D. Mamatkulov 2023-yil zokirjonova shahlo toxirjon qizining


Download 148.44 Kb.
bet4/22
Sana24.04.2023
Hajmi148.44 Kb.
#1393790
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Shahlo dissertatsiya YANGI (1) (1)

Tadqiqot maqsadi. O‘spirinlik davrida xulq-atvor motivatsiyasi shakllanishining psixologik xususiyatlarini rivojlantirish usullarini takomillashtirishdan iborat.
Tadqiqot predmeti. O‘spirinlik davrida xulq-atvor motivatsiyasining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini rivojlantirish usullarini korreksiyalash
Tadqiqot ob’ekti. O‘spirin yoshlarda xulq-atvor motivatsiyasini rivojlantirish jarayoni
Tadqiqot farazi:
Tadqiqotning metodlari.
1.Elersning muvaffaqiyatga intilish motivatsiyasi
2.O‘z-o‘zini baholashning ekspress-diagnostikasi
3.
Tadqiqotning nazariy va metodologik asosini -“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, shuningdek, ong va faoliyat birligi tamoyili, shaxs xususiyatlarining shakllanishida tashqi va ichki sharoitlarning umumiyligi haqida qarashlar (biopsixosotsial yondashuv), shaxsda qadriyatlar shakllanishi haqidagi xorijiy va rus olimlarining g‘oyalari tashkil etadi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati–tadqiqotdan olingan natijalar, ishlab chiqiladigan tavsiyalardan amaliy psixologlar, o‘qituvchilar, ota-onalar foydalanishlari mumkin.
Ilmiy tadqiqot ishining nazariy ahamiyati shundaki, to‘plangan materiallar, ma’lumotlar yosh davrlari psixologiyasi, oliy maktab psixologiyasi, shaxs psixologiyasi, ijtimoiy psixologiyani yangi ma’lumotlar bilan boyitadi.

I BOB. XULQ-ATVOR MOTIVATSIYASI ILMIY TADQIQOT
PREDMETI SIFATIDA
Mamlakatimizda ma’naviy jihatdan barkamol, ruhiy va jismoniy
jihatdan sog‘lom, vatanparvar, fidoyi insonni tarbiyalash, yangi
avlodni voyaga yetkazish vazifalarini amalga oshirish zaruratining
oshishi sababli uzluksiz ta’lim tizimining asosiy bosqichlaridan biri
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi o‘smir yoshidagi
o‘quvchilarda xulq-atvor motivatsiyasini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarga
zarurat tug‘ilmoqda. Inson ma’naviyati va qobiliyatini yuksaltirishga bo‘lgan ehtiyoj keng qamrovli tushuncha sifatida “xulq-atvor motivatsiyasi” mohiyatini tahlil qilishga undab, ijtimoiy munosabatlarning barcha jabhalarini qamrab olmoqda hamda “tafakkur va sog‘lom tafakkur” kategoriyalarini chambarchas bog‘liq tushunchalar sifatida aqliy – mantiqiy munosabatlarni nazorat qilib
turuvchi, odamlarning faoliyatiga baho beruvchi zaruriy o‘lchov sifatida
maydonga chiqarmoqda. Yosh avlodning mamlakatimiz barqarorligiga, uning ijtimoiy, ma’naviy yuksalishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ekstremistik va
terroristik oqimlar, patogen g‘oyalar ta’siriga tushib qolmasligi uchun
muayyan ijtimoiy-psixologik asosni yaratish, takomillashtirish
hozirgi kunda psixologiya fani oldida turgan muhim vazifalardandir.
Mazkur masala, yoshlarning xulq-atvori kelib chiqishi, mohiyati va
mazmuniga mavjud ilmiy nazariyalarga suyangan holda ta’rif berish,
tasniflash, tahsil oluvchilarning sog‘lom tafakkurini
rivojlantirishga bag‘ishlangan ijtimoiy-psixologik, pedagogik
texnologiyalarni takomillashtirish muammosi alohida tadqiqot
ob’ekti sifatida o‘rganilmagan. Hozirgi vaqtda patogen g‘oyalar va
destabillashtiruvchi guruhlarning paydo bo‘lish sabablari, faoliyat
doirasi kengayishining oldini olish maqsadida yoshlarning sanogen
tafakkurini o‘stirish muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etib, bu
sohada ijtimoiy-psixologik tadqiqotlarni olib borish dolzarb
vazifa bo‘lib hisoblanadi.
O’smir xulq-atvorida funksional jihatdan bog‘liq bo‘lgan qo‘zg‘atuvchi va boshqaruvchi tomonlar mavjud. Psixologiyada inson xulq-atvoridagi qo‘zg‘atuvchi holatlarni tasvirlash va tushuntirish uchun qo‘llaniladigan tushunchalar orasida motivatsiya va motiv tushunchalari eng umumiy va asosiy bo‘lib hisoblanadi.3
«Motivatsiya» atamasi  «motiv» atamasiga qaraganda kengroq tushunchaga ega. «Motivatsiya» so‘zi hozirgi zamon psixologiyasida xulq-atvorni determinatsiyalovchi omillardir. Bunga, xususan, ehtiyojlar, motivlar, maqsadlar, intilishlar va boshqa ko‘pchilik) tizimini belgilovchi va xulq-atvor faolligini ma’lum darajada tutib turuvchi, rag‘batlantiruvchi jarayon xususiyati sifatida ikkilangan ma’noda qo‘llaniladi. Biz motivatsiya tushunchasini birinchi ma’noda qo‘llaymiz. Shunday qilib, motivatsiyani inson xulq-atvori, uning kelib chiqishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik xususiyatga ega bo‘lgan sabablar yig‘indisi sifatida belgilash mumkin.
Xulq-atvor motivatsiyasi shakllanishining o‘ziga xos jihatlarining ilmiy-nazariy tadqiq etilishi o‘smirlarni motivatsiyalash hamda ularning bandliklarini ta’minlash, maqsadlari tomon dadil odimlashga urinishlarida yoki qiyin masalalarga yechim topishda harakatga keltiruvchi kuch sifatida e’tirof etilishi bilan ahamiyatlidir.

Download 148.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling