D. Q. Usmanova


Download 3.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/127
Sana21.07.2023
Hajmi3.15 Mb.
#1661570
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   127
Bog'liq
1. Buxgalteriya xisobi

 Aksiz solig‘i hisobi. Aksiz solig‘i sof daromad narxida va qo‘shilgan qiymat 
solig‘iga tortiladigan bazada hisobga olinadigan, bilvosita soliq sifatida byudjetga 
to‘lanadigan soliqdir. 
Aksiz solig‘i Soliq kodeksining 229 - 241 moddalari bo‘yicha tartibga 
solinadi va aksiz solig‘i to‘lovchilari bo‘lib; 
− O‘zbekiston Respublikasi hududida aksiz solig‘i solinadigan tovarlarni (aksiz 
to‘lanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar; 
− O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aksiz to‘lanadigan tovarlarni 
import qiluvchilar;
− oddiy shirkat aksiz to‘lanadigan tovar ishlab chiqargan taqdirda, oddiy shirkat 
shartnomasining oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan sherigi 
(ishtirokchisi). 


317 
− Aksiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari bo‘yicha aksiz to‘lanadigan 
tovarlar ishlab chiqaruvchi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining qaroriga binoan aksiz solig‘ini to‘lovchi etib belgilanishi 
mumkin. 
Aksiz solig‘ining stavkalari mutlaq summada (qat’iy) belgilangan aksiz 
to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha soliq solinadigan baza aksiz to‘lanadigan 
tovarlarning naturada ifodalangan hajmi asosida aniqlanadi.
Sotilish qiymatiga: 
D-t 5110-"Hisob-kitob schyoti" schyoti; 
K-t 9010-"Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromadlar" schyoti. 
Aksiz solig‘i qiymatiga: 
D-t 9010-"Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromadlar" schyoti. 
K-t 6410-"Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik" schyoti. 
Aksiz solig‘i byudjetga o‘tkazilganda: 
D-t 6410-"Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik" schyoti. 
D-t 5110-"Hisob-kitob schyoti" schyoti. 
Foyda solig‘ining hisobi. Hisobot davri tugagach yilik moliyaviy hisobot 
tuzishda 9810 «Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar» va 9820 «Foydadan hisoblangan 
boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar» schyotlarining debetida hisobga 
olingan soliqlar summasi 9910 «YAkuniy moliyaviy natija» schyotining debetiga 
o‘tkaziladi: D-t 9910 «YAkuniy moliyaviy natija», K-t 9810 «Foyda solig‘i 
bo‘yicha xarajatlar» va 9820 «Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig‘imlar 
bo‘yicha xarajatlar» schyotlari. 
Demak, foyda solig‘ini to‘lagunga qadar foyda (zarar) summasidan foyda 
solig‘ini (9810-schyoti) va foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig‘imlar 
(9820-schyoti) summasini ayrib tashlagandan so‘ng hisobot davrining sof foydasi 
(zarari) chiqadi va u moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-sonli shakl)ning 
270-satrida ko‘rsatiladi. 
Sub’ektlar o‘zining faoliyati jarayonida Soliq kodeksiga asosan belgilangan 
soliqlar bo‘yicha yil davomida o‘rnatilgan grafikka asosan soliqlar bo‘yicha bo‘nak 


318 
summalarini to‘lab boradilar. Ushbu to‘langan bo‘naklar yilning ohirida yakuniy 
moliyaviy natijalarga olib boriladi va quyidagi schyotlarda hisoblanadi. 
• 9810- Foyda solig‘i bo‘yicha sarflar. 
• 9820- Foyda hisobidan ajratmalar bo‘yicha sarflar. 
9810- Foyda solig‘i bo‘yicha sarflar, 9820- Foyda hisobidan ajratmalar 
bo‘yicha sarflar schyotlarining debeti yil davomida to‘langan soliqlar, yig‘imlar va 
byudjetga boshqa ajratmalar hisobga olinadi. Ushbu schyotlardagi summalar 9910- 
yakuniy moliyaviy natija schyotining debeti bilan yopiladi (Debet 9910 va Kredit 
9800). 

Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling