D. Mamatkulov 2023-yil zokirjonova shahlo toxirjon qizining
Xulq-atvor motivatsiyasi shakllanishining sharq allomalari tomonidan
Download 148.44 Kb.
|
Shahlo dissertatsiya YANGI (1) (1)
1.1. Xulq-atvor motivatsiyasi shakllanishining sharq allomalari tomonidan
ilmiy-nazariy tadqiq etilishi Xulq-atvorning paydo bo‘lishi, davomiyligi va barqarorligi, yo‘nalganlik va ko‘zlangan maqsadga erishilgandan so‘ng yakunlanishi, kelajakdagi voqealarga moyillik, alohida olingan xulq-atvor aktining mutanosibligi va mazmun jihatidan yaxlitligi, samaradorligini oshirish kabi tomonlari sharq allomalarining ilmiy tadqiqotlarida motivatsion ruhda ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etilgan. Ilmiy adabiyotlarda motivatsiya quyidagicha izohlangan. “Motivatsiya” tushunchasi lotincha “movere” – harakatlantirish sо‘zidan kelib chiqgan bo‘lib uning bir qancha tariflari mavjudir. Motivatsiya – bu harakatga undash, insonning qandaydir faoliyat vositasida о‘z ehtiyojlarini qondirish salohiyati, harakatchan ruhiy-fiziologik jarayon bо‘lib u insonning hatti harakatlarini boshqaradi va uning uyushganligi, hatti harakat yо‘nalishi va faolligini belgilab beradi.Hozirgi vaqtda ushbu tushuncha turli olimlar tomonidan turlicha talqin qilinmoqda. Kimdir undash va faoliyat uchun javob beradigan jarayonlar majmui motivatsiya ekanligi borasidagi fikrga tayansa, boshqalar motivatsiyani motivlar majmui sifatida ta’riflamoqda.Motivatsiya intellektual asosga ega, his-tuyg‘ular jarayonga faqat bilvosita ta'sir qiladi. Motivatsiya turlari: Tashqi motivatsiya (tashqi) - ma'lum bir faoliyat mazmuni bilan bog‘liq bo‘lmagan, lekin sub’ektdan tashqaridagi holatlar tufayli motivatsiya. Ichki motivatsiya (ichki) - tashqi sharoitlar bilan emas, balki faoliyatning o‘zi mazmuni bilan bog‘liq bo‘lgan motivatsiya. Ijobiy va salbiy motivatsiya. Ijobiy rag‘batlantirishga asoslangan motivatsiya ijobiy deb ataladi. Salbiy rag‘batlantirishga asoslangan motivatsiya salbiy deb ataladi. O‘quv samaradorligini oshirishda o‘quv motivatsiyasining rolini o‘zbek olimlari o‘z tadqiqotlarida tadqiq qildilar. Shu nuqtai nazardan turib, qo‘zg‘atuvchilardan tashqarida sodir bo‘ladigan xatti-harakatlarni tushuntirish bo‘yicha ko‘plab modellar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularni ko‘rib chiqish ichki motivatsiyaning mexanizmlarini tahlil qilishda qo‘l keladi. Shunday modellar Sharqning qomusiy olimlari Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Al-Forobiy, Davoniy, Jomiy asarlarida atroflicha bayon qilib berilgan. Shuningdek, mutafakkirlarimiz tomonidan o‘smirlarni ijobiy harakatga undash, ularning jismoniy harakatlarining faoliyat vositasida о‘z ehtiyojlarini qondirish salohiyatini namoyon etish, ruhiy-fiziologik harakatchanlikni ifodalashda xulq-atvor motivatsiyasining o‘rni, ta’siri va ahamiyati talqin etilgan. Pedagogik jarayonlarda hamda o‘quv mashg‘ulotlarida o‘smirlarning xulq-atvor motivatsiyasini rivojlantirishda o‘qitishning qaysi usul vositalaridan foydalanish lozimligi uqtirib o'tilgan. Keltirilgan fikrlardan ko'rinadiki dastlab shaxs amaliy bilimlarga keyinchalik esa nazariy bilimlarni qo‘lga kiritishi lozimligi borasidagi g'oyalar ilgari surilgan. Qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy asarlarida o‘smirlarning xulq-atvor motivatsiyasini uyg‘otishda o'qitish usullarining o’rni va ahamiyati muhimligi masalasiga alohida to'xtalib, o'quvchi shaxsiga ta'lim berishda ko'proq qaysi tomonlarga e'tibor berish kerakligini bayon qilib beradi. Jumladan, olim tomonidan o‘smirlarda xulq-atvor motivatsiyasini shakllantirishda quyidagi qoidalar ilgari suriladi: - o‘smirlarning xulq-atvor motivatsiyasini shakllantirishga qaratilgan mashg’ulotlarda yodlatish emas, balki tushunish mantiqiy fikrlash, xulosalar chiqarish, yo'liga amal qilish lozimligi. - o‘smirlarning mustaqil harakatlarni amalga oshirishi uchun o'qitishda ularning qiziqishi, intilishini hisobga olinishi va muallim o'z shogirdlariga xushmuomalali bo'lishi. - o'qitish asosida o‘smirlarning xulq-atvor motivatsiyasini shakllantirishda turli usul, metodlarni qo'llash ya'ni qarab chiqish, o'qilmagan mavzularni o'qib olish kerakli joylarini qayta o'qib olish, umuman yana o'qib chiqish va tushunib olish. - o'quv qurollarini, kitoblarni e'tibor bilan avaylab, asrab tutish, bu kitoblar insoniyatning boyligi ekanligi. Beruniy o’smirlarda o'qitish orqali xulq-atvor motivatsiyasini shakllantirish uchun o'qituvchi tanlashni birinchi va asosiy ish deb bilgan. U o’smirlarda xulq-atvor motivatsiyasini shakllantirishda yoshligidanoq aniqrog'i 5—6 yoshidan e’tibor qaratish tarafdori edi. Buning uchun o'qituvchi xushmuomalali, rostgo'y, o'z fanini yaxshi biladigan pokiza, toza ozoda yurish va turishida namuna boiishini talab etadi. Bu g'oya to'g'ri va adolatli talabdir. Agar tarbiyachi o'rnak bo'lmasa, aytgan gapiga o'zi rioya qilmasa, uning tarbiyasi samarasizdir. Beruniy xulq-atvor motivatsiyasini shakllantirishda ta'lim tarbiyaga o'quvchilarning diqqatini jalb qilish, mashg'ulotlar davomida o'quvchini zerikib qolmasligi uchun ta'lim olishning turli yo'llari, shakl va metodlari ustida to'xtalgan. U shunday deb yozadi, «Bizning maqsadimiz o'quvchini toliqtirib qo'ymaslikdir. Hadeb bir narsani takrorlash zerikarli bo'ladi, materialga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi. Agar o'quvchi bir masaladan, boshqa bir masalaga o'tib tursa, u xuddi-turli-tuman bog'-rog'larda sayr qilgandek boiadi, bir bog'dan o'tar o'tmas, boshqa bir bog' boshlanadi. Kishi ularning hammasini ko'rgisi va tomosha qilgisi keladi. Har bir yangi narsa kishiga rohat bag'ishlaydi deb behuda aytilmagan». Olimning so'zlarida o’smirlarning xulq-atvor motivatsiyasini shakllantirishda uning bilim berish yo'llari haqidagi qarashlari ham bayon etilgan. Birinchidan — ilmiy bilimlar turli mavzulardan iborat bo'lishi, o'quvchini zeriktirmasligi, xotirasiga malol kelmaslikni ko'zda tutadi. Ikkinchidan — bunday usul boshqa tadqiqotchilarning o'qib o'rganuvchining mehnatini yengillashtirishga qaratilgan. Uchinchidan — borliqdagi hodisalarni har tomonlama o'rgan-masdan ilmiy bilimlar doirasini aniqlab olish qiyin bo'lishini ta'kidlaydi. Beruniy o’smirlarda xulq-atvor motivatsiyasini shakllantirishda limning o’rni beqiyosligini e’tirof etib, ilm olishga kirishni quyidagicha ta'kidlaydi: «Ilm dargohiga kirar ekansan, qalbingni, ko'ngilni ozdiruvchi illatlardan, odamni ko'r qilib qo'yadigan holatlardan, chunonchi, qotib qolgan urf-odatlardan, hirsdan, raqobatdan, ochko'zlikning quli boiishdan o'z hokimligi uchun kurashishdan ozod boimog'ing darkor». Beruniy o’smirlarda xulq-atvor motivatsiyasini shakllantirish, o'quvchiga bilim berish uni xat savodli qilish haqida gapirar ekan, bu o'rinda qog'ozning paydo bo'lishi, yozuv va uning vujudga kelish xususiyatlari, turli belgilar o'quv qurollari haqida alohida-alohida to'xtalgan. Uning ta'kidlashicha har bir xalqda o’smirlarda xulq-atvorni shakllantirishda ta'lim berishning o'ziga xos tomonlari bo'lib, hammasida ham o'qitish eng avval alifbedan boshlanadi. Qomusiy olim Beruniyni ta'kidlashicha o’smirlarning xulq-atvorini ijobiy tomonga o’zgartirishda, bilim olish jarayonida insoniyat yaratgan bilimlarni egallash uchun o'quvchida intilish va qiziqish bolish kerak. O’smirlarning xulq-atvorini ijobiy tomonga o’zgartirishning muhim yo’llaridan biri kishi o'zini hammaga do'st, yaxshilik qila bilish darajasiga yetkazishdan boshlanadi. Bilimlarni yakka holda emas, balki jamiyat a'zolari bilan birga yashab olish mumkin. Chunki, ilmlar insoniyat jamoasining mahsulidir. Yakka kishi o'zi uchun kerakli bilimlarni yarata olmaydi. Kishi tabiati bilmagan va bila olmagan narsasini bilishga o'chdir.4 Beruniy o’smirlarda xulq-atvor motivatsiyasini paydo etish asosini ilm olish yo'li bilan dunyoni bilishning turli bosqichlarini ko'rsatadi: To'liq bilim olishda narsalarning chegaralari ma'lum bo'ladi. Narsalarning bo'laklarini umumlashtiruvchi chegaralarigacha ma'lum bo'ladi, lekin bunda ham tafsilotdan holi bo'lmaydi. O'sha tafsilotlar atroflicha biluvchi va bilinuvchi sifatida birlashadi, lekin bu holat zamon ichida bo'lib turadi. Atroflicha bilish holati zamon ichida bo'lmaydi, endilikda narsalarni, voqealarni bilishda zarur vosita bo'lgan ism sifatlarga, laqablarga ehtiyoj qolmaydi. Beruniy tomonidan ilgari surilgan fikrlarda O’smirlarning xulq-atvori orqali nodonlikdan xalos etish masalalari bayon qilingan. O’smirlarni o'qitish va xulq-atvorida motivatsiya uyg’otishda o’qituvchi muomalali, rostgo'y, savodxon, shogirdlariga prinsipial, yumshoq muomalali bo'lishi kerak. Muallim o'quvchini doimo to'g'ri yo'lga boshlashi, sezgir va talabchan bo'lishi lozimligini uqtiradi. Beruniy muallim shogirdlariga yumshoq muomala qilishi, ularga to'g'ri yoi ko'rsatishi, yaxshi yo'lga yo'llashi, niyatini to'g'ri qilishi, o'zini katta olmay, ochiq ko'ngil bo'lishi haqida ta'lim bergan. Beruniy o'qitish orqali yoshlarda xulq-atvorni bunyodkorlikka yo’naltirish faoliyatini muallimning o'qib o'rganishi, takrorlashi bilan bevosita bog'liq ekanligini alohida uqtirgan. Shuningdek, yoshlarda xulq-atvor motivatsiyasini paydo etishda kitob o'qishning usul va metodlariga alohida e'tibor beradi. Kitoblarni shunchaki emas, balki fikrlarni kichik bo’limlarga bo'lib o'qish, hamma o'qilgan joylarni umumlashtirib, qayta o'qish haqida ham ibratli materiallarni bayon etadi. Beruniy o’smirlarning motivatsiyasi shakllanishidada faqat induktiv yo'l bilangina emas, balki deduktiv yo'l bilan ham ish tutmoq lozimligini ta'kidlaydi. Bunda olim har qaysi metodni joyida qo'llamoq zarurligini yaxshi bilgani ko'rinib turibdi. Bunday faoliyat tafakkurni o'stirib, bilishning sifatini yaxshilaydi, aqliy bilimni boyitadi va o’smirlarning xulq-atvorini ijobiy tomonga yo’naltiradi. Beruniy dastlab xulq-atvor motivatsiyasi shakllanishida o'smirlarning ongli o'qishi va mohiyatni uqishi, dastlab matnning hajmi kichik, mazmuni sodda, keyinchalik esa hajmi katta, mazmuni murakkabroq bo'lgan matnlarni o'qishga kirishishi o'qish jarayonida taqqoslash-qiyoslashga e'tibor berish o'quvchilaming ongli bilimiga asos solishini eslatib o'tgan. Olim xulq-atvor paydo bo’lishida o'qilganlarning barchasini ziyraklik bilan qaytarib o'qish muhim omil ekanligini ta’kidlab, asosan xato qilmay, so'zlarni buzmay, ortiqcha tovush ishlatmay, bo'g'inlarni tushirib qoldirmay, so'z urg'usini o'z o'rnida qo'llab, to'g'ri o'qish lozimligini uqtiradi. O'qishning tez, to'g'ri va ifodali bo’lishi, o'qish davomida bolaning o'z-o'zini kuzatib borishi, xatosiz tez va to'g'ri o'qishiga yordam beradi. Beruniy o’smirlarda xulq-atvor motivatsiyasi shakllantiruvchi bilimlarni ustozlar tomonidan o'rgatiladi deb biladi. U motivatsiya uchun avvalo, nazariy bilimlarni o'quvchiga singdirish usullari haqida to'xtalib, muallim o'z ishiga asosan qiziqarli suhbat usuli bilan yondashib, shogirdning fanga, kasbga o'rganilayotgan ilmga havasini uyg'ota olishini, ta'limning asosiy vazifalaridan biri deb bildi. Buning uchun ba'zan muallim o'z shogirdlarini majbur qilishi mumkin deb bildi. Beruniyning o’smirlarda xulq-atvor motivatsiyasi shakllantirish borasidagi o’xshash tavsiyalar Ibn Sinoning ilmiy-nazariy qarashlarida qator omillar asosida yoritilgan. Ibn Sino bilim olishda o’smirlarda xulq-atvor motivatsiyasi shakllantirish uchun bolalarni maktabda o'qitish zarurligini qayd etar ekan, ta'limda quyidagi tomonlarga rioya etish zarurligini ta'kidlaydi: - o’smirlarda xulq-atvor motivatsiyasi shakllantirish uchun ularga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo'ymaslik; - xulq-atvor motivatsiyasini paydo etishda o’smirlarga yengildan og'irga borish orqali bilim berish; - xulq-atvor motivatsiyasini shakllantirish borasida olib boriladigan mashqlar o’smirlarning dunyoqarashi va tafakkuriga mos bo'lishi; - xulq-atvor motivatsiyasini shakllantiruvchi mashg’ulotlarda jamoa bo'lib maktabda o'qitishga e'tibor berish; - xulq-atvor motivatsiyasini uyg’otishda o’smirlarning mayl, qiziqish va qobiliyatini hisobga olish; - o'qitishni jismoniy mashqlar bilan qo'shib olib borish. Yoshlarga bilim berish o'qituvchining mas'uliyatli burchidir. Shunga ko'ra, Ibn Sino o’smirlarda xulq-atvor motivatsiyasini uyg’otishda o'qituvchining qanday bo'lishi kerakligi haqida fikr yuritib, shunday yo'l yo'riqlar beradi. Bular quyidagilardan iborat: -o’smir- yoshlar bilan muomalada bosiq va jiddiy bo'lish; - berilayotgan bilimning shogierdlar qanday o'zlashtirib olayotganligiga e'tibor berish; - xulq-atvor motivatsiyasini uyg’otishda turli metod va shakllardan unumli foydalanish; - o’quvchi-yoshlarning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyatini va shaxsiy xususiyatlarini bilish; -o’smirlarni fanga qiziqtira olishi; - o’smirlarga berilayotgan bilimlarniig eng muhimini ajratib bera olishi; - bilimlarni o’quvchilarga tushunarli qilib, uning yoshi aqliy darajasiga mos ravishda berishi; - har bir so'zning o’smirlar hissiyotini uyg'onish darajasida bo'lishga erishish zarur, deydi olim. Buyuk alloma Abu Nasr Farobiy (873-950) aql va tafakkur yordami bilan bilim olishning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga harakat qilgan. Uning asarlarida tafakkur mavhumlikka, bavositalikka ya’ni sezgi a’zolari orqali bilish xususiyatiga ega, deb tushuntiriladi. Farobiy ta’limotiga ko‘ra, tafakkur (aql) orqali inson materiyaning sezgilarga noma’lum bo‘lgan tomonlarini, umumiy qonuniyatlarini, mohiyatini biladi, san’at, fan tizimidagi bilimlarni egallashga muvaffaq bo‘ladi.5 Ibn Sino ta'kidlashicha o’smirlarda xulq-atvor motivatsiyasini uyg’otishda qaysi metodlardan foydalanmasin, u og'zaki ifodali bilimlarni tushuntirishmi, turli ko'rinishlardagi suhbatmi, tajribalarmi, baribir talabada haqiqiy bilim hosil qilish, mustaqil qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarini amaliyotga tatbiq eta olish qobiliyatini tarkib toptirishni asosiy maqsad deb bilgan.6 Davoniy fikriga ko'ra bola tarbiyasining keyingi davri ya’ni o’smirikda xulq-atvor motivatsiyasini uyg’otish maktabda boshlanadi. Muallim aqlli bola tarbiyasidan yaxshi xabardor bo'lgan yuksak fazilat egasi bo'lishi lozim. Olim o’smirlarda xulq-atvor motivatsiyasini uyg’onishda o’quvchi bilan muallim o'rtasidagi munosabat muhimligiga alohida to'xtaladi. Agar ota uning organizmini jismoniy jihatdan tarbiyalashga sababchi bo'lsa, muallim uning ma'naviy tarbiyasi kamolotga yetishiga sababchidir. Haqiqatni olganda, uning fikricha muallim ma'naviy padar hisoblanadi.7 Agar kishining ruhi o'z badaniga qanchalik yaqin bo'lsa, muallim ham tarbiya va xulq-atvor borasida shunchalik ota-onaga yaqin turadi. Davoniy o’smirlarning xulq-atvor motivatsiyasi ularning kasb-hunar egallashida ham muhim o’rin tutishi ta’kidlangan e'tiborga sazovor fikrlar bildirganlar. Muallim o’quvchilarning xulq-atvorini, qobiliyatini qaysi kasb bilan qiziqishini juda yaxshi bilishi lozim. Agar o’smir ma'lum bir kasb hunar yoki bilim bilan shug'ullansa, uni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va bilim yoki kasbni egallash uchun kerakli shart-sharoitni yaratib berish lozim, har bir kishining — deb yozadi Davoniy, hamma kasbni egallashga qobiliyati bo'lmaydi, balki muayyan odamning biror kasbga qobiliyati bo'ladi.8 Beruniy ta’limotiga ko‘ra, tabiatni bilish jarayoni sezgilardan boshlanib tafakkurga ko‘tariladi, ma’lum narsalardan noma’lum narsalarga va hodisalarni bilishga tomon rivojlanib boradi. Bilish jarayonida hissiy bilish — sezgi, idrok, xotira kabilarga Beruniy katta e’tibor beradi va ularsiz tabiat hodisalari haqida tasavvur hosil qilish mumkin emasligini ta’kidlaydi. Binobarin, "Jamiyatning o‘zini-o‘zi boshqarish darajasi kishilar ongining o‘sishi, uning tafakkur madaniyati yetukligi bilan uzviy bog‘liqdir. Beruniy ijtimoiy adolat va yaxshi fazilatlar haqida gapirib, rostguylik, ya’ni haqiqatgo‘ylikning adolat bilan uyg‘unligi, bilim va ma’rifat egasi bo‘lish, ijodiy mehnat va yaxshilik insonlarni kamolotga, birdamlik va adolatli bo‘lishga yetaklaydi” deb ta’kidlagan. Amir Temur (1336-1405) “Har kimdan kengash oldim. Har kimdan fikr o‘rgandim, qaysi biri foydaliroq bo‘lsa, uni ko‘ngil xazinasida saqlab, ishlata bildim”- deya ta’kidlagan. Amir Temurning ushbu fikrlaridan ma’lum bo‘ladiki, har bir jamiyat a’zosi fikr-mulohaza yuritib, o‘zaro fikr almashib, jamiyatni takomillashtirishi mumkinligini tushunish mumkin. “Barcha ishlarimni to‘qqiz ulushin kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushin esa qilich bilan bajo keltirdim”- deydi va “Men hayotim mobaynida besh narsaga qat’iy e’tiqod qo‘ydim va hamishalig‘ ularga amal qildim. Ular ushbulardir: Alloh-ul har narsaga qodir kuch, sidqidildan sig‘insang istagan murodu maqsudingga yetkazadi. Tafakkur – fikrlash va mushohada qobiliyati, quvvai hafizasi kuchli inson har qanday mushkulu mushkulodni oson qilish yo‘lini topa oladi. Qilich – ul yigitning yo‘ldoshi, el-yurt osoyishtaligining posboni, har qanday dushmanni mavh etish quroli, aning qudrati ila dinsizlarni dinga solmoq mumkin. Imon – ul insonni barcha jonlilardan farqlantirib turguvchi xususiyatdir. Imonli odam hiyonat qilmaydi, qarindoshurug‘lari, elu-xalqning or-nomusini himoya qiladi, halollik va poklikni fazilat biladi. Kitob - barcha binyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu-donishning asosidir, hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir”.9 -deb ta’kidlaydi. Amir Temurdan meros bo‘lib hisoblangan o‘gitlari- muzokara yuritish, fikr qilish muloqotda ham insonlar o‘zaro fikr almashib oqilona tafakkur yuritishi imkoniyatlariga ega bo‘lishida ijtimoiy-hayotiy mexanizm bo‘lib hisoblanadi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy (1441-1501) ta’biri bilan aytganda, dunyoda insondan ulug‘roq kamolot yo‘q, chunki unga “bebaho marvarid” - aql-zakovat, tafakkur ne’mati kuchi hadya etilganki, unda «sir-asrorlarni va yuksak cho‘qqilarni bilish qobiliyati bo‘lib, uning ko‘magida inson ulug‘ zafarlarni bajo keltiradi. Inson o‘zining tafakkur quvvati, dahosi, mehnati bilan tabiat va jamiyatni o‘z ehtiyojlari yo‘lida o‘zgartiradi”.10 Yuqorida olimlarning ilmiy qarashlari va fikrlaridan ko'rinib turibdiki, o’smirlarning qiziqqan fan asoslarini egallashda, kelajakda qaysi kasb egasi bo’lishida, hamda jamiyatda o’z o’rni va mavqeiga ega bo’lishida ularning xulq-atvor motivatsiyalarini shakllantirish yo’llari va o'qitish usullarining ahamiyati beqiyosdir va o'quvchi shaxsida nazariy va amaliy bilimlarni shakllanishiga metodik vosita bo'lib xizmat qiladi. Shaxs motivatsiyasi, o’smirlarning xulq-atvor motivatsiyasi muammolari mumtoz qomusiy olimlarimiz qarashlarida ifoda etilishi bilan bir qatorda xozirgi davr o’zbek nazariyotchi va amaliyotchi psixolog olimlari hamda tadqiqotchilarning ham diqqat markazidagi muammolardandir. Keyingi yillarda mazkur ilmiy muammolarga nisbatan qiziqish yanada kuchayib bormoqda. Bunga ishonch hosil qilish uchun psixolog olimlar tomonidan amalga oshirilgan izlanishlarga qisqacha to‘xtalib o‘tish o‘rinlidir. Respublikada keyingi ko‘p yillar davomida M.G.Davletshin rahbarligida ushbu muammo yangicha ilmiy asosda talqin qilinib, keng ko‘lamda o‘rganilmoqda. M.G.Davletshinning ilmiy qarashlari bo‘yicha,11 O‘zbekistonning kelajagi bo‘lgan yoshlar har xil sohaning mazmuniga o‘zi ongli ravishda yondashuvi orqali mumkin qadar ertaroq, shu soha bo‘yicha to‘g‘ri va oqilona tasavvurlarga ega bo‘lishi mumkin. M.G.Davletshin konsepsiyasidan kelib chiqqan holda, olib borilgan tadqiqotlardan biri A.K.Saitovaning o‘smir yoshdagi talabalarning o‘qish motivlarini va qadriyatlarini o‘rganishga va tahlil etishga bag‘ishlangan ilmiy ishidir.12 Mazkur tadqiqotda muallif, o‘smir yoshining xususiyatlariga tayangan holda, bir qator xulosalarga kelgan : o‘smirlar o‘quv faoliyatida potensial hisoblangan motiv o‘z-o‘zini namoyon qilish motividir; o‘quv faoliyati bilan bog‘liq qadriyatlarni anglash - o‘smir talabalarda o‘z-o‘zini takomillashtirishga va amalga oshirishga undaydi, bu esa o‘quv faoliyati bilan bog‘liqdir. Shuningdek, olim, psixolog V.A.Tokarevaning kichik maktab yoshidagi bolalarda ijtimoiy burchning shakllanish psixologiyasiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlarida o’smirlar o‘quv faoliyati va xulq-atvor motivlarini o‘rganishga katta e’tibor berilgan.13 Muallif o’smirlar ongida o‘tkazilgan o‘quv-tarbiyaviy ishlar natijasida yuz bergan o‘zgarishlar vositasida o‘quv faoliyati motivlaridagi o‘zgarishlarni aniqlashga intilgan. Yana bir psixolog olim A.A.Fayzullayev esa, motivatsion jarayonni bosqichma-bosqich tahlil qilishni o’z ilmiy tadqiqotlarida taklif qilgan.Shu qatorida boshqa olimlar ham motivatsion jarayonni shu nuqtai-nazardan turib tahlil qilgan bo’lib, ular maqsadning shakllantirishini vaqt jihatdan ma’lum bo‘laklarga bo‘lingan jarayon sifatida talqin qiladilar. A.A.Fayzullayev o’smirlar qatlamida tadbiq etiladigan motivatsion jarayonni beshta bosqichga bo‘lib o‘rganadi.14 Quyida mana shu jarayonning bosqichlari aks ettirilgan sxema keltiriladi: Motivatsion jarayonning bosqichlari (A.A. Fayzullayev bo‘yicha) Bosqichlar: I qo‘zg‘alishning anglanishi; II motivning qabul qilinishi; III motivning hayotga tadbiq qilinishi; IV motivning mustahkamlanishi; V qo‘zg‘alishning faollashuvi. 1, 2, 3, 4, 5 – bir bosqichdan boshqasiga o‘tishda paydo bo‘ladigan motivatsion kritik holatlar. Motivatsion tuzilmalar: A - anglanmagan qo‘zg‘alish V - qo‘zg‘alishni anglash S - qabul qilingan motiv D - amalga oshirilayotgan motiv E - potensial tendensiyalarning kengayish yo‘li, zigzag ko‘rinishidagi chiziqlar – motivatsion krizislarning paydo bo‘lishi yo‘li, qo‘shilgan gorizontal chiziqlardagi (x) belgilari - motivatsion tuzilmalarning shakllanishi bosqichlari blokirovkasi. Bulardan ko‘rinib turganidek, A.A.Fayzullayev motivatsion jarayonni beshta bosqichga bo‘ladi. Birinchi bosqich - qo‘zg‘alishning paydo bo‘lishi va anglanishi. Qo‘zg‘alishning to‘liq anglanishi qo‘zg‘atishni qanday predmet chaqirganligini anglash bilan hamda mazkur harakatni amalga oshirishning usullari va natijasini tushunib yetish bilan belgilanadi. Muallifning ta’kidlashicha, qo‘zg‘alishning anglanishi sifatida ehtiyojlarni, mayllarni, intilishlarni, umuman psixik hayotning har qanday hodisasini ko‘rish mumkin. Ikkinchi bosqich – «motivning qabul qilinishi» deb ataladi. Muallif buni qo‘zg‘alishning ichki jihatdan qabul qilinishi bilan tushuntiradi. Bu bosqichda odam o‘zining ahloqiy tamoyillari, qadriyatlari va boshqalarni tahlil qilib ko‘rib, paydo bo‘lgan ehtiyoj, mayl uning hayoti uchun naqadar muhimligi, ularni qondirish kerakmi-yo‘qligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Uchinchi bosqich – bu motivning amalga oshirilishi bosqichi bo‘lib, bu jarayon davomida konkret vaziyatlarga va motivning bajarilishiga bog‘liq holda motivning psixologik mazmuniy o‘zgarishi mumkin. To‘rtinchi bosqich – motivning mustahkamlanishi hisoblanib, bu bosqich natijasida motiv xarakter belgisiga aylanadi. So‘nggi bosqich potensial qo‘zg‘alishning faollashuvi bo‘lib, bu holatda xarakterning ma’lum belgisi anglangan va anglanmagan holda yuzaga chiqadi. A.A.Fayzullayevning motivatsion jarayonni bosqichlarga bo‘lib o‘rganishi psixologik tahlilni osonlashtirishi va ma’lum ma’noda bu jarayonni boshqarish imkoniyatini orttirishi bilan qimmatlidir. Olimning ilmiy tadqiqotlarida shaxsning motivatsion o‘z-o‘zini boshqarishning turli-tuman omillari ham aniqlangan va ko‘rib chiqilgan. Bu omillar shaxs motivatsiyasining xususiyatlariga, motivatsion boshqarish sharoitlariga, ushbu boshqarishni amalga oshirish usullari va natijalariga tegishlidir. Bundan tashqari, motivatsion tuzilmalarning shaxs tomonidan ob’ektivlashtirish, shaxsning o‘z motivatsiyasini boshqarishdagi turli psixologik strategiya va usullari masalalari ham aniqlab berilgan. Shaxsning hayot-faoliyatida motivatsion o‘z-o‘zini boshqarishning boshqa bir qancha sohalari ham o‘rganilgan. Bizning fikrimizcha, shaxs motivatsion o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmlarining tahlili, talabalarning o‘qish faoliyatidagi motivlarini diagnostika qilish va korreksiyalashda, o‘z-o‘zini takomillashtirish ishida amaliy yordam berishi mumkin. E.G‘.G‘oziyev tadqiqotlarida esa, o’smirlarning xulq-atvor motivatsiyasi shakllanishida o‘smir talabalarning o‘quv faoliyatini boshqarish xususiyatlari, o‘quv faoliyatini rejalashtirish, o‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘z-o‘zini baholash jihatlari muhimligi haqida mulohaza yuritiladi.15 Tadqiqotchi o‘quv faoliyatini boshqarishning diagnostik metodini ishlab chiqib, psixologiya fanining kam o‘rganilgan sohalaridan biri bo‘lgan o‘qish faoliyatini boshqarish muammosining nazariy va amaliy (empirik) tomonilarini yoritib berdi. Yana mazkur tadqiqotlarda o‘qish va o‘qitish jarayoni uchun tavsiyanoma ishlab chiqilgan va o‘z-o‘zini anglash bosqichlari to‘g‘risida ma’lumot berilgan. O’smirlarning o’quv faoliyati va xulq-atvor motivatsiyasi xususida E.Z.Usmonova tomonidan ilgari surilgan ilmiy qarashlar ahamiyatlidir. Olimaning ilmiy tadqiqotlarida talabalarning o‘quv faoliyati jarayonidagi qarama-qarshilik, motivatsiya, ijod va shaxs muammolari o‘rganilgan. Tadqiqot davomida ikki asosiy motivatsiya toifasining munosibligini tushunish muhim bo‘lgan: muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasini, odatda, tashqi motivatsiyaga kiritishadi, tadqiqot bilish motivatsiyasini esa ichki motivatsiyaga mansub deyishadi. Nafaqat muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasining mavjudligi, balki tadqiqot ichki motivatsiyasining mavjudligi ijodiy o‘sish va shaxsning shakllanishi uchun zaruriy sharoit yaratib beradi, deb ta’kidlaydi. O‘zbekistonda olib borilgan qator ilmiy ishlar hozirgi zamon talabiga javob bera olsa ham, lekin biz o‘rganayotgan masalani o‘z ichiga to‘la qamrab ololmagan, ya’ni talabalarning o‘qish motivlari shu paytgacha faqat shahar maktablari misolida o‘rganilgan. Xuddi shuning uchun qishloq maktabi talabalarning psixologik xususiyatlarini o‘rganish yana dolzarb muammo sifatida kun tartibiga kiradi. Inson tafakkurini va ularning insonparvarlik qadriyatlariga munosabatini tubdan o‘zgartirish uchun ularda o’smir xulq-atvori motivatsiyasini rivojlantirish muhim ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida o‘rganilishini taqoza etadi. Binobarin, insonning sog‘lom tafakkuri, mustahkam iroda va e’tiqodi, halollik va adolat bilan hayot kechirishi, inson va ijtimoiy hayotga xos barcha xislat, fazilat, xususiyatlarga ega bo‘lish, unga amal qilish kabi ma’naviy boylik majmui bo‘lib hisoblanadi Download 148.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling