D. Q. Usmanova


Download 3.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/127
Sana21.07.2023
Hajmi3.15 Mb.
#1661570
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   127
Bog'liq
1. Buxgalteriya xisobi

 
 
 
 
 


311 
12-
 
Mavzu. SOLIQLAR VA BOSHQA MAJBURIY TO‘LOVLAR HISOBI 
Reja: 
12.1. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar turlari hamda hisobga olish 
vazifalari 
12.2. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisobga olish 
a) bevosita va bilvosita soliqlar hisobi 
b) mol-mulk va resurs soliqlar hisobi 
v) kichik biznes sub’ektlari tomonidan to‘lanadigan soliqlar va 
majburiy to‘lovlar hisobi 
 
12.1. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar turlari hamda hisobga olish 
vazifalari 
Soliqlar – bu jismoniy va yuridik shaxslar daromadlari hamda mulklaridan 
ma’lum (qonunda belgilangan) bir qismini davlatning moliyaviy imkoniyatini 
ta’minlash maqsadida majburiylik, qaytarmaslik, davlat majburlovini qo‘llashlik 
asosida byudjetga o‘tkazishning birdan-bir qonuniy usulidir.
Soliqlar milliy daromadni davlat tasarrufiga olishning eng muhim vositasiga 
aylangani sababli, ular makroiqtisodiyotni tartibga solishda borgan sari muhimroq 
rol o‘ynamoqdaki, YAMM umumiy hajmida soliq tushumlari salmog‘ining 
ko‘payishi buning ko‘rsatkichi hisoblanadi. 
Soliqlarni tasniflash - soliqlarni muayyan xarakterli belgilari, ya’ni ularni 
undirish usullari, qo‘llaniladigan stavkalar turi, soliq imtiyozlari va hokazolar 
bo‘yicha guruhlashdir.
Soliqlarni turlari bo‘yicha tasniflashga bir necha belgilar asos qilib olingan. 
Halqaro amaliyotda ikkita asosiy tasnif guruhlari qabul qilingan-bevosita va 
bilvosita soliqlar. Ushbu guruhlar soliq solish ob’ektiga va to‘lovchi bilan davlat 
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga bog‘liqdir. 
Ushbu fan bevosida O`zbekiston Respublikasi soliq kodeksi bilan 
chambarchas bog`liq holda olib boriladi.
47
47
http://www.uzkitob.uz 


312 

Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling