D. M. Insapov, M. N. Tuychiyeva Elektr transportidan foydalanish va Ta`mirlash
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 4893 uzsmart.uz
G’ildirakning prokati mutlaq shablon bilan o’lchanadi (16-rasm).
Vertikal surgich 1 ni uyik 3 ga g’ildirakning ichki qirrasidan 70 mm masofada qo’yiladi. Vertikal qirra 5 dagi tayanch changach 6 ni g’ildirak gardishining ichki qirrasiga, do’nglik 4 ni grebenga zich qilib qo’yiladi, surgich 1 ni dumalash doirasiga zich qilib qisiladi.shkala 2 dagi vertikal surgichdagi nazorat chiziqchasi bilan mos tushgan raham prokat qiymatini ko’rsatadi, shablonni uchta nuqtaga qo’yiladi. O’lchash natijalari ruxsat etilgan kattaliklar bilan solishtiriladi. 10-rasm. G’ildirak prokatini o’lchash sxemasi Prokatni o’lchash harakat havfsizligini ta'minlash va g’ildirak juftligining harakatlanishga qarshiligining minimal bo’lishini ta'minlash uchun kerak. Prokat g’ildirak gardishiga tarnov (jelob) shaklini beradi, shu bilan g’ildirak juftligining harakatlanishga qarshiligini oshiradi. G’ildirak gardishiga surilish va uyiqlarni ham mutlaq shablon bilan prokatni o’lchagandek o’lchanadi. G’ildirak gardishning kengligini kronsirkul yordamida oddiy o’lchash chizg’ichi (lineyka) yoki shablon bilan unga o’rnatilgan suraladigan o’lchash chizg’ichi bilan o’lsanadi.shablonnii g’ildirak gardishiga o’rnatiladi, uni ichki qirraga qisiladi. Va lineykani gardishning tashqi ko’ndalang yon tomoniga tiralguncha suriladi, va o’lchash shkalasining ko’rsatishi o’qiladi. 11-rasm. G’ildirak gardishining qalinligini o’lchash sxemasi Greben qalinligi absalyut shablon bilan o’lchanadi (8-rasm). Shablon g’ildirakga prokatni o’lchagandek qilib qo’yiladi. Gorizantal surgichni shablonning orqa tomonidan g’ildirak grebeniga zich qilib qisiladi. Surgichni nazorat chiziqchasi qarshisidagi ramka2 dagi raham g’ildirak grebenining qalinligi uning cho’qisidan 18 mm masofada ko’rsatadi. O’lchash 3 ta nuqtada o’tkaziladi. O’lchash natijalari ruxsat etilgan kattaliklar bilan solishtiriladi. 12-rasm. Greben qalinligini o’lchash sxemasi Greben o’lchamlarining belgilangan o’lchamlardan yuqori bo’lishi strelka o’tkazgich qismlarining shpolda qotirilishining bo’shashib qolishiga olib keladi, vaqtidan avval yeyilishi esa-greben yeyilishidir. Juda yupqa greben (kesilgan greben) g’ildirakning strelkaga kirishida u peraning o’tkir qismiga olib keladi. Bundan tashqari yupqa grebenda darzlar va metallning uchib ketishi mumkin. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling