D. M. Insapov, M. N. Tuychiyeva Elektr transportidan foydalanish va Ta`mirlash
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 4893 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy malumotlar
- 1. G’ildirakning nuqson (defekt)lari
3-LABORATORIYA ISHI G’ildirak juftligining umumiy elementlarini o’lchash Ishdan maqsad. G’ildirak jufligi lokomotivning muhum elementlaridan hisoblanadi. Poezdlar harakatlanishining havfsizligi g’ildirak juftligining tizimini (konstruksiyasi), tayyorlash va ta'mirlash texnologiyasiga, shuningdek uning joriy holatiga bog’liq. Ishning maqsadi - g’ildirak juftligi texnik holatini tekshirishni va aniqlangan nosozliklarni o’lchash, yeyilish darajasini anig’lash va ta'mirlash texnologiyasining asosiy yo’nalishlarini anig’lash. Nazariy ma'lumotlar. G’ildirak juftliklari lokomotiv ostida ishlash jarayonida yeyiladi va shikastlanadi. G’ildiraklarning rels bilan tutashish joyida kontakt kuchlanishlar paydo bo’ladi natijada ishqalanuvchi pozalarda tabiiy yeyilish, shuningdek elastik plastik deformatsiyalar va charchashdan buzulishlar yuz beradi. O’qqa statik va dinamik yuklamalar, shuningdek ishorasi o’zgaruvchi egilish kuchlanishlari ta'sir qilida. Bundan tashqari o’q g’ildirak bilan pressli birikkan joyida qo’shimcha qismi kuchlanishlariga duchor bo’ladi va dumalash yuzalarida nuqson (defekt)lar bo’lsa, relslardan zarblarni ham qabul qiladi. O’qlarni tayyorlashda va ishlov berishda turli texnologik jarayonlarini buzulishunda maxalliy zo’riqishlarning paydo bo’lishiga zamin yaratadi, ular charchash hodisalari bilan birgalikda darzlar hosil bo’lishiga olib keladi. 1. G’ildirakning nuqson (defekt)lari Tabiiy yeyilish dumalash ishqalanishida hosil bo’ladigan kontakt urinma kuchlar ta'sirida mayda metall zarrachalarining ajralib chiqishi natijasida yuz beradi. Yeyilish natijasida gardish va o’rtachning qalinligi kichrayadi. G’ildiraklar o’qda simmetrik joylashmaganligi sababli bitta g’ildirak juftligi diametrlarida farq, aravacha ramasi qiyshayishi, yoki buksa uzelining ramasi g’iyshayib qolishi, shuningdek markazdan qochma kuch ta'sirida yo’lning egri uchastkalaridan harakatlanishida bir tomonlama yeyilish paydo bo’ladi, grebenning vertikal kesilishi, o’tkir greben, pog’onali greben hosil bo’ladi. Charchashdan buzulish dumalash yuzasining urunma kuchlar bilan uzoq vaqt davomida buzulishining natijasi bo’lib uning og’ibatida metall qatlam-qatlam bo’lib qoladi yoki katta-katta bo’laklanib ko’chadi. Charchashdan buzulishga dumalash yuzasining archilishi metallning qatlam-qatlam bo’lib qolishi, korrozion-nuqtali archilish, chuquri o’yiqlar, shuningdek uchib ketishlar, sinish, gardishning maxalliy kengayishi kirib ular ichki darzlarni hosil qilida. Charchashdan hosil bo’ladigan chuquri o’yiqlar gardish yuzasidagidarzlarning gardish ichkarisiga qarab rivojlanishining natijasi bo’lib undan metall parchasi ajraladi va uyinning chuqurligi 15...20 mm gacha boradi. Gardishning nakati (zichlanishi) va grebenning o’tkir qirrali zichlanishi plastik deformasiyalanish natijasida hosil bo’ladi, unda metall yeyilmasdan ko’proq "oqadi". O’tkir qirrali zichlanishda greben yupqa va o’tkir bo’lib qoladi va metallning ezilishi bilan shakllanadi. G’ildirakning dumalash yuzasida tormozlanishda urinma kuchlanishlar ta'sirda hosil bo’ladigan surish ishqalanish avval shanlidagi dog’lar hosil bo’lishi, mayda o’yiqchalar, tolalanish ko’rinishidagi plastik deformasiyalanish, shuningdek kuyish va kompazision kolodka ta'siridan xalqasimon yeyilishlar ko’rinishdagi buzuqliklar hosil bo’lishi mumkin. O’yiqlar bu dumalash yuzasidagi metallning tarkibiiy o’zgarishning natijasi bo’lib, ular mikrodarzlar natijasida yuzaga keladi va ularning chuqurligi 1.3mm dan oshmaydi. Surilishlar (polzuni) tormoz qurilmasining ta'siri natijasida g’ildirakning rels bo’lab sirpanish natijasida 0ildirak jufligininng relsda ponalanib (zaklinivanii) qolishida yuz beradi. Surilishlar juda havfli bo’lib, ular lokomotivning harakatlanishida g’ildirakning relsga qattiq zarblarni keltirib chiqaradi. Metalldagi yashirin nuqson (defekt)larga turli metall bo’lmagan qo’shimchachalar, ichki o’yiqlar, metallning kirlanishidan hosil bo’ladigan darzlar, turli yupqa pardalar kiradi va ular g’ildirak juftligini yo’nishda aniqlanadi. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling