushish (spusk)lardan ko’tarilish (podyom)larga (1-rasm) harakat davomida ruxsat etilgan maksimal tezlikda tormozlar to’liq bo’shatilgan holda, tormoz qo’llanilib, bo’shatib yuboriladi. Poyezd tushish (spusk)lardan tekislikka o’tishida va qayta tushish (spusk) bo’ylab harakatida yordamchi tormoz pog’onama pog’ona qo’llaniladi va tezlikka mos holda tarkib tushish (spusk)dan so’ng yordamchi tormoz pog’onama-pog’ona qo’yib yuboriladi; katta tikkalikdan tushish (spusk)dan yoki tushish (spusk)ga holatlarida huddi shu ko’rinishda yo’l tutadilar. Poyezd cho’zilgan tushish (spusk)lar bo’ylab harakatda,elektrovoz elektr tormozlarsiz avtotormoz bilan boshqarish holatlarida (2-rasm) o’rnatilgan tezlikni ortib yoki kamayib ketishiga yo’l qo’ymaslikka harakat qiladilar. Tormoz tizimidagi zaryadli bosimni 18‰ ba’zan esa 18‰ gacha tikkalik tushish (spusk)lar uchun 0,53…0,56 MPa o’rnatadilar. 1-rasm. Poyezdni ko’tarilish (podyom)dan tushish (spusk) va tushish (spusk)dan ko’tarilish (podyom) bo’ylab harakarlanishi. Pog’onali tormozlash qo’llaniladi. Tormoz magstralida bosimni 0,06…0,07 MPa ga pasaytiriladi (1-pog’ona); agarda o’rnatilgan tezlikni ushlab turish yoki kamaytirish uchun bu yetarli bo’lmasa, zaruriyatga ko’ra bosim 0,03…0,04 MPa (2-pog’ona) pasaytiriladi. 18‰ va undan ko’p tikkaliklarda 1-pog’ona tormozlanish bosimni 0,07…0,08 MPa, 30‰ tushishlarda – 0,08…0,09 MPa ga pasaytirib, o’rnatilgan tezlikdan 5-10 km/s kamroq tezlikda qo’llaydilar. Tormoz kuchi mazkur peregon uchun yo’l profili, harakat tezligi va o’rnatilgan tezlikka bog’liq holda rostlanadi. Ehtimol poyezd tormoz rejimida ko’proq chidamliroq va tormoz tizimi to’liq zaryadigacha va qayta tormozlashda poyezdning o’rnatilgan tezligi ortib ketmasligini hisobga olgan holda avtotormozni ishga tushiradilar. Qayta tormozlash tormoz magistrali zaryadlangandan so’ng (1 daqiqadan so’ng) amalga oshiriladi. 2-rasm. Poyezdni tushish (spusk) bo’ylab, tekislikka va yana tushish (spusk) bo’ylab harakati Agar yuk poyezdlari tushish (spusk) bo’ylab harakatida tormoz berganda tormoz magistralidagi bosim 0,38 MPa ga tushib ketsa poyezdni darhol to’xtatish, yordamchi tormozni ishga tushirish, undan keyin avtomatik tormozni qo’yib yuborish va tormoz magistralini o’rnatilgan bosimgacha zaryadlash (yuk poyezdlarida 5 daqiqadan kam emas) zarur. Agar tushish (spusk) oxirida yuk poyezdi tormoz magistralida 0,38 MPa dan past, lekin 0,35 MPa dan kam bo’lsa va keyingi tormozlashgacha tormoz magistrali zaryadkasi uchun vaqt yetarli bo’lsa, poyezdni tormozni zaryadlash uchun to’xtatish talab etilmaydi. Ta’qiqlovchi signalga yoki eng so’nggi ustunchaga yaqinlashganda tormozlarni to’liq bo’shatish faqatgina poyezd to’xtaganidan keyin amalga oshiriladi. Ko’tarilish (podyomda) to’xtashdan oldin EKG pozisiyalari eng past yuruvchi (xodovoy) gacha kamaytiriladi, avtotormozlar ishga tushiriladi va tormoz to'lqinlari poyezd bo'ylab tarqalganda kontroller dastagi “O” holatiga qo’yiladi. To’xtatilgandan so’ng lokomotiv yordamchi tormozi ishga tushiriladi va poyezd avtotormozi qo’yib yuboriladi. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling