D. M. Insapov, M. N. Tuychiyeva Elektr transportidan foydalanish va Ta`mirlash


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/16
Sana28.03.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1304395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Kitob 4893 uzsmart.uz

 
2-LABORATORIYA ISHI 
 
Yo’lovchi poyezdlarni boshqarishda elektrovozlarni boshqarish 
xususiyatlari 
 
Ishning maqsadi:
Yo’riqnomalar va video materiallar asosida y
o’lovchi 
poyezdlarni boshqarishda elektrovozlarni boshqarish xususiyatlarini 
o’rganish 
 
Poyezdni jo’nab ketishi mashinist tomonidan aniq o’rnatilgan harakat 
vaqti jadvallarida ruxsat etiladigan chiqish signali ko’rsatkichlari 
bo’lganda amalga oshiriladi; vaqtdan oldin jo'nab ketish ta'qiqlanadi.
Majburiyatlariga poyezdni kuzatish kiruvchi bekat navbatchisi, 
hoshiyasi qora rangli oq rangga bo’yalgan, ko’tarilgan vertikal diskni yoki 
sariq bayroqni, kechasi esa yashil chiroqli qo’l fonarini elektrovoz tarafga 
o’giradi.
Poyezdni harakatga keltirishdan oldin mashinist va yordamchisi 
poyezd yoki bekat ishchilari tomonidan to’xtatish signali berilmayotganini 
tekshiradilar. 
Poyezdni joyidan qo’zg’atish uchun yo’lovchi poyezdlarda shturval 
yoki mashinist kontrolleri dastagi 1-pozisiyaga qo’yiladi va unda 2…3 
sekund ushlab turiladi – bu tarkibni birikmali jihozlarini ravon ulanishini 
va poyezdni joyidan siltanishlarsiz qo’zg’alishini ta’minlaydi hamda tortuv 
dvigatellari ventilyatorlari yoqilishini imkoniyatini beradi.
Agar 1-pozisiyada poyezd joyidan qo’zg’almasa, yana ikki-uch 
pozisiyaga olinadi, poyezdni keyingi tezlik olishi o’rnatilgan tezlik asosida 


bajariladi.
Yo’l davomida avtomatik tormozlash ishlashi chegaralangan oriyentir 
(mo’ljal)lar bilan joylarda o’rnatilgan yo’riqnomalar asosida o’rnatilgan 
joylarda, yo’l boshlig’i tomonidan o’rnatilgan tezlikgacha tormoz 
magistralida bosimni 0,05…0,06 MPa ga pasaytiradilar. Tormozlar to’g’ri 
ishlaganda chegaralangan orientirlar bilan cheklangan masofalarda tezlik 
10 km/s dan ko’pga kamayadi (3-rasm), so’ng avtotormozar bo’shatiladi. 
Agar tormozlashning birinchi pog’onasidan keyin o’n soniya 
mobaynida boshlang’ich tormoz samarasi olinmasa darhol shoshilinch 
(ekstrinniy) tormozlash qo’llaniladi va buning sababini aniqlash maqsadida 
poyezdni to’xtatish choralari ko’riladi. 
Razryadkasiz magistralning (4-rasm) elektropnevmatik tormozlari 
ishini tekshirish avtotormozlarni tekshirishdan so’ng hamda o’rnatilgan 
joyda va o’rnatilgan tezlikda amalga oshiriladi. 
3-rasm. Avtomatik tormoz ishlashini tekshirish sxemasi 
4-rasm. Elektropnevmatik tormoz ishlashini tekshirish sxemasi. 
Mashinist krani dastagini II holatdan (О lampa yonadi) III holatga (II 


lampa yonadi), so’ng V holatga (T yonadi, П o’chadi) o’tkazadilar. 
Dastakni V holatda elektrovoz tormoz silindrlaridagi bosim 0,1…0,15 MPa 
yetgunga qadar ushlab turiladi va IV holatga o’tkazadila (O va П yonadi). 
Tormoz samarasi olingandan va tezlik o’rnatilgan kattalikkacha 
kamaytirilgandan so’ng, mashinist krani dastagini I va 2…3 holatga va 
undan keyin poyezd holatiga o’tkazib elektropnevmatik tormozlash to’liq 
qo’yib yuboriladi. 
Yo’lovchi poyezdlarni peregon bo’ylab boshqarishda peregonlar bilan 
birga stansiyalarda o’rnatilgan tezliklarni oshib ketmasligiga yo’l 
qo’ymagan holda o’rnatilgan alohida punktlar va peregonlarni bosib o’tish 
vaqt jadvaliga qat’iy rioya qiladilar. 
Tezlikni rostlash uchun pog’onali tormozlash qo’llaniladi, mashinist 
krani dastagi 2-dan 5 holatga o’tkazadilar va tenglashtiruvchi 
rezervuardagi bosimni 0,03…0,05 MPa (0,3…0,5 kgs/sm
2
) gacha 4-
holatga o’tkazish ketma ketligi asosida kamaytiradilar. Zarur hollarda 
tormozlashning keyingi pog’onasi tenglashtiruvchi rezervuarda bosimni 
0,03…0,08 MPa (0,3…0,8 kgs/sm
2
) gacha pasaytirish bilan mashinist 
krani orqali havoni chiqib ketishi to’xtagandan so’ng bajariladi.
Bekatlarda (stansiyalarda) taqiqlovchi signalga va to’xtashga 
yaqinlashganda mashinist krani orqali havo o’tishini to’xtatgandan so’ng 
kran dastagini 4-dan 3-holatga o’tkazadilar. Agar poyezd 0,03 MPa (0,3 
kgs/sm
2
) pog’ona bilan tormozlangan bo’lsa, mashinist tomozlarni qo’yib 
yuborishdan avval razryadkani 0,05 MPa (0,5 kgs/sm
2
) gacha orttiradilar. 
Rejalashtirilgan to’xtash bo’ylab harakatida tormozlashni birinchi 
pog’onadan boshlaydilar va tezlik 25…50% ga kamaytirilgandan so’ng 
zarur bo’lganda tormozlash kuchaytiriladi. Xizmat (служебный) 
tormozlangandan so’ng tormozlarni qo’yib yuborganda kran dastagini 
mashinist 1-holatga o’tkazadi va tenglashtiruvchi rezervuarda bosim 
0,5…0,52 MPa (5,0…5,2 kgs/sm
2
) bo’lgunga qadar ushlab turiladi. 
Shoshilinch (экстренный) tormozlashdan so’ng 0,3…0,35 MPa (3,0…3,5 
kgs/sm
2
) ga qadar, qisqa tarkibli poyezdlarda 0,15…0,20 MPa (1,5…2,0 
kgs/sm
2
) ga qadar tormozlar qo’yib yuborilganda dastakni poyezd holatiga 
o’tkazadilar. 
Xizmat (служебный) tormozlashdan so’ng tormozlarni bo’shatishni 
4…6 km/s tezlikda to’xtatishdan ooldin amalga oshiradilar, agar poyezdda 
kompozisiyali kolodkalar yoki diskli tormozlash mavjud bo’lsa 
tormozlarni to’xtagandan so’ng amalga oshiradilar. 
Tushish (spusk)lar bo’ylab tormozlashda tormoz magistralida bosim 
0,35 MPa (3,5 kgs/sm
2
) dan tushib ketsa poyezd to’xtatiladi va tormoz 
magistrali ornatilgan bosimga qadar zaryadlab olinadi. 


Agar tushish oxirida oxirgi tormozlashdan so’ng tormoz magistralida 
bosim 0,35 MPa (3,5 kgs/sm
2
)dan 0,32 MPa (3,5 kgs/sm
2
) ga kamayib 
ketsa va keyingi tormozlashgacha tormoz qo’yib yuborilgandan so’ng 
tormoz magistralida zaryadka uchun vaqt yetarli bo’lsa poyezdni to’xtatish 
talab etilmaydi. 
Yo’lovchi poyezdlarda elektropnevmatik tormozlarni boshqarishda 
EPT yoqiladi, bunda “O” signal lampasi yoqilishi kerak, EPT zanjirida 
kuchlanish 50 V dank am bo’lmasligi kerak. Tormozlashning birinchi 
pog’onasida tezlikni rostlash uchun mashinist krani dastagi 2-dan 5E 
(tormoz magistrali razryadkasisiz) holatiga o’tkazish bilan bajariladi
lokomotiv tormoz silidrlaridagi bosim 0,07…0,15 MPa (0,7…1,5 kgs/sm
2

ga orttirilgandan so’ng 4-holatga o’tkazadilar. Bunda uchinchi va to’rtinchi 
holatlarda “O” va “П”, 5E, 5- va 6- holatlarda “O” va “T” signal lampalari 
yonishi kerak. Keyingi pog’onalar zarur hollarda lokomotiv tormoz 
silindrlarida bosim 0,38…0,4 MPa (3,8…4,0 kgs/sm
2
) ga teng bo’lganda 
xizmat (служебноe) tormoz to’liq berilgunga qadar bajariladi. 
Harakat davomida mashinist signal lampalari asosida tormozlarni 
normal ishlashini nazorat qiladi, “dubllangan ta’minot” tumbler yoqiq 
holatlarda ampermetr ko’rsatkichiga ko’ra 20% ga kamayish tarafga 
o’zgarmasligi kerak. 
Agar poyezdda ikkitadan ko’p bo’lmagan EPTli yoki EPT o’chiq 
lokomotivlar bo’lsa, tormoz silindrlarda bosim orttirilgandan so’ng 
tormozlash vaqtida kran dastagini 3-holatga o’tkazadilar. 
Taqiqlovchi signallardan oldin to’xtatuvchi EPT tormozlashida 
mashinist krani dastagi 5-holatga o’tkaziladi, tormoz silindrlarida bosim 
orttirilgandan so’ng kram dastagini 3-holatga o’tkazadilar.
Agar harakat davomida “O” signal lampasi o’chib qolsa, tormozlarni 
pnevmatik boshqarishga o’tadilar yoki EPT ta’minotini o’chiradilar. Agar 
elektropnevmatik tormozlash rejimida taqiqlovchi signalga yoki oxirgi 
ustunchaga kelish vaqatida signal lampa yonsa mashinist shoshilinch 
tormozlashni qo’llaydi va EPT ta’minotini o’chiradi. 
Poyezdni boshqarish shartlariga asosan mashinist tormozlarni to’liq 
yoki pog’onali qo’yib yuborish (bo’shatish)ni amalga oshiradi. 
Tormozlarni pog’onali bo’shatishda mashinist krani dastagini qisqa vaqtda 
ustma-ust (перекрыша) holatidan poyezd holatiga va yana qayta ustma-ust 
(перекрыша) holatiga o’tkazish zarur, bunda bo’shatish pog’onasi 
0,02…0,03 MPa (0,2…0,3 kgs/sm
2
) kam bo’lmasligi kerak. EPT to’liq 
bo’shatish (otpusk)da mashinist krani dastagini 1-holatdan tenglashtiruvchi 
rezervuarda bosimni zaryadlangandan 0,02 MPa (0,2 kgs/sm
2
) ortgunga 
qadar, qisqa tarkibli poyezdlarda zaryadlangan bosimgacha amalga 


oshiradilar. 
Lokomotivni yo’lovchi poyezdlar tarkibidan ajratmasdan lokomotiv 
brigadalarini almashinuvida mashinist poyezd to’xtaganidan so’ng 
tormozlashni 
tenglashtiruvchi 
rezervuarda 
bosimni 
o’rnatilgan 
zaryadlangan bosimdan 0,15…0,17 MPa (1,5…1,7 kgs/sm
2
) ga 
kamaytirish bilan to’liq xizmat (служебное) tormozlashga olib boradi, 
bunda EPT tormoz silindrlarda bosim 0,38…4,0 kgs/sm
2
) gacha 
oshiradilar.
Jadval bo’yicha bekatda to’xtashi kerak bo’lgan yo’lovchi poyezd 
“Lokomotivni to’xtatish” doimiy signal belgisidan o'tib ketmasdan 
yo’lovchilar tushish-chiqish platformasida to’xtatadilar. Qolgan barcha 
hollarda yo’lovchi poyezdlarni boshqarishda yuqorida keltirilgan yuk 
poyezdlarini boshqarish tarib-qoidalariga rioya qilinadi. 

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling