D. Mamatkulov 2023-yil zokirjonova shahlo toxirjon qizining


-rasm. Bo’lajak o’qituvchilarda xulq-atvor motivatsiyasini rivojlantirishning takibiy komponentlari


Download 148.44 Kb.
bet12/22
Sana24.04.2023
Hajmi148.44 Kb.
#1393790
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
Shahlo dissertatsiya YANGI (1) (1)

1-rasm. Bo’lajak o’qituvchilarda xulq-atvor motivatsiyasini rivojlantirishning takibiy komponentlari
Quyida o’smir xulq-atvori motivatsiyasining tarkibiy komponentlari mazmuniga to’xtalamiz. Bo’lajak o’qituvchilarda o’smir xulq-atvori motivatsiyasining rivojlanish jarayoni uch bosqichda, ya’ni kognitiv, tayyorlov va yakuniy fazalarda kechadi. Mazkur bosqichlar asosida talaba-yoshlarda sog’lom tafakkur yuritish bilan bog’liq bilim va muayyan xulq-atvor ko’nikmalarini shakllantirish yakuniy kutiladigan natija sifatida belgilanadi. Kognitiv faza motivatsion va yo’naltiruvchi komponentlarni o’z ichiga olib, ushbu faza talabalarning oliy ta’limda o’qishdan maqsadi, o’zining qiziqishlarini, imkoniyatlarini to’g’ri baholay olishi bilan izohlanadi va ular yo’naltiruvchi xususiyat kasb etadi.
Sanogen fikrlashning motivatsion komponenti – qiziqishlar, qadriyatlar va
motivlarni yangilash, hayotiy yo’nalish va kognitiv faoliyatning ustuvor
yo’nalishlarini belgilovchi individual baholash tizimini uyg’unlashtirish, shuningdek, shaxs resurslarini yangilash va hissiy holatni barqarorlashtirish orqali belgilangan maqsadlarga erishish strategiyasini tanlash hamda shaxs yo’nalganligini belgilash vazifalarini bajaradi.
Sanogen xulq-atvor komponentlari
Mazmunli Refleksivlik Emotsional barqarorlik
Yo’naltiruvchi Operatsion Motivatsion
O’smir xulq-atvori motivatsiyasi yuritish bilan bog’liq bilim va muayyan xulq-atvor ko’nikmalarini o’zlashtirgan bo’lajak o’qituvchi
1-faza: kognitiv
2-faza: tayyorlov bosqichi
3-faza: yakuniy bosqich
BOSQICHLAR Sanogen fikr yuritish komponentlari
Sanogen fikrlashning refleksiv komponenti - sodir bo’layotgan voqealar haqida
xabardorlik, uni tahlil qilish, o’z kelajagi haqidagi qarashlarni aniqlashtirish, “Men” obrazi tasvirini yaratish, o’z faoliyati va fikrlarini qayta aks ettirish orqali real hayotiy talablarga muvofiqligini aniqlash kabi xususiyatlar bilan izohlanadi. Ushbu komponent talabalarga o’z fikrlarini, ruhiy holatini, hatti-harakatlarini to’g’ri ifodalash va kuzatib borish imkonini beradi. Chunki, refleksiv ko’nikmalar bo’lajak o’qituvchilarning xulq-atvor motivatsiyasini rivojlantirishda asosiy omillardan biri bo’lib hisoblanadi. 45 Sanogen fikr yuritishning operatsion komponenti o’zida motivatsion va refleksiv komponent xususiyatlarini aks ettiradi. Mazkur komponent o’z navbatida talabaning sodir bo’layotgan voqea-hodisalarni to’g’ri aks ettirishi va mazmunini anglashi, unda o’zi va olam haqidagi ijobiy fikr va tasavvurlarning namoyon bo’lishi, pedagogic faoliyat bilan bog’liq samarali ish usullarini o’zlashtirishga nisbatan shaxsiy ehtiyojning mavjudligi hamda maqsadlarning anglanganligi bilan izohlanadi. Sanogen xulq-atvorning yo’naltiruvchi komponenti talabalarning shaxsiy dunyoqarashini o’zida aks ettirib, shu jumladan uning fikriy yo’nalganligi, o’zi va dunyo xaqidagi tasavvurlari, shuningdek o’zlashtirgan tajribasi, ya’ni bilim, ko’nikma va malakalari bilan izohlanadi. Sanogen xulq-atvorning mazkur
komponentiga muvofiq talaba o’z-o’zini, fikrlarini nazorat qilish va boshqarish,
faoliyat yo’nalishlarini loyihalash va amalga oshirish, yangi tajribalarni
o’zlashtirishga doir ko’nikmalarga ega bo’ladi. Sanogen xulq-atvorning emotsional barqarorlik komponenti mazmunini quyidagicha izohlash mumkin: salbiy hissiy-kechinmalardan xabardorlik, ularning ta’sirini kamaytirish yoki yo’qotish, hissiyotlar tabiatidagi tabiiylik, hissiy nazoratning olib borilishi. Sog’lom fikrlash jarayonining asosiy sharti hissiyemotsional barqarorlik bo’lib, u sodir bo’layotgan voqea-hodisalarga nisbatan ob’ektiv yondashish hamda ijobiy shaxslararo munosabatlarni yo’lga qo’yishni
ta’minlaydi.
Bizga ma’lumki, o’smir xulq-atvori motivatsiyasi o’ziga xos bir qancha xususiyatlarga ega. Ushbu xususiyatlar har xil topshiriqlar yechimini izlash bosqichlarida namoyon bo’ladi. Ushbu bog’lanishlar va munosabatlar tufayli talabalarda sanogen va pathogen tafakkurga oid bilimlarning mavjudligini aniqlashga xizmat qiluvchi jami 15 ta savoldan iborat anketa hamda sog’lom fikrlashning rivojlanganlik darajasini aniqlash uchun taqqoslash qoidasi bo’yicha tuzilgan savolnomadan foydalanildi. Savolnoma talabalarda sanogen va patogen tafakkurning rivojlanganlik darajasini aniqlashga qaratilgan jami 48 ta tasdiq (16 bandda) va respondentlarni yolg’onchilik darajasini (tekshiruv amaliyotiga munosabatini) aniqlashga xizmat qiladigan 3 ta savoldan iborat.
Savolnomada quyidagi kabi ta’kidlar o’z aksini topdi:
1. a) agar biror vazifani bajara olmasam, o’zimdan xafa bo’laman yoki o’zimdan ko’nglim to’lmaydi;
b) agar biror vazifani eplay olmasam o’z o’zimni kuchli tanqid qilaman;
c) odatda bunday vaziyatlar uchun ko’p qayg’urmayman, o’zimga bo’lgan
ishonch pasayadi.
2. a) shu kungacha o’zlashtirilgan hayotiy faoliyat tajribasini erishilgan
muvaffaqiyatlar omili sifatida baholayman;
b) o’zlashtirilgan faoliyat tajribasi yangi muvaffaqiyatlarga erishishni
ta’minlamaydi, deb o’ylayman.
c) yangi muvaffaqiyatlar faqatgina qulay shart-sharoit va imkoniyatlarga
bog’liq, bunda faoliyat tajribasi ham talab etiladi.
3. a) kursdoshlarim tomonidan bildirilgan fikrlar men uchun ahamiyatli va ularni
doim tushunishga harakat qilaman.
b) har kim o’z fikriga ega bo’lishi kerak, bunda bir-birini tushunish shart emas.
c) boshqalar fikrini eshitish va tushunish bilan bog’liq holda menda doim
qiyinchiliklar paydo bo’ladi.
4. a) men uchun eng asosiysi jismoniy salomatlik, uni asosiy muvaffaqiyatlar
omili sifatida baholayman.
b) menimcha, jismoniy salomatlikning o’zini shaxsiy muvaffaqiyatlar omili
sifatida baholab bo’lmaydi.
c) mening o’ylashimcha, ____________________________________
___________________________________________________________.
5. a) kursdoshlarim men tomonimdan bildirilgan tashabbuslarni doim qo’llabquvvatlashadi.
b) kursdoshlarim mening tashabbuslarimni qo’llab-quvvatlashi shart emas.
c) mening tashabbuslarim qo’llab-quvvatlanmasa, odatda men ulardan xafa
bo’laman.
Talabalar o’rtasida o’tkazilgan anketa ularning xulq-atvor motivatsiyasini qanday tushunishi, unga oid mavjud bilimlar hajmi hamda sog’lom fikrlash ko’nikmalarini o’zlashtirishga nisbatan qiziqish darajasini belgilashga xizmat qilgan bo’lsa, savolnoma esa aynan ularda sanogen yoki patogen tafakkurning rivojlanganligini aniqlashga xizmat qildi. Shu bilan birgalikda talabalar ishtirokida suhbat va kuzatish ishlari ham olib borildi.
Talabalarning o’smir xulq-atvori motivatsiyasi haqida ma’lumotga egaligi hamda uning rivojlanganlik darajasini aniqlash bo’yicha o’tkazilgan anketa va so’rovnomada jami 455 nafar respondent ishtirok etdi. Shundan 226 nafari nazorat guruhiga, 229 nafari esa tajriba guruhiga biriktirildi. O’tkazilgan anketa va so’rovnoma bo’yicha olingan dastlabki nazorat kesimi natijalari miqdor va sifat jihatdan tahlil qilindi. To’plangan ma’lumotlar quyidagi jadvalda aks ettirildi (1-jadvalga qarang).

Download 148.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling