D. Mamatkulov 2023-yil zokirjonova shahlo toxirjon qizining
Nataja: 1 balldan 10 ballgacha
Download 148.44 Kb.
|
Shahlo dissertatsiya YANGI (1) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilova. Shaxsning o‘z-o‘zini baholashning ekspress-diagnostikasini o’rganish metodikasi
Nataja: 1 balldan 10 ballgacha: Muvaffaqiyatga erishish
motivatsiyasi past; 11 balladan 16 ballgacha: Muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi o‘rtacha; 17 balldan 20 ballgacha:Muvaffaqiyatga erishish motivatsiya darajasi anchagina yuqori; 21 balldan 32 ballgacha: Yutuqlarga nisbatan motivatsiya juda yuqori. Ilova. Shaxsning o‘z-o‘zini baholashning ekspress-diagnostikasini o’rganish metodikasi «Q-saralash» metodikasi psixolog olim V. Stefanson tomonidan 1958 yilda yaratilgan bo‘lib, u psixologik tadqiqotlarda shaxsning o‘zi to‘g‘risidagi tasavvurlarini o‘rganishda keng foydalaniladi. Har bir savolda shaxs haqida aniq tasdiq (fikr) mavjud bo‘lib, sinaluvchi savollarda keltirilgan tasdiqlarning o‘z tabiatiga xos yoki xos emasligiga qarab, ularda bayon etilgan tasdiqlarni ma’qullaydi yoki inkor etadi, ya’ni javoblar varaqasida keltirilgan tasdiqlar raqami yoniga «ha» yoki «yo‘q» so‘zini yozib qo‘yadi. Shuningdek, javoblarini «+» va «–» ishoralari orqali ham belgilash mumkin. 1. Tevarak-atrofingizdagi kishilarga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘la olasiz. 2. Guruhdagi nizolardan o‘zingizni chetga olasiz. 3. Yetakchi (guruh sardori)ning maslahatlariga quloq solasiz. 151 4. O‘rtoqlaringiz bilan haddan ortiq yaqin munosabatda bo‘lishga moyil emassiz. 5. Guruhdagi do‘stona munosabatlarni qo‘llab-quvvatlaysiz. 6. Yetakchiga e’tiroz bildira olasiz. 7. Guruh a’zolarining ayrimlariga xayrixohsiz. 8. Guruhda tashkil etiladigan uchrashuv va yi\ilishlarda faol ishtirok etishga maylingiz yo‘q. 9. Yetakchining rag‘batiga muhtojsiz. 10. Fe’l-atvoringizda odamovilik mavjud. 11. Munozaralarda betaraf bo‘la olmaysiz. 12. O‘rtoqlaringizga yetakchilik qilishga moyilsiz. 13. Yaqin o‘rtoqlaringiz bilan munosabatda bo‘lganingizda quvonasiz. 14. Guruh a’zolari qilgan dushmanlarcha munosabatlarga xotirjamsiz. 15. Hamisha guruhning kayfiyatiga qarab ish tutasiz. 16. Guruh a’zolarining shaxsiy sifatlariga ahamiyat bermaysiz. 17. Sizda guruh maqsadlarini o‘zgartirishga rag‘bat bor. 18. O‘zingizni yetakchiga qarshi qo‘yib, huzur olasiz. 19. Guruhning ayrim a’zolari bilan yaqin munosabatda bo‘lishni xohlaysiz. 20. Bahslarda betaraflikni afzal bilasiz. 21. Yetakchining boshqarish qobiliyati va faolligini yoqtirasiz. 22. Guruh a’zolarining bir-biriga zid fikrlariga beparvosiz. 23. O‘z hissiyotlaringizni namoyon etishda tortinchoq emassiz. 24. O‘z atrofingizda hamfikrlaringizni birlashtirishga intilasiz. 25. Rasmiyatchilikka qarshisiz. 26. Ayblaganda o‘zingizni yo‘qotib qo‘yasiz va jim turishni afzal bilasiz. 27. Guruh maqsadlariga mos ish tutasiz. 28. Guruh a’zolarining ayrimlariga emas, balki butun guruhga bog‘lanib qolgansiz. 29. Munozaralarni keskinlashtirish va susaytirishga qodirsiz. 30. Boshqalar e’tiborida bo‘lishga intilasiz. 31. Guruhlarga a’zo bo‘lishga intilasiz. 32. Murosasozlikka moyilsiz. 33. Yetakchi muvaffaqiyatga erisha olmaganda unga achinasiz. 34. O‘rtoqlaringizning e’tirozlarini o‘kinch bilan qabul qilasiz. 152 35. Ba’zan makkorlik va tilyog‘lamalik qilishga moyilsiz. 36. Guruhga rahbarlik qilishga qodirsiz. 37. Guruhdagilar bilan munosabat o‘rnatishda ancha erkin va ochiq ko‘ngilsiz. 38. Guruh a’zolarining qarama-qarshi fikrlaridan asabiylashasiz. 39. Ishlarni rejalashtirishda yetakchining mas’ul bo‘lishini afzal bilasiz. 40. Do‘stligingizni namoyon eta olmaysiz. 41. O‘rtoqlaringizga jonkuyarsiz. 42. Boshqalarni yetakchiga qarshi qo‘yishga urinasiz. 43. Guruh doirasida o‘zgalar bilan tez tanishasiz. 44. Munozaralarga aralashishni yoqtirmaysiz. 45. Guruh a’zolarining gapini ma’qullaysiz. 46. Guruhda o‘zingizga maslakdosh topishga qiynalasiz. 47. Ta’sirlanganda kulgili holatga tushib qolishdan qo‘rqmaysiz. 48. O‘zgalarga bog‘lanib qolmaslikka harakat qilasiz. 49. Ahil guruhga a’zo bo‘lishga intilasiz. 50. O‘zingizning haqiqiy tuyg‘ularingizni namoyon qilmaslikka intilasiz. 51. Guruh a’zolarida xilma-xil fikr tug‘ilganda yetakchining fikrini ma’qullaysiz. 52. O‘zgalar bilan muloqot o‘rnatishda tashabbuskor emassiz. 53. O‘rtoqlaringizni tanqid qilishga moyilsiz. 54. Boshqalardan ko‘ra ko‘proq yetakchi bilan muloqot o‘rnatasiz. 55. Guruhdagi haddan ortiq betakalluf munosabatga chiday olmaysiz. 56. Bahs-munozara qilishni yoqtirmaysiz. 57. Guruhda yuqori mavqega erishishga intilmaysiz. 58. O‘rtoqlaringiz munosabat (ish)lariga aralashmay xato qilasiz. 59. «G‘avg‘o ko‘tarishga» va «boshqalarning jig‘iga tegishga» ustasi farangsiz. 60. Yetakchiga o‘z noroziligini bildira olasiz. Sinaluvchi taqdim etilgan tasdiqlar (savolnoma) uchun bergan javobini maxsus javoblar varaqasiga qayd etadi. 1 1 Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent: “O‘zbekistan”, 2017. -.B.488 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 Download 148.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling