D. M. Insapov, M. N. Tuychiyeva Elektr transportidan foydalanish va Ta`mirlash
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 4893 uzsmart.uz
Galtel radiuslarini o’lchash o’qning eng zo’riqqan joylaini aniqlash
uchun zarur bo’lib, maxsus shablonlar yordamida amalga oshiriladi. 3.10.20 va 40 mm radiusli shablon o’qning mos ravishdagi gantellariga qo’yiladi. O’qning galteli va shablon orasida tirqish bo’lmasa, tekshirilayotgan galtel belgilangan o’lchamga mos ekanligini ko’rsatadi (3- rasm). 7-rasm. O’q galtellarini o’lchash sxemasi O’qning egilishi va g’ildirakning surilishini g’ildirakning ichki qirralari orasidagi masofani g’ildirak diametri bo’yicha shtangensirkul bilan kamida to’rtta diametrial qarama-qarshi nuqtalarda o’lchash bilan aniqlanadi (8- rasm). 8-rasm. G’idirakning ichki qirralari orasidagi masofani o’lchash sxemasi Agar bu o’lchashlar teng yoki ruxsat etilgan o’lchamlar chegarasida bo’lsa, demak o`qning egilishi va g’ildiraklarning surilishi bo’lmaydi. Bu o’lchamlar g’ildirak juftligining egriliklarda relsdan chiqib ketishining oldini olish (g’ildiraklar orasidagi masofa kichik bo’lganda) yoki strelkali o’tkazishning buzilishi, o`rkachning kesilishi va lokomotivlarning strelkada relsdan chiqib ketishining (g’ildiraklar orasidagi masofa katta bo’lganda) oldini olish uchun kerak. G’ildirak gardishining qalinligi qalinlik o’lchagich bilan o`lchanadi (9- rasm). 9-rasm. Gardishning qalinligini o’lchash sxemasi Qalinlik o’lchagichning surgichi 3 ni chiziqcha (riska) 4 ga gardishning ichki qirrasidan 70 mm masofaga qo’yish kerak. (chizg’ich 5 dan 70 bo’lish qarshisiga) va surgichni shu holat vint 6 bilan qotirib qo’yish kerak. Chizg’ich 1 ni g’ildirakning ichki qirrasiga zich qilib qisiladi.bunda do’nglik 2 gardishga tiralishi kerak. Chizg’ichni surgich 7 bilan uning oyoqchasi 3 ni g’ildirakning dumalash yuzasiga tekuncha tushirib, vint 8 bilan qotirib qo’yiladi. Qalinlik o’lchagichni g’ildirakdan olamiz surgich 7 qarshisidagi chizg’ich 1 ning shkalasidagi raqamni o’qiymiz, u gardish qalinligidir. O’lchash xar bir g’ildirakning uch nuqtasida amalga oshiriladi.o’lchash natijalari yo’riqnomaning ekspluatasiyada ruxsat etilgan o’lchamlar bilan solishtirib ko’riladi. Shardish qalinligini o’lchash uning mustahkamligini nazorat qilish uchun kerak. Chunki yupqa gardishda katta kontakt kuchlanishlar hosil bo’ladi, ular g’ildirakni yemirilishga (buzilishga) olib keladi. Bundan tashqari g’ildirak gardishi yupqa bo’lsa, prokat jadal sur`atlar bilan o’sadi. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling