D. M. Insapov, M. N. Tuychiyeva Elektr transportidan foydalanish va Ta`mirlash
Lokomotiv o’qlarini magnit defektoskopiyasidan o`tkazish
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 4893 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Magnit defektoskopiyasi uchun kerak bo’ladigan uskunalar
4. Lokomotiv o’qlarini magnit defektoskopiyasidan o`tkazish
tamoyili Magnit defektoskopiyasi mahalliy magnit o’tkazuvchanlik tamoyiliga va detal materiallaridagi nuqsonlarni magnit oqiminining tarqalish tavsifiga asoslanadi. Lokomotiv o’qlarini magnit defektoskopiya qilish quruq yoki ho’l usulda qilinishi mumkin. Quruq usulda o’qning sinalaytgan qismi defektoskop bilan magnitlangan qismiga PJM turidagi po’lat kukuni sepiladi. Ho’l usulda 200g. PJ40M yoki PJ4VM turida kukun va 1l. transformator moyidan iborat bo’lgan aralashma quyiladi. Bugungi kunda "Diagma" suspenziyasi qo’llaniladi. Nuqsonlar bo’lmasa (darzlar, yo’qlar metall bo’lmagan qo’shimchalar) magnit oqimining kuch chiziqlari o’q materiallarida bir tekisda va bir biriga paralell tarzda taqsimlanadi va kukun zarrachalari ham o’qning yuzasida bir tekisda joylashadi, taqsimlanadi. Agar o’qda nuqsonlar bo’lsa, magnit oqimining bir tekisdaligi buzuladi va nuqson bor joyda magnit kuch (12-rasm) chiziqlarining bir qismi tezda tarqaladi, u yerda kukun zarrachalari to’planib nuqson bor joyni ko’rsatadi. Rasmlardan ko’rinib turibdiki magnit oqimga perpenduklyar yo’nalishda joylashgan nuqsonlar juda aniq ajralib turadi. G’ildirak juftligining o’qida ko’ndalang darzlar juda havfli hisoblanadi, shu sababli lokomotiv o’qi magnit oqimi bilan magnitlanadi, havo bilan qisqa tutashuvchi soleniod bilan quyiladi (17-rasm). 12 rasm. Nuqson bor metalda magnit oqimining sxemasi: 1 – ko’ndalang darz; 2 – o’yiq; 3 – bo’ylama darz 16-rasm 17-rasm. Qutbli magnitlash: 1–solenoid; 2–detal 5. Magnit defektoskopiyasi uchun kerak bo’ladigan uskunalar O’qlarning magnit defektoskopiyasini o’tkazish uchun quyidagilar kerak: 1. O’qlarning bo’yini va gupchak osti qismlarini, shuningdek presslashdan avval gupchak osti qismini tekshirish uchun Kolesnikova va Matveeva tizimidagi ajralmaydigan DKM-1B defektoskopi kerak. Defektoskop korpusdan iborat bo’lib, unga solenoid g’altagi bilan joylashtiriladi. Defektoskop doimiy va o’zgaruvchan tokda ishlashi mumkin. 2. O’qlarning gupchak osti qismini yoki o’rta qismi yoki tekshirish uchun Kolesnikov va Matveev tizimidagi ajraladigan defektoskop. Defektoskop o’zgaruvchan tokda ishlaydi va uch o’ramli ajraladigan solenoid, pasaytiruvchi transformator, solenoid ko’tarish uchun vint uzatmali ko’tarish qurilmasi, uzgich (rubilnik)li shit va yashikli ko’chma aravachadan iborat. 3. Defektoskopni ulash uchun taqsimlash shiti. 4. Aralashma uchun yashik va tor qopqog’li quticha (karobka). 5. Oqayotgan aralashma uchun vanna va kukun uchun idish. 6. Aralashma va kukun sifatini tekshirish uchun ko’rinmaydigan darzli nazorat etalonlari. 7. O’qlarni tozalash uchun metall cho’tkalar Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling