D. Mamatkulov 2023-yil zokirjonova shahlo toxirjon qizining
Download 148.44 Kb.
|
Shahlo dissertatsiya YANGI (1) (1)
1-bob yuzasidan xulosalar
Xulq-atvor motivatsiyasi ilmiy tadqiqot predmeti sifatida ilmiy nazariy tahliliga asoslangan holda quyidagi xulosalarga kelindi: 1. Yosh davrlar psixologiyasida alohida yo‘nalish sifatida o‘spirinlikning xulq-atvor motivatsiyasi shakllanishining psixologik xususiyatlari muammosi tanlab olingan bo‘lib, harakatlantirish, harakatga undash, insonning qandaydir faoliyat vositasida о‘z ehtiyojlarini qondirish salohiyati, harakatchan ruhiy-fiziologik jarayon ma’nolarini anglatadi. 2. Motivatsiya so‘zi psixologik, fiziologik jihatdan harakatlantirish anglatadigan bo‘lsa, ayrim holatlarda motivatsiya inson fe’l-atvorini ruhiy boshqarish sifatida qaraladi, uning vazifasi ijtimoiy zarur insoniy fazilatlarni tarkib toptirish orqali inson hayotini pozitiv boshqarish sifatida baholanadi. 3.Xulq-atvor motivatsiyasi bilish jarayonlarining optimallashtirilishi (e’tibor, tasavvur, xotira, his qilish) va aqlning ijobiy fazilatlari aql, moslashuvchanlik, mustaqillik, tanqidiy fikr, aqlga amal qilish qobiliyati uchun ichki sharoitlarni yaratadi. 4. Xulq-atvor motivatsiyasi samarasi - u bilim, vaziyat, amallar va tajribalardan iborat. Lekin fikrning xos samarasi ilm bo‘lib, undan boshqa narsa emas. Agar qalbda ilm hosil bo‘lsa, qalb holati o‘zgaradi. Qalb holati o‘zgarsa, a’zolar faoliyati ham o‘zgaradi. Xulq-atvor motivatsiyasi barcha yaxshiliklar uchun asos va kalitdir. 5.Bir qancha olimlarning xulq-atvor haqidagi qarashlarini umumlashtirib, shuni ta’kidlash mumkinki, sog‘lom tafakkurda, motivatsiyada katta imkoniyatlar mavjud bo‘lib, negativ xulq–atvorni oldini olish, tuzatish, komil shaxs shakllanishiga yordam beradi. 6. Xulq-atvori ijobiy rivojlangan shaxs mulohazali, o‘zini-o‘zi boshqara oladigan, har qanday vaziyatda, xattoki favqulotda xolatlarda ham o‘z emotsiyalarini ijobiy nazorat qila oladi. Turli xavotirli vaziyatlarda aqliga tayanadi, o‘zini bo‘ysundira olishni biladi ularga o‘zining psixik hayotining birlashgan tuzilishini buzilishlariga yo‘l qo‘ymaydi. 7. Xulq-atvori motivatsiyasining nazariyasi va amaliyoti o‘zining asosiy pozitsiyalarida ma’lum darajada tajribasiga ega bo‘lib, fenomenalogik tajribalar uchun mavjud insoniy yondashuvlarni yengib aqliy haqiqatni hisobga oladi. Tuyg‘ularni tushunish va davolashga qaratilgan ushbu yondashuv shaxsga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, kundalik hayotni ilmiy falsafa darajasiga ko‘taradi. 8.Salomatlik uchun nafaqat hissiyotlarni boshqarish, balki kasallikka chalinmaslikni ta’minlash lozim. Inson fikrlashdan voz kechishi emas, balki, ijobiy fikrlashni o‘rganishi lozim. 9. Globallashuv fenomeni ijtimoiy, siyosiy, madaniy muhitning shakllanishida ilm-fan yutuqlarining tarqalishi, turli qadriyatlarning umuminsoniy negizida uyg‘unlashuvi bilan birga u mafkuraviy ta’sir vositasi sifatida deviatsiya holati, turli kriminal harakatlarni keltirib chiqaruvchi ma’naviy tahdidlarga qarshi immunitet hosil qilishda shaxs tafakkurining sog‘lom bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Insoniyat xavfsizligi, davlatlarning milliy manfaatlari, kelgusi avlodlarning barqaror kelajagini ta’minlash yo‘lidagi jiddiy xatarga aylanganligi ham, jamiyat kelajagi bo‘lgan o‘smir yoshidagi o‘quvchilarning sanogen tafakkurini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini tadqiq qilish ijtimoiy talab hisoblanadi. Download 148.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling