D. Mamatkulov 2023-yil zokirjonova shahlo toxirjon qizining
Rossiya va Xorij mamlakatlarda xulq-atvor masalasining ilmiy-nazariy talqin etish tajribasi
Download 148.44 Kb.
|
Shahlo dissertatsiya YANGI (1) (1)
1.3. Rossiya va Xorij mamlakatlarda xulq-atvor masalasining ilmiy-nazariy talqin etish tajribasi
Xorij olimlarining ilg‘or tajribalarida o’smir xulq-atvori motivatsiyasining ijtimoiy-psixologik jihatlarini ilmiy-nazariy o‘rganish an’analari mavjud. Ushbu nazariyalarda kategorial ta’riflar genezisi uni ijtimoiy psixologik xodisa sifatida qanday talqin etilganligiga bog‘liq holda qaraladi. Tadqiqot mobaynida xorij va MDH mamlakatlarining psixolog olimlari tomonidan amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar tahlili o‘rganildi. Xulq-atvor masalasining ilmiy-nazariy talqini G.Ollport tadqiqotlarida22 izohlangan. Olim o’z ilmiy izlanishlarida ichki motivatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan uchta motivatsion tushunchalarni tahlil qiladi: funksional avtonomiya, yetarli darajadagi harakat va «Men»ning jalb qilinganligi. U funksional avtonomiya tamoyilini faoliyat dastavval boshqa sabab bo‘yicha paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan holda, o‘zi uchun maqsadga aylanishi holatini tushuntirish uchun kiritadi. Masalan, qishloq hayotini o‘rganish uchun borgan shaharlik jurnalist qishloqni o‘rganish jarayonida qishloqda yashab qoladi. Bunda «qishloq hayotini o‘rganish» motivi funksional mustaqillikka ega bo‘lgani sababli ham «qishloqda yashash» motiviga aylanayapti. G.Ollportning fikricha, tashqi tomondan «qishloqda yashash» motivi qiziqish - qo‘zg‘atish emotsiyasiga o‘xshab ketsa-da, aslida, u ichki motivatsion tuzilmadir. Etarli darajadagi harakat tushunchasi haqida G.Ollport o‘zining fikrlarini quyidagicha izohlaydi: «Etarli darajadagi harakatlar bilan motivlashgan faollik muvozanatga qarama - qarshi turadi». O‘z fikrini G.Ollport buyuk tadqiqotchi sayyoh Amundsenning hayoti bilan tushuntiradi. Uni Janubiy qutbga borish istagi boshqargan edi. Keyinchalik G.Ollport «harakatlar» so‘zining o‘rniga «qiziqish» so‘zini ishlatadi. «Qiziqish» - motivatsiyaning o‘ta teran darajalarida qatnashadi deb yozadi. Yuqoridagi ikkita holat ham «Men»ni jalb qilish orqali amalga oshiriladi va «Men»da bir talay funksional o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.G.Ollport qiziqishni emotsiya sifatida hech qachon tushuntirmagan bo‘lsada, bu so‘zga motivatsion ma’no yuklagan. G.Ollport o‘zining qarashlarida neofreydistlarni tanqid qiladi. Uning fikricha, motivlar muttasil shakllanadi, shaklini o‘zgartiradi. Ma’lumki, neofreydistlar yangi paydo bo‘ladigan motivlarni hamisha «asosiy, tug‘ma holda berilgan biologik instinktning xatolari» deb hisoblashadilar. G.Ollportning ta’kidlashicha, yangi motivlar mazkur biologik motivlarning transformatsiyasi ko‘rinishida shakllanmasdan, balki ular inson hayot faoliyati sharoitlarida va doimiy o‘zgarib turadigan vaziyatlar ta’sirida shakllanadi. Ichki motivatsiyani o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlardan D.Berlaynning ishlari diqqatga sazovordir. D.Berlayn o‘zining qiziqishlar nazariyasini ishlab chiqdi va kengaytirdi. Bu nazariya yordamida motivatsiyaning nisbatan aniq manbalari mavjud bo‘lmagan holda, perseptiv va intellektual faollik amalga oshirilganda, stimullarning tanlanishi mexanizmi bilan tushuntiriladi (1960). D.Berlaynning fikricha, yangilik markaziy tushuncha bo‘lib qoladi. Biroq u yana qo‘shimcha uchta o‘zgaruvchan omilni kiritdi: o‘zgarish, hayrat va nomutanosiblik. Xuddi shundan kelib chiqqan holda, D.Berlayn23 aktivatsiya reaksiyalarining tiplari haqidagi fikrlarini ilgari suradi. Uch xil tiplar farqlanadi: mustaqil (avtonom), elektrokortikal va xatti - harakatli tiplari. Ular funksional va anatomik jihatdan bir-biridan farqlanadi. D.Berlaynning ta’kidlashicha, ochlik va og‘riq singari maxsus qo‘zg‘atuvchilar hamda qo‘rquv va g‘azab singari maxsus emotsiyalar faollikning ma’lum ko‘rsatkichlariga qaysidir darajada bir xil ta’sir ko‘rsatadi. «Biroq kutish mumkinki, ularning har biri faollik reaksiyalari kompleksida xarakterli o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Faollik reaksiyalarining ba’zi komponentlarini kuchaytirib, ba’zilarini esa kuchsizlantirib turadi». D.Berlayn reaksiyalarning uch xil tip determinantlari haqida yozadi. Birinchidan, qo‘zg‘atuvchi stimullarning miqdor va sifatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lgan psixofizik o‘zgarishlar. Ikkinchidan, yashashning maxsus shartsharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan «ekologik o‘zgarishlar». Uchinchidan esa, stimullarning tanlanishiga, qiziquvchanlikka va tadqiqiy xatti- harakatlarga (yangilik, o‘zgarish, murakkablik, nomutanosiblik, noaniqlik va ziddiyat) ta’sir qiluvchi qiyosiy o‘zgarishlar. D.Berlaynning ta’kidlashicha, motivatsiya va mustahkamlashning barcha turlari neyrofiziologik qo‘zg‘alishning ma’lum tipi orqali ta’sir qiladi, deyish ham mumkin. Motivlashgan holat orqali ta’sir qiladi. Boshqacha aytganda, motivlashgan holat faollik reaksiyalarining ko‘tarilish yoki tushish natijasi sifatida ham yuzaga chiqishi mumkin. Biroq qiziquvchanlik va tadqiqiy bilish faolligi faqatgina stimulyatsiyaning oshishi funksiyasi sifatida ko‘zga tashlanadi. D. Berlaynning motivatsiyaning mexanizmi haqidagi fikrlarida ba’zi e’tirozli qirralar bo‘lsa-da, qimmatlidir. Darhaqiqat, emotsiyalar ba’zi o‘rinlarda faoliyat motivlari bo‘lib hisoblanishi mumkin. Biroq ma’lum vaziyat va sharoitlardagina shunday bo‘ladi. D.Berlayn olimlar nazarini faoliyatni qo‘zg‘atuvchi, faollikka undovchi kuchni o‘rganishda har tomonlama, kompleks tahlil qilish zarurligiga qaratdi. Motiv va motivatsiya inson hayotida muhim ahamiyat kasb etganligi bois, uni tadqiq qilish ham o‘ta sharaflidir. Talaba o‘qish faoliyatining motivlari to‘g‘risidagi muammolar chet ellik olimlardan E.Torndayk, Z.Freyd, U.Kennedi, U. Makdaugoll, G.Kell, J. Bruner, G. Vilkatt, S.Tompson, G.Xannikatt, R.Vudvorts, E.Keron, A.Maslou, Dj. Atkinson, G.Ollport, K.Rodjers, X..Xekxauzen, V.Vundt, YU.Rotter, E.Levald, G.Rozenfeld kabilarning asarlarida o‘z ifodasini topdi. Jumladan, avstraliyalik olim Z.Freyd hamda amerikalik olim U.Makdaugoll24 motivatsion omil sifatda hayvonlardagi organik ehtiyojlarni, jumladan, instinktlar bilan odam xulq atvorini tushuntirishga harakat qildilar. SHu tariqa ularning inson fe’l atvoriga oid qarashlari birinchi nazariya sifatida maydonga chiqdi. O‘quv motivlarining xususiy muammolariga bag‘ishlangan chet el kuzatishlari, asosan, E.Torndayk ta’siri ostidadir. Bu o‘quv jarayoniga moyillik tug‘diradigan kuchning xarakteri to‘g‘risida E.Torndayk aytgan ayrim holatlarining hali - hanuzgacha yangi-yangi tajribalarda sinovdan o‘tkazilayotganida ham ko‘rinadi. Yangi mualliflar u bildirgan fikrlarni yoki tasdiqlashga yoki inkor etishga harakat qilmoqdalar. Albatta, bunda E.Torndayk qo‘llangan izlanish va metodlar birmuncha o‘zgargan, lekin muammoning qo‘yilishi, qo‘llanayotgan ayrim usullar ko‘proq E.Torndayk uslublariga yaqindir. O‘quv motivlari muammosi yuzasidan E.Torndayk bildirgan fikrlarni bilmay turib, bizning bu haqidagi tasavvurimiz to‘liq bo‘lmaydi. E.Torndayk25 o‘quv masalalari bo‘yicha ikkita kitob e’lon qilgan: «Insonda o‘quv jarayoni» (1931 yilda rus tiliga tarjima qilingan) hamda ingliz tilidagi «O‘qish asoslari» (1932) kitobi. Uning «Insonda o‘quv jarayoni» kitobi ikki bo‘limdan iborat. Birinchi bo‘limda E.Torndaykning ko‘p sonli eksperimentlari (tajribalari) yoritilagan bo‘lib, ikkinchi bo‘limda uning o‘quv jarayoni to‘g‘risidagi fikr-mulohazalari berilgan. E.Torndayk tajribalarining alohida tomoni ularning juda tor va cheklangan xarakterga ega ekanligidir: ular real o‘quv jarayoni bilan juda oz darajada bog‘langandir. Amerikalik mualliflar ko‘proq o‘quv jarayoni anglab yetilgan motivlari bilan emas, balki ayrim jihatlari kamroq fahmlanadigan ko‘rinishda bo‘lib, o‘quv jarayoniga mayl-istak uyg‘otadigan muammo o‘qishni motivlashtirish masalalari bilan shug‘ullanadilar. Bunday ilmiy ishlarning muallaflari, masalan, talabaning sonlarni yodlashiga, alohida xatti-harakatlariga qaysi psixologik jihatlar ta’sir ko‘rsatishlarini o‘rganadilar va shu yo‘l orqali motivlashtirishning ayrim komponentlarini aniqlashga harakat qiladilar. Bu sohada ular E.Torndaykning izdoshlari hisoblanadilar. E.Torndayk o‘quv jarayonini shunday ta’riflaydi: «O‘quv jarayoni u yoki bu javob reaksiyasining ma’lum holati bilan muayyan bog‘liqlikda, ya’ni ushbu reaksiya hamda vaziyat o‘rtasida ma’lum aloqa o‘rnatilishi bilan izohlanadi». Bunday umumiy ta’rif unga ushbu aloqaning xoh labirintdagi kalamushning harakatida, xoh insonning, aytaylik, sonlarni, ma’nosi yo‘q bo‘g‘inlarni yod olayotganiga yoki yumuq ko‘z bilan chiziq chizayotgandagi xatti-harakatlarida qanday yuzaga chiqishini kuzatishga imkon beradi. E.Torndayk ta’lim jarayoniga yuqoridagi aloqaning ayni qaysi jihatlari tezroq va kuchliroq ta’sir ko‘rsatishini aniqlashni istaydi va takrorlash jarayonining navbatdagi yangi jarayon singari muhim rol o‘ynamassligini kalamush, mushuk, insonlar bilan o‘tkazilgan tajribalar asosida isbotlashga intiladi. E.Torndayk kishi o‘zi xohlagan reaksiyaning takrorlanishiga nisbatan ro‘yxushlikning hamda o‘zi hohlagan reaksiyaga nisbatan bo‘lgan moyilsozlikning ta’sirini o‘rganishga harakat qiladi va shunday xulosaga keladi: «Bir xil sharoitda yuzaga kelgan jazolash omillari rag‘batlantirish omillaridan ancha bo‘sh va kuchsizdir». Keyingi kitobda esa: «Rag‘batlantirish umuman o‘ziga eltuvchi barcha aloqalarni yoqlash va kuchaytirish an’anasiga ega, jazolash esa tez-tez (lekin har doim ham emas) aloqalarni muayyandan noaniqqa o‘zgartirish xususiyatiga egadir», - deb yozadi. SHunday qilib, o‘qish nazariyasida E.Torndayk uchun ijobiy hamda salbiy mustahkamlash haqidagi masala asosiy jihat bo‘lib hisoblanadi. O‘z tekshirishdaridan kelib chiqib, E.Torndayk real inson turli rejadagi o‘z ehtiyojlari hamda talabalari orqali amalga oshiradigan, uzoq vaqt davom etadigan jarayon hisoblangan o‘quv jarayoniga aloqador bo‘lgan umumiy tarzdagi xulosalarga keladi va bu xulosalar, albatta, motivlashtirish nuqtai nazaridan mustahkamlashning alohida bitta tizimiga sig‘maydi. Biz yuqorida xorij psixolog olimlarining motivatsiya muammolariga bag‘ishlangan asarlarini, qarashlarini tahlil qilib chiqdik. Endi MDH davlatlaridagi psixolog olimlari tomonidan o‘quv motivatsiyasi muammosining o‘rganilganligiga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. MDH davlatlaridagi psixolog olimlarining ba’zilarining fikricha, ta’limni motivatsiyalash muammosi shaxs psixologiyasining markaziy muammolaridan hisoblanadi. SHaxsning psixologik jihatdan shakllanishining yaxlitligi, shaxsiy xulq va uni harakatga keltiruvchi kuchlar o‘rtasidagi ma’lum bog‘liqlik motivatsiya muammosini tadqiq qilishga bo‘lgan muntazam yondashuvni qo‘llash uchun imkoniyatlar ochib beradi. Talaba psixologiyasiga oid tadqiqotlar XX asr 20-yillardan boshlab keng ko‘lamda amalga oshirilib kelmoqda. Bu sohada hamdo‘stlik mamlakatlarining psixologlaridan S.L.Rubinshteyn, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, B.G.Ananev, 23 L.I.Bojovich, P.M.YAkobson, A.V.Zaporojets, V.G.Aseyev, P.L.Galperin, V.F.Morgun, A.K.Markova, N.E.Efimova, M.V. Matyuxina va boshqa olimlarining xizmati va b. Psixologiyada «motivlar tizimi», «motiv tizimi», «motivlash sohasi muntazamligi» va boshqa tushunchalar keng tarqalgan. Bu tushunchalar ko‘p holatlarda implitsit 4 darajada tushuniladi. Ularning zamirida ma’lum muntazam borliq yotganligi hech kimda shubha uyg‘otmaydi. Biroq hozirgacha bu tushunchalar mazmunini tizimli yondashuv nuqtai nazaridan ochishga bag‘ishlangan maxsus ishlar bajarilmagan. Zamonaviy psixologiyada motivatsiyaning ko‘pgina nazariyalarida darajaviy g‘oyalar keng tarqalgan. Darajaviy tushuntiruvchi jadval inson motivatsion sohasi murakkab tuzilishini o‘rganishdan turli tuzilishga ega bo‘lgan motivatsion birliklar o‘zaro aloqalarini tekshirishdagi samarali vosita hisoblanadi. Ammo shuni ta’kidlash lozimki, shaxs motivatsion sohasi iyerarxik darajasi muammolarini hal qilishda muntazam yondashuvning metodologik va konseptual apparati yetarlicha jalb qilinmagan. Natijada, muammoning muhim sohalaridan ichki darajali, ya’ni motivatsion hodisalar o‘rtasidagi «gorizontal» aloqalar psixologiya fanida juda oz o‘rganilgan. Motivni affektiv-kognitiv tushunish muammosini inson xulqining affektivkognitiv determinatsiyasi muammosi sifatida qarash Aristotel tomonidan ilgari surilgan edi. Uning ta’kidlashicha, yozadi: «U ham, boshqasi ham - aql va intilish - fazoviy harakatga moyillik tug‘diradi» va yana o‘z fikrini rivojlantirib, Aristotel deydiki, bir tomondan «aql intilishsiz harakatlanmaydi, ammo intilish ba’zan tafakkursiz ham harakatga kelishi mumkin»; ikkinchi tomondan aql istaklarga qarshi turishi mumkin - «aql kelajakni nazarda tutib, shoshilmaslik haqida buyruq beradi». «Implitsit» (lotin) – «noaniq tasdiqlanish» Aynan intellekt va affekt birligi, L.S.Vigotskiy26 fikricha, insonning oliy psixik faoliyati uchun xos bo‘lib, motivatsiya ham shunga tegishlidir. Bu talqin hamdo‘stlik mamlakatlarining psixologiyasi tarixida motivning affektiv-kognitiv tabiatini tushunishda boshlang‘ich nuqta bo‘lib hisoblanadi. S.L.Rubinshteyn fikricha, motivni u yoki bu mayl, zaruriyat, qiziqish inson uchun maqsad bilan munosabatdoshlikda harakat motiviga aylanadi. Shunday qilib, S.L.Rubinshteynning motivga bergan ta’rifi motivning affektiv - kognitiv tabiatga egaligini tasdiqlaydi. A.N.Leontev motivni zaruriyat predmeti deb ta’riflab, motivning inson faoliyatini yo‘naltiradigan ashyoviy tabiatini ta’kidlaydi. A.N.Leontev tomonidan motivning element rolini oshirishning tarixiy zaruriyati, V.K.Vilyunas fikricha, motivni energetik tushunish bilan bog‘liqdir. Shu bilan bir vaqtda, A.N.Leontev ta’riflangan motiv ikki xil tabiatga ega, chunki bu yerda, V.K.Vilyunasning haqli ravishda ko‘rsatishicha, motiv-bilim tuzilmasidir. Sababi shundaki, kognitiv tuzilma (narsa timsoli) zaruriyatga (affektivga) o‘tadi. Motivni ta’riflashga berilgan aks urg‘u - uning affektiv elementga xos belgilovchilik rolini ta’kidlash L.I.Bojovichga xosdir. U xulqning boshqa barcha qo‘zg‘atuvchilari asosida zaruriyat yotadi, deb hisoblaydi. «Motiv sifatida tashqi dunyodagi narsalar, tasavvurlar, hissiyotlar, bir so‘z bilan aytganda zaruriyat nimada o‘z aksini topsa, hammasi maydonga chiqishi mumkin». Motivning bu ta’rifi ham uning affektiv-kognitiv tabiati mavjudligi haqida xulosa chiqarishga imkon beradi. P.M.Yakobson27 ham motivning affektiv-kognitiv tabiati haqida aniq fikr bildiradi: «Inson xulqi psixikaning shunday ko‘rinishlarini rag‘batlantiradi (motivlashtiradi)ki, ular mayllar, ideallar, kelajak haqidagi tasavvurlar, qiziqishlar, hayot va turmushni tashkil qilishga intilishlar, mehnatga berilishi, kuchli zaruriyat, kuchli hissiyot, ahloqiy maslaklar, odatlar, o‘xshatmalar tusini oladi». «Intellekt» - «aql, idrok, zakovat; aqliy jihatdan yetuklik». Ayrim hamdo‘stlik mamlakatlari psixologlari ham affektiv, ham kognitiv tabiatga ega bo‘lgan qo‘yidagi hodisalar faoliyatini qo‘zg‘atuvchilar sifatida qarashadi: ma’no va mazmun, yo‘nalganlik, qiziqish (A.K.Markova, 1980) motivlar, zaruriyatlar, qiziqishlar, intilishlar, maqsadlar, ermaklar, motivatsion ko‘rsatmalar yoki dispozitsiyalar, ideallar va boshqalar . Ular affektiv va kognitiv elementlarga xos bo‘lgan, alohida vazifalarni ajratmaydilar. Psixologiya tarixida motivga affektiv va kognitiv elementlarni biriktiruvchi ikki xil ta’rifni ajratish mumkin. Motivni tushunish, uning tarkibidagi elementlar vazifalarini ajratish faoliyat motivatsion qismlarini maqsadli - motivatsion aloqalarni o‘rnatish sifatida yaratish yo‘llarini belgilab beradi. Masalan, motivning kognitiv elementlariga urg‘u berish va affektiv elementni hisobga olmaslik amalda ta’lim motivatsiyasining faqat ta’lim metodlari va mazmuniga qaramlikni keltirib chiqaradi. Motivni affektiv-kognitiv ravishda tushunish, psixologiya taraqqiyotida murakkab tarixiy yo‘lni bosib o‘tib, hozirgi vaqtda maktab yoshidagi talabalarning o‘qish motivatsiyasini diagnostika qilish va korreksiyalash vazifalarini hal qilishda boshlang‘ich nuqta bo‘lib qolishi kerak. Motivatsiya mohiyati bo‘yicha bildirilgan yuqoridagi fikr-mulohazalarga unga berilgan umumlashgan ta’riflar mutlaqo mutanosibdir. Jumladan, S.L.Rubinshteyn: “Motivatsiya-bu psixika orqali amalga oshuvchi determinatsiyadir”;28 K.B.Madsen: “Motivatsiya bu xulqqa yo‘naltirilgan, qo‘llab -quvvatlovchi, qo‘zg‘atuvchi omillarning yig‘indisidir”,29 - deb izohlashgan. Motivatsiyaga oid tushunchalar, atamalar, terminlar turlicha ma’noda qo‘llanilishi bir tomondan uning yangi xususiyatlari yoki sifatlarini ochishga xizmat qilsada,ikkinchi tomondan, ilmiy izlanishlarda muayyan darajada qiyinchiliklarni vujudga keltiradi. Ushbu psixologik voqelik o‘ta munozarali omil sifatida talqin qilishga arziydi. Sobiq ittifoq psixologi A.N. Leontev motiv, motivatsiya to‘g‘risida turlicha yondashuvlar, nazariyalar, ta’riflar mavjud ekanligiga e’tiroz bildirib, bu haqda shunday mulohaza yuritadi: “Motiv terminining qo‘llanilishida shu darajada xilma-xillik mavjudki, balki ularni tartibga keltirishning iloji ham yo‘qdir.30 “Motiv” terminini shu yo‘sinda qo‘llanilishi shunday taassurot qoldiradiki, go‘yoki “motiv” tushunchasi turlicha ashyolar joylashtirilgan katta qopga aylanib qolganga o‘xshaydi. Motivlar yoki motivlashtiruvchi omillar qatoriga, jumladan ishtaha, mayl, impuls, odat, malaka, xohish, his-tuyg‘ular, qiziqish, maqsad, hattoki yanada yaqqolroq motivlar, masalan, elektr toki bilan qitiqlash, huzr-halovat yoki mamnuniyatni sezish, o‘ziga bino qo‘yishlik, maosh, ideallar kiritiladi”. Insonlarga aloqador motiv va motivatsiya tushunchalari qo‘zg‘atuvchilar va qo‘zg‘ovchilarning barcha turlarini o‘z ichiga oladi Chunonchi, motivlar, ehtiyojlar, qiziqishlar, maqsadlar, intilishlar, motivlashgan ustanovkalar va boshqalar. Motiv va motivatsiya keng ma’noda xulq-atvor determinatsiyasi sifatida belgilanishiga qaramay, ko‘pgina tadqiqotchilar ularni juda tor ma’noda tadqiq qilib, ilmiy jihatdan tekshiradilar, hattoki izlanuvchilar shartsiz reflektor aktlarining miqdorini, affektiv, stress va ekspressiv reaksiyalarni ularning tizimiga kiritadilar. Bir qator psixologlar motiv va motivatsiyani energetik, ma’noviy tomonlarini o‘zaro solishtiradilar. Tadqiqotchilar ularni tub ma’nodagi energetik bioquvvat faolligining manbai sifatida talqin qilib, ma’noviy va ma’naviy jabhalarni hisobga olmay turib tushuntirishga intiladilar. Sobiq ittifoq psixologiyasida motiv va motivatsiya tizimi inson hayoti va faoliyatiga uzluksiz ravishda yo‘naltirilgan murakkab tuzilishga ega bo‘lgan boshqaruvchisi (regulyatori) sifatida tushuniladi. Jumladan, S.L.Rubinshteyn31 motivlashgan tizimning inson borliqni aks ettirishdagi rolini ko‘rsatib,shunday mazmundagi mulohazalarni ta’kidlab o‘tadi: birinchi bo‘lib, kuzatish obyektlari emas, balki ehtiyoj obyektlari va shaxs xatti-harakatlari beriladi. Motivlashgan ustanovkalarning faollikka oid o‘ziga xosligi ham shunday tuzilishga ega va u o‘zi xohlagan borliq elementlari va holatini belgilashga xizmat qiladi. Ularning fikricha, tashqi olamga munosabatning faol motivatsion xususiyatini ko‘rsatib o‘tishning o‘zi kifoya. S.L.Rubinshteyn “Ong- bu faqatgina aks etish emas, balki insonning tashqi muhitga nisbatan munosabati hamdir”, - deb yozadi. S.L.Rubinshteyn ongning rolini ko‘rsatish bilan bir qatorda psixikaning ko‘p qirraliligi nuqtai nazaridan turli bosqichlarda ruhiy jarayonlarning vujudga kelishi, kechishi holatlarini tushuntirib berishga erishgan. Har qanday shaxsning xulq-atvorini psixologik jihatdan tushuntirishda qo‘zg‘atuvchilar (qo‘zg‘ovchilar)ni turli bosqichlarda o‘zaro murakkab bog‘liqlikda olib qarash, ko‘rish lozim, deb ta’kidlaydi.Bizningcha, bu ko‘p bosqichli tuzilma boshqaruvning anglanilgan bosqichi singari anglanmagan motivatsion tendensiyalarni o‘z ichiga oladi. Sobiq ittifoq psixologlari motiv va motivatsiya tuzilishining bosqichli konsepsiyasini ishlab chiqishda quyidagilarga tayanganlar: 1) ongning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot jarayoni bilan inson xulq-atvorini boshqarishning murakkab tizimiga ega ekanligi; 2) ontogenezda shaxsning individual shakllanish jarayoni bo‘lmish genetik dalillarga asoslanganligi va hokazo. Motiv va motivatsiya tuzilishini genetik bosqichda tarkib topish ehtimolini tahlil qilish natijasida ularning sodda bir bosqichli tizimlardan murakkab, ko‘p bosqichli yuksak darajaga o‘sib o‘tish jarayoni ishonchli omillar yordami bilan yaqqol ko‘rsatib beriladi. Umumlashgan ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, motiv va motivatsiyaning tuzilishi muammosini tadqiq etilishi tufayli ularning dinamik va ma’noviy jabhalari birligi prinsipidan kelib chiqish maqsadga muvofiq. Motiv va motivatsiya tuzilishiga oid masalaga yondashish jarayonida butun e’tiborni ularning mazmuniy jihatini alohida ko‘rsatishga, ma’noviy tomonlarining birlamchiligini belgilashga qaratiladi. Inson xulq-atvor motivi va motivatsiyasi tuzilishini, ularning asosiy funksional mexanizmlarini hamda shakllanish jarayoniga yo‘naltirishning strategik rejasini ishlab chiqish muammosini psixologik jihatdan tushuntirish uchun individning psixik rivojlanishi tahliliga o‘ziga xos ravishda taktik yondashish maqsadga muvofiq. Shaxs motivlari va motivatsiyasi oqimi muammosi uning ham metodologik, ham nazariy munosabatlarni tekshirish demakdir. Chunki to hozirgi davrgacha sobiq ittifoq psixologiyasida ularning ko‘pgina qismlari, tomonlari o‘z yechimini topa olmagan. Uzoq xorij psixologlari orasida “Biologik ehtiyojlar asosida inson motivlari yotadi”, degan qarashlar majmuasi keng ko‘lamda qo‘llanilib kelinmoqda. Chunonchi, AQSHlik B.Damellning fikricha, to‘qimada vujudga kelgan ehtiyojlar qo‘zg‘atuvchining asosiy manbai hisoblanadi.Mazkur g‘oya yuzasidan mulohaza yuritgan Danlen esa “…qo‘zg‘alish biologik to‘qimalardan chetga chiqmaydi”,32 degan fikrga qat’iy ishonadi.Gilfordning ta’kidlashicha, faollikning birlamchi manbai ovqatdan iboratdir.Lekin muallif o‘z fikrini izchil ochib berishga intilmaydi. Ushbu vaziyatni baholashda psixologik muammolar oqimi bilan motiv va motivatsiyalarning biologik oqimi o‘rtasida yuz beruvchi o‘zaro o‘rin almashishning sodir bo‘lishini mulohaza doirasidan tashqari chiqarmaslik lozim. Chunki biologik shartlangan reja, faollik manbai, o‘zaro o‘rin almashish jarayonlari assimilyasiya va dissimilyasiya sifatida namoyon bo‘ladi. Holbuki biologik holatlar psixik jarayonlarning moddiy asosini tashkil qiladi. Xuddi shu bois ular birlamchi manba va psixik faollikning negizi tariqasida yuzaga keladi. Jahon psixologiyasi fanida motivatsiyaning keng ko‘lamda o‘rganilishi natijasida u mazmun, ma’no, mohiyat jihatdan yanada kengaydi, original nazariy va amaliy materiallar bilan boyidi. Shuning bilan birga motivatsiya bir qancha mustaqil yo‘nalishlarga parchalanib ketishi tufayli uning tadqiqot predmeti quyidagilarga qaratila boshladi: - jabhalarga(ma’noviy, dinamik tomonlarga); - darajalarga (ijtimoiy, biolog, tag zaminiy); - mexanizmlarga (mustahkamlash, yordam ko‘rsatish, siqib chiqarish va hokazolarga). Shunday qilib, inson xulq-atvorini determinatsiya qiladigan sabablar majmuasi hozirgi zamon motivatsiya psixologiyasi o‘rganadigan u yoki bu munosabatni o‘zida aks ettiruvchi, o‘ziga hos jabhalari va darajalarini bevosita tag-zamin, genetik va vaziyatli, to‘g‘ri va teskari atamalar bilan nomlash imkoniyatini vujudga keltirdi. Rus psixologiyasida motiv va motivatsiya muammolari o‘rganishda,motiv va motivatsiya muammolarini tadqiq etishda rus va sobiq ittifoq psixologlari o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shganlar. XX asr boshlarigacha bo‘lgan ijtimoiy-tarixiy davrning eng muhim va maxsus tadqiqoti L.I.Petrajiskiyning “Inson xatti-harakati motivlari to‘g‘risida” nomidagi Peterburg universitetida tayyorlagan ilmiy ishi hisoblanadi(1904).33 O‘z izlanishida muallif motivatsiyaning ilmiy nazariyasini yaratish g‘oyasini ilgari surish bilan birga uning psixologiya va boshqa fanlar uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tadi. Uning mulohazasicha, shaxs fe’l-atvorini oqilona baholash uchun motivatsiyani hisobga olmaslik aslo mumkin emas.Xuddi shu bois u mazkur davr uchun huquqshunoslik (huquqni tushunish) motivlari masalasini o‘rganish ijtimoiy zaruriyatligini qayd qiladi.Motivlar hal qiluvchi, harakatlantiruvchi mexanizm ekanligini ta’kidlaydi. Shunga qaramasdan, L.I.Petrajiskiy inson va uning motivatsiyasi muammosini psixologizatorlik pozitsiyasidan turib tahlil qiladi hamda sharhlaydi, lekin bu psixologik voqelik muallifning ilmiy chekinishi emas, albatta. O‘z zamonasining buyuk eksperimentatori A.F.Lazurskiy psixik jarayonlar va shaxs xususiyatlarini tadqiq etayotganida motivlar masalasiga qiziqish bilan yondashadi. Buning uchun muallif o‘z izlanishlarida “mayllar va xohishlar kuchi hamda zaifligi”, “motivlar kurashiga moyilligi”, “motivlar muhokamasiga tortilganligi”, “xohishning qadriyatga ega ekanligi, aniq xususiyatliligi” singari kontekstlar orqali o‘rganishga intiladi. Shuning bilan birga A.F.Lazurskiy34 intilish rivojining darajasi ongli irodaviy zo‘r berish bilan bog‘liq ekanligini alohida ta’kidlab o‘tadi. Xuddi shu bois u shaxsning tadqiqot dasturida bunday munosabatlar tizimiga keng o‘rin ajratadi. Muallif o‘zining izlanish dasturida shaxsga ijtimoiy nuqtai nazaridan yondashishga harakat qilgan, lekin masala endopsixika va ekzopsixika nazariyalariga asoslangan holda tushuntirganligi tufayli insonning ijtimoiy psixologik mohiyati, shaxsning biologik hamda ijtimoiy shartlangan jabhalari birligi, uyg‘unligi o‘z ilmiy ifodasini topmagan. Natijada uning mulohazalari mexanitsizm va biologizatorlik qobig‘i bilan aralashib ketish holati mavjudligi sababli muallifni tub ma’nodagi ilmiylikdan bir muncha uzoqlashtiradi. Chet el psixologiyasida motivlar va motivatsiyani o‘rganishga bag‘ishlangan qator materiallar mavjud bo‘lib,ular jahon psixologiyasiga katta hissa qo‘shgan. Hozirgi davrda chet el psixologiyasida o‘ttizga yaqin konsepsiyalar, nazariyalar ishlab chiqilgan, ularning aksariyati hayvonlar va odamlar xulq motivatsiyasiga bag‘ishlangandir. G‘arb psixologiyasida motivatsiya muammolari Spinoza, Gobbs, Dekart asarlaridayoq o‘z ifodasini topgan. Ushbu masalalar bilan assotsionistik, introspektiv, bixeviorizm, geshtaltpsixologiya, psixoanaliz kabi psixologiya maktablarining namoyandalari keng ko‘lamda shug‘ullanganlar (U.Djeyms, E.Tolmen, K.Xall, K.Levin, Z.Freyd, A.Adler, K.Yung va boshqalar). Bixeviorizm nazariyasiga binoan xulq motivi tashqi ta’sirga tana a’zolarining javob reaksiyasi sifatida vujudga keladi. Jahonga mashhur bo‘lgan “stimul-reaksiya” formulasiga asoslangan bixevioristlar instinktiv xulq motivini insonning fe’l-atvoriga mexanik ravishda ko‘chirishni anglatib keladi. Ularning talqiniga qaraganda, inson xulqi ongsizlikdan iborat bo‘lib, tashqi qo‘zg‘atuvchi “stimul” tufayli tana a’zolarining javob reaksiyasi tariqasida yuzaga keladi. Bixevioristlarning fikricha, psixologiyaning predmeti psixika emas, balki reaksiyalar majmuasi bo‘lmish xulqdir. Hozirgi zamon bixevioristlari stimulga tashqi qo‘zg‘atuvchi sifatida qaraydilar, tana a’zosining ichki quvvatini faollashtiradi deb tushunadilar. Neobixevioristik konsepsiyalarda yangi turtki (qo‘zg‘ovchi)larning paydo bo‘lishiinsonning organik ehtiyojini qondirishning stimul natijasi bilan muvofiqlashuvi tariqasida talqin qilinadi. V.Makdaugall Darvinning biologik determinizm ta’limotini vulgarlashtirib, motivatsiyaning tug‘ma xususiyatini asoslashga, tug‘ma instinkt bilan uni qiyoslashga intiladi. Buning uchun muallif oldin 14 ta, keyinchalik esa 18 ta inson instinktlari hukm surishini ajratib ko‘rsatadi va ularni sharhlab beradi. Uning karashlari o‘zgarishga yuz tutgan bo‘lishiga qaramay, bu sohaga oid talqinlar qolaverdi, bunga instinkt energiyasi tug‘maligi, impulsivligi g‘oyalari bixevioristik konsepsiyadan tashqariga chiqishga imkon bermaydi. Psixoanalitik konsepsiya bixeviorizmdan farqli o‘laroq, motivatsiyaning negizida insonga xos bo‘lgan mayllar yotishini tan oladi. Freyd nazariyasida mayl bilan instinkt alohidaligi ko‘rsatib o‘tilmagan, bu esa o‘ziga xos yondashuvdir. Ongsizlik ta’limotining asoschisi Z.Freyd35 xulq ehtiyoji va motivlari muammosini ishlab chiqqan bo‘lib, uningcha, motivatsiya manbai tur va individning saqlash instinkti hisoblanadi. Bizningcha, insonning ijtimoiy tabiati uning ijtimoiylashuvi nuqtai nazaridan yondashishni talab etsa, u holda ongsizlik va onglilik munosabati o‘zaro bir-birini taqozo qiladi. Motivatsiyaning talqini geshtalt psixologiya maktabida o‘ziga xos xususiyatga ega. Jumladan, K.Levin motivlarni eksperimental o‘rganish metodikasini ishlab chiqqanda ularni mutlaqo mustaqil hukm suradi, degan fikrga keladi. Geshtaltpsixologiyada obraz kategoriyasi qanday tushunilgan bo‘lsa, K.Levin o‘zining “maydon (makon)” nazariyasida motivni xuddi shunday kategoriya sifatida qo‘llaydi. Obraz bilan motivni o‘zaro aloqasi inkor qilinadi, vaziyatning jismli ma’noviy mazmuni va uning doirasidagi motivatsiya tan olinmaydi. Muallif xulqni tushuntirganda, shaxsning favquloddagi vaqt mikrointervalida yaqqol muhit bilan bevosita munosabatidan kelib chiqadi. Xulqning shaxsga oid konstatlari hamda shaxsning xususiyatlari inobatga olinmaydi. Xuddi shu bois motiv E.Tolmen36 xulq aktida motivning roli dominantligini dalillash uchun bixeviorizm, geshtaltpsixologiya, freydizm nazariyalarini birlashtirib, ularga introspeksiya prinsiplarini kiritib mulohaza yuritadi. Lekin subyektivizm holatlarining o‘rni to‘g‘risidagi mulohazalar bahsbopdir. G.Ollport o‘z asarida personalistik yo‘nalishning namoyandasi tariqasida inson motivatsiyasi mohiyatini ochishda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni tatbiq etish g‘oyasini ilgari suradi.Uning o‘zini o‘zi namoyon qilish nazariyasida shaxs motivatsiya subyekti tariqasidatalqin qilinadi. O‘zining shaxs konsepsiyasini bayon qilishda uni “ochiq tizim” sifatida talqin qilib, motivatsiyaga undovchi doirada motivning quyi (biologik ehtiyoj) va yuqori (rivojlanish) darajalariga ajratadi. Jahonda mashhur ilmiy yondashuvlardan biri- bu A.Maslouning motivatsiyaning “personologik” konsepsiyasidar.37 U o‘zini gumanistik psixologiya yo‘nalishining namoyandasi deb hisolaydi, shuning uchun bixevioristlarga va ekzistensialistlarga qarshi kurashuvchi “uchinchi kuch” ekanligini ta’kidlaydi. “Motivatsiya va shaxs” kitobida “shaxsning o‘zini o‘zi faollashtirish” qarashlarini rivojlantiradi. Individning uzluksiz kamolotga intilishini u yetakchi motiv baholaydi. Bu bilan muallif ijtimoiy determinatsiyani inkor qiladi. Maslouning fikricha, motivlarni aniqlovchi, bir necha darajalardan tashkil topgan ehtiyojlar mavjuddir. Xulq ehtiyojlar va qobiliyatlarga bog‘liq bo‘lib, u ichki va tashqi motivlar bilan belgilanadi. Maslouning tomonidan ehtiyojlarning quyidagi darajalari ajratib ko‘rsatiladi: birinchi daraja – fiziologik ozuqaga, suvga, gomeostazni saqlashga nisbatan ehtiyoj; ikkinchi daraja – ozodlikka, xavfsizlikka nisbatan ehtiyoj; uchinchi daraja – sevgi (muhabbat)ga nisbatan ehtiyoj; to‘rtinchi daraja – maqsadgaerishuvga yo‘naltirilgan ehtiyoj; beshinchi daraja o‘zini o‘zi faollashtirishga nisbatan ehtiyoj. A.Maslouning ta’kidlashicha, yangi ehtiyoj yuqoridagi ehtiyoj darajalarining barchasi qoniqtirilgandan keyingina paydo bo‘lishi mumkin. Ularning ichdan eng yuqorisi – bu o‘zini o‘zi faollashtirishdir. Mazkur nazariya jamiyat va shaxs ikki parallel ravishda hukm suruvchi mohiyat degan tushunchadan kelib chiqishiga qaramay, unda shaxs antropologik hamda psixologik jihatdan talqin qilinadi. Shaxsning ijtimoiyligi tan olinsada, ammo biologik xususiyatga aloqadorligi birlamchi belgi sifatida qolaveradi. O‘zini o‘zi faollashtirish qobiliyati esa qandaydir tabiiylik alomati tariqasida baholanadi. Yuqorida xorijiy psixologlarning motivatsiya muammosiga bag‘ishlangan tadqiqotlari natijalari bilan tanishib ko‘rib chiqdik.Aksariyat mualliflar shaxsni biologizirlashtirishga intilishganliklari tufayli uning faollik manbalarining oddiy turtkisi bilan tenglashtiradilar. Go‘yoki oddiy instinktlar, reflekslar inson xulqining tarkibiy negizlari bo‘lib hisoblanadi. Bu talqinga binoan ular motivlarni maqsadga muvofiq shakllantirish imkoniyatini rad qiladilar, motivatsiya ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot jarayonida o‘zgarishga yuz tutishini inobatga olinmaydi. Natijada xulq motivlari ijtimoiy shartlanganligi, ularning ijtimoiy xususiyati tadqiqotlarning diqqat markazidan va idrok ko‘lamidan chetda qoladi. Download 148.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling