D. Mamatkulov 2023-yil zokirjonova shahlo toxirjon qizining
III BOB. III-BOB. O‘SPIRINLIK DAVRIDA XULQ ATVOR MOTIVATSIYASI SHAKLLANISHINING SHAXS XUSUSIYATIGA BOG‘LIQLIGINI O‘RGANISH
Download 148.44 Kb.
|
Shahlo dissertatsiya YANGI (1) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA………………………………………………………………………… TAVSIYALAR………………………………………………….………………… FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………. ILOVALAR………………………………………………………………………
- KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
III BOB. III-BOB. O‘SPIRINLIK DAVRIDA XULQ ATVOR MOTIVATSIYASI SHAKLLANISHINING SHAXS XUSUSIYATIGA BOG‘LIQLIGINI O‘RGANISH
3.1. O‘spirinlarda xulq-atvor motivatsiyasi shakllantirishda ta’sir etuvchi omillarni o’rganish tahlili 3.2. O‘spirinlik davrida xulq atvor motivatsiyasi va o‘ziga bahoning o‘zaro ta’siri va bog‘liqligini eksperimental o‘rganish natijalarining qiyosiy tahlili 3-bob yuzasidan xulosalar XULOSA………………………………………………………………………… TAVSIYALAR………………………………………………….………………… FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………. ILOVALAR……………………………………………………………………… KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Jahonda o‘smir yoshdagi o‘quvchilarning xulq-atvor motivatsiyasini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini takomillashtirishning kreativ, modulli texnologiyalari amaliyotga kiritilgan. Shaxslararo munosabatlar, mehr-shavqat, bag‘rikenglik, o‘zaro sadoqat tuyg‘ulari, shukronalik xususiyatlarini rivojlantirishning kognitiv, kreativ, ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini takomillashtirish, sog‘lom tafakkurni rivojlantirishning falsafiy-metodologik, ma’naviy-axloqiy jihatlarini rivojlantirish, o‘smir yoshdagi o‘quvchilarning xulq-atvor motivatsiyasini ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jahon ta’lim muassasalari va tadqiqot markazlarida o‘smir yoshdagi o‘quvchilarning xulq-atvor motivatsiyasini rivojlantirish, o‘smirlar o‘rtasida turli xuquqbuzarliklarni, suitsidni oldini olish, kibermaniya va narkomaniyadan himoya qilish, yot vayronkor g‘oyalardan asrashga xizmat qiluvchi psixoprofilaktik va psixokorreksion ishlarni amalga oshirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. O‘smir yoshdagi o‘quvchilarda muloqotmandlik, empatiya, shukronalik, muvaffaqiyatga intilish motivatsiyasi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarda shaxsning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, o‘z mavqeiga ega bo‘lish jihatatlari sanogen tafakkurni namoyon etuvchi ijtimoiylashuv xususiyatlarni rivojlantirish masalalarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarga alohida e’tibor berilmoqda. Respublikamizda pozitiv, kreativ, mantiqiy, tarixiy, ma’naviy tafakkurlarni rivojlantirish mexanizmlarini kuchaytirish, muloqotga intilish, bilishga intilish, o‘zinio‘zi namoyon etish, irodalilik sifatlari, ehtiyojlar, motivlarni rivojlantirish masalalarini takomillashtirishning me’yoriy asoslari yaratilgan. Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Ze’ro, bugun insoniyat g‘oyaviy urushlar, ma’naviy ziddiyatlar, zo‘ravon g‘oyalarning dunyoni qayta taqsimlashga qaratilgan o‘yinlari avj olgan shiddatli zamonda yashayapti. Hozir buzg‘unchilik, axloqsizlik va ma’naviy inqirozlar har qachongidan ham xatarli tus olmoqda. Yoshlarimiz bunday sharoitlarda hamisha hushyor va ogoh bo‘lishi, fitna va g‘arazli maqsadlar, manfaatdor kuchlar turganini bir lahza ham unutmasdan, yoshligidanoq sog‘lom tafakkurni shakllantirish lozim”.1 O‘quvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish, hamda etnopsixologik xususiyatlarni inobatga olgan holda ta’lim-tarbiya mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy izlanishlarni chuqurlashtirishga imkoniyatlar yaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2909-son «2017-2021 yillarda ta’lim tizimini yanadа takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son qarori “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi, «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi», Davlatimiz rahbari tomonidan 2019 yil 19 martda ilgari surilgan “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha muhim besh tashabbus” hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabrda Oliy majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida bildirgan fikrlari fikrimizning isboti bo‘la oladi: “Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, IbnSinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qilishi lozim.2 Ushbu maqsad yo‘lida yoshlarimiz o‘z oldiga katta marralarni qo‘yib, ularga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko‘mak berish barchamiz uchun eng ustuvor vazifa bo‘lishi zarur. Shundagina farzandlarimiz xalqimizning asriy orzu-umidlarini ro‘yobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga aylanadi. Shu maqsadda, yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo‘lgan insonlar etib voyaga yetkazamiz. Download 148.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling