D. S. Fli bolalar reabilitasiyasi


Rivojlanishida nuqsoni bor bolalarning tibbiy reabilitatsiyasini


Download 288.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana05.05.2023
Hajmi288.31 Kb.
#1427438
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-мавзу

Rivojlanishida nuqsoni bor bolalarning tibbiy reabilitatsiyasini
amalga oshirishda erta namoyon bо‘lgan serebral kamchiliklarning terapiyasi 
о‘tkaziladi: fizioterapiya, fitoterapiya, psixoterapiya,davolovchi jismoniy 
tarbiya, umumsog‘lomlashtiruvchi davolanishlar.Xayot faoliyati imkoniyatlari 
cheklangan shaxslarning tibbiy reabilitatsiyasining asosiy vazifalari quyidagilar 
hisoblanadi:profilaktikani 
takomillashtirish; 
bolalar 
rivojlanishidagi 
nuqsonlarning erta namoyon bо‘lishi va diagnostikasi; abilitatsiya va 
reabilitatsiya tadbirlarini takomillashtirish; tibbiy va korreksion ta’limiy 
jarayonlarning hamkorligi sifatini oshirish. 
Psixologik reabilitatsiya jarayonida rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan 
bolaning ruhiy xolati о‘rganiladi; kasallikni keltirib chiqaradigan birlamchi va 
ikkilamchi nuqsonlar aniqlanadi, bunda kasallik natijasida nuqsonli rivojlanish 
bо‘ladi;bolalar va о‘smirlar psixik rivojlanishidagi nuqsonlar, shaxsiy
xususiyatlarning buzilishi belgilari bartaraf etiladi. 
Pedagogik reabilitatsiya maxsus ta’lim va tarbiya jarayonida, 
rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni pedagogik qо‘llab quvvatlash
jarayonida amalga oshiriladi.Rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar va 
о‘smirlar maxsus ta’limi tizimiga maktabgacha, umumiy va kasbiy ta’lim kiradi, 
bunda imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun maxsus sharoitlar yaratiladi. 
Kompleks reabilitatsion tadbirlar pedagogik va ijtimoiy qarovsizlikni 
bartaraf etish, kasbga tо‘g‘ri yо‘naltirish rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar
va о‘smirlarning intelektual, sensor,nutqiy, shaxsiy xususiyatlarni, 


imkoniyatlarini xisobga olib о‘tkaziladi, bu ularning xayotga moslashishiga 
shart-sharoitlar yaratadi (ijtimoiy reabilitatsiya ) 
Ijtimoiy, tibbiy,psixologo-pedagogik reabilitatsiya faoliyati tizimli, doimiy va 
izchil bо‘lishi kerak va reabilitatsion ishlarning asosiy prinsiplariga tayanishi 
kerak: 
-ketma-ketlilik prinsipi reabilitatsiya ishini doimiy intensiv о‘sishda olib
borishni,bir reabilitatsiya turidan boshqasiga о‘tish imkonini beradi; 
-dialektika birligi prinsipi faqatgina izchillik uchun emas, balki bir vaqtning 
о‘zida tibbiy , ijtimoiy , psixologo-pedagogik reabilitatsiyani birga olib borish 
uchun imkoniyat yaratadi. 
-Har tomonlamalik prinsipi reabilitatsiya jarayonining kо‘p yо‘nalishligini 
xisobga oladi, oilaviy -turmush, madaniy-oqartuv, kasbiy va reabilitatsion 
ishlarning boshqa soxalarini birga qо‘shib olib borishni xisobga oladi; 
-Hamkorlik prinsipi rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bola yoki о‘smirni faol 
korreksion reabilitatsion jarayonga jalb qilishni, uning ijtimoiy psixologik
xolatini tiklash va jamiyatga integratsiyalash maqsadida uni obyektdan 
reabilitatsiya subyektiga aylantirishni nazarda tutadi. 
Korreksion pedagogikaning eng dolzarb muammolaridan biri- bolalarda 
nuqsonni 
korreksiyalashdan, 
ularning 
tibbiy-psixologo-pedagogik
reabilitatsiyaga о‘tish varivojlanishda nuqsoni bо‘lgan bolalar va о‘smirlarni 
ularning ruxiy va jismoniy imkoniyatlari darajasini xisobga olib ijtimoiy xayotga 
moslashtirish xisoblanadi. Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy adaptatsiya 
nuqtai nazaridan eng muammoli guruxlardan biri xisoblanadi.Ularning 
moslashish imkoniyatlari ruxiy va jismoniy sog‘lig‘idagi kamchiliklar natijasida, 
ijtimoiy tajribaning cheklanganligi, ba’zida esa yomon oilaviy-iqtisodiy vaziyat 
natijasida pasaygan bо‘ladi. 
Zamonaviy sivilizatsiyalashgan jamiyatning insonparvarlik qadriyatlari 
rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan xar bir bolaga yaxshi xayot kechirishi 
imkoniyatini berishini talab qiladi.Bu yо‘ldagi tо‘siqlardan biri ijtimoiy


moslashishdagi qiyinchiliklar xisoblanadi, qaysiki rivojlanishida nuqsoni
bо‘lgan xar bir bola buni boshidan kechiradi.Bolalarda nogironlik adaptatsiya 
mexanizmining 
shakllanishi 
va 
adaptatsiya 
jarayonining 
borishini 
qiyinlashtiradigan omil bо‘lib xisoblanadi. 
N.I.Xvorostyanovaning 
(2001) 
ta’kidlashicha,nogiron 
bolaning 
moslashish imkoniyatlari quyidagi xolatlarni susaytiradi: 
1.Jismoniy rivojlanishidagi kamchiliklar. Nogiron bolalar tо‘g‘ridan-
tо‘g‘ri ularning nogironligiga bog‘liq bо‘lmagan kasalliklar bilan 
kasallanadi.Jismoniy sog‘liqning kamchiligi (nutqning,eshitishning,umumiy 
motorikaning buzilishi) muloqot uchun jismoniy imkoniyatlarni cheklaydi. 
2.Muloqat uchun psixologik imkoniyatlarning yetishmasligi. Yopiq 
muassasa sharoitida yoki yomon oilaviy sharoitda tarbiyalanadi, uyda о‘qitish, 
tengdoshlarining extiyotkorona munosabati, kattalar tomonidan mulozamatlar 
bolalar shaxsiyatining ruxiy va ijtimoiy infantil bо‘lib shakllanishiga imkon 
beradi. 
3.Nogiron bolalarning maxsus extiyojlarini qondirish uchun kerakli 
moddiy vositalarning yetishmasligi ( eshitish apparati, maxsus moslamalar) 
shuningdek jamiyatning arxitektura va psixologik baryerlari nogiron bolaning
ijtimoiy moslashish imkoniyatlarini sezilarli darajada cheklaydi. 
Nogiron bolalarning о‘zlarining yoshlariga mos faoliyatda ( о‘yin, о‘qish, 
mexnat, kommunikativ) qatnashish imkoniyatlarining cheklanganligi bolani 
ijtimoiy adaptatsiya bazasidan maxrum qiladi. Ota-onalar va jamiyat bunday 
bolalarning adaptatsiya xolatlarida qatnashishlaridan saqlashga xarakat qiladi, 
bu esa adaptatsiya mexanizmining shakllanishi va mustaxkamlanishiga imkon 
bermaydi va bola shaxsiyatining rivojlanishini tо‘xtatadi. 
Turli xil psixologik nuqsonlar va buzilishlar-mustaqillikning 
cheklanganligi, о‘zining yoshiga mos biron-bir faoliyat bilan shug‘ullanish 
qobiliyatining buzilishi-bularning barchasi tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri va bevosita nogiron 
bolalarning ijtimoiy adaptatsiyasini va jamiyatga integratsiyalashuvini 


qiyinlashtiradi.Bunday kategoriyadagi bolalar ijtimoiy adaptatsiyasining о‘ziga 
xosligi ularda ijtimoiy yetishmovchilikning mavjudligi bilan bog‘liq. 
Ijtimoiy muxitga moslashishi uchun faoliyat turlarini egallash imkonining
yо‘qligi, ijtimoiy rol, xulq-atvor normalari va qoidalarini egallash imkonining 
yо‘qligi kabi xolatlar ijtimoiy yetishmovchilik xolatini yuzaga keltiradi, bu esa 
nogiron bolaning ijtimoiy kamchiliklarining asosiy sabablaridan xisoblanadi. 
Ijtimoiy yetishmovchilik tushunchasiga quyidagilar kiradi: 
-о‘z-о‘ziga xizmat qilish qobiliyatining cheklanganligi; 
-Jismoniy mustaqillikning cheklanganligi ; 
-О‘zini jamiyatda adekvat tutish qobiliyatining cheklanganligi ; 
-Yoshiga mos faoliyat bilan shug‘ullanish qobiliyatining cheklanganligi
-Iqtisodiy mustaqillikni cheklanganligi; 
-Kasbiy faoliyatga qobiliyatining cheklanganligi; 
-Jamiyatda interatsiyalashish qobiliyatining cheklanganligi: 
N.I.Xvorostyanova insonning adaptiv potensialini ijtimoiy xayotning 
о‘zgarib turadigan sharoitlarga moslashishga yordam beradigan jismoniy ruxiy 
imkoniyatlarining majmui sifatida, aqliy va kommunikativ qobiliyatlar, shaxsiy 
sifatlar, ijtimoiy bilim va kо‘nikmalarning majmui sifatida ajratib kо‘rsatib 
beradi. 
Ijtimoiy adaptatsiyaga qobiliyatni rivojlantirish,ijtimoiy tajriba,albatta, 
xayotga moslashish imkoniyatini kengaytiradi.Bola nerv sistemasining 
mustaxkamligi bu imkoniyatni oshiradi. Bunda bolaning adaptatsiya
imkoniyatlarida ishga xos xususiyatlar va tanqidiy davrlar paydo bо‘ladi, bular 
kommunikativ munosabatlarining rivojlanish bosqichlari va ma’lumotlarini bola 
miyasidan qayta ishlab chiqish qobiliyatini rivojlantirish bosqilari bilan 
mikrosotsial muxit sharoitlarida namoyon qilinadigan xulq shakllari ilk 
adaptatsiya holati xisoblanadi. Bu sharoitlarning о‘zgarishi , masalan: bog‘chaga 
borish , turar-joyning almashishi, oilaning barbod bо‘lishi, keyingi bolaning 
tug‘ilishi, xulq -atvorning о‘zgarishini talab qiladi, moddiy muxitda xam shaxsiy 


munosabatlarda ham. Turli yosh davrlarida turli xil darajadagi murakkab 
muammolar yuzaga keladi. 
Bunday muammolar zо‘riqish, vahima,emotsional stress holatlarini
chaqiradi, ya’ni keskin ijtimoiy adaptatsiya holatini yuzaga keltiradi. 
Bu zо‘riqish yengil ijtimoiy adaptatsiyaning yangi darajasi shakllanishi , 
yoki adaptiv potensialning о‘sishi yoki stressdan distress xolatiga о‘tishi bilan 
tugashi mumkin. 
N.I.Xvorostyanovaning fikricha, bolaning adaptiv potensiali quyidagilarga 
bog‘liq: 
-bolaning jismoniy va ruxiy sog‘lig‘i; 
-atrof-muhitga , boshqa odamlar va о‘ziga adekvat munosabatda bо‘lish 
qobiliyatining shakllanganligi; 
-adaptatsiya tajribasi va muvaffaqiyati; 
-bolada adaptatsiya xavfsizligi zonasining bо‘lishiga , bola о‘zi moslashgan 
kichik muhitning bо‘lishiga bog‘liq.Aniqlanishicha, о‘zlarining oilaviy 
sharoitiga yaxshi moslashgan bolalar bog‘chaga borishni yengil boshidan 
kechiradilar. 
Adaptiv potensial juda ham о‘zgaruvchan, u biologik sabablar( sog‘liqning 
holati , yoshi), shuningdek ijtimoiy sabablar (oila va ijtimoiy muxitning 
adaptatsiya tajribasi va muvaffaqiyati) tufayli о‘zgarishi mumkin. Maxsus 
о‘tkazilgan tadqiqod natijasida shu narsa ma’lum bо‘ldiki, adaptiv о‘zgarishlar 
sog‘lom va nogiron bolalar xulqida о‘xshash,xar ikkala holatda ham kо‘proq 
bolalarning faolligi buziladi, ikkinchi о‘rinda muloqatga kirishish, keyin esa 
kayfiyat va о‘zini his qilish kо‘rsatkichlari buziladi. Shu tarzda nogiron bolalar 
adaptatsiyasi sog‘lom bolalar adaptatsiyasidan kelib chiqadi, ya’ni umumiy 
adaptatsiya mexanizmi ramkasida bо‘ladi. 
Biroq nogiron bolalarning yuqorida yozilgan kо‘rsatkichlari faqatgina
sog‘lom bolalar kо‘rsatkichlaridan emas , balki sog‘lig‘i susaygan bolalar 


kо‘rsatkichlaridan ham yomon. Nogiron bolalarda eng yomon kо‘rsatkich 
kayfiyatning AP(adaptiv pasayishi)-33%,о‘zini his qilish AP-20%. 
AP kompleks kо‘rsatkichi (AP=О‘AP+KAP+FAP+MAP-Adaptiv pasayish-
о‘zini xis qilishining adaptiv pasayishi, kayfiyatning,faollikning, muloqotga 
kirishuvchanlikning adaptiv pasayishi summaliga teng)dan bolaning adaptiv 
imkoniyatlarini baxolash mumkin. 
AP qachalik yuqori bо‘lsa, bolaning adaptatsiya imkoniyati shunchalik 
kam bо‘ladi. Bundan kelib chiqib, quyidagi formulani chiqarish mumkin; 
𝐴𝐼(𝑎𝑑𝑎𝑝𝑡𝑖𝑣 𝑖𝑚𝑘𝑜𝑛𝑖𝑦𝑎𝑡 ) =
100%
FAP + MAP + KAP + О‘AP
bu yerda FAP-faollikning adaptiv pasayishi. 
MAP-muloqotga kirishuvchanlikning adaptiv pasayishi. 
KAP-kayfiyatning adaptiv pasayishi. 
О‘AP- о‘zini his qilishning adaptiv pasayishi. 
Agar AP=O holita bо‘lsa , AI cheksizlikk intiladi. 
Ushbu formula nogiron bolaning adaptatsiya imkoniyatlarini baholash 
imkonini beradi, bu kam adaptatsiyalashgan va yuqori adaptatsiyalashgan bolalar
guruhini aniqlash imkonini beradi va ular uchun reabilitatsion tadbirlarni yuqori 
darajada rejalashtirish imkonini beradi. Oxirgi yillarda nazariy asosini 
L.S.Vigotskiy va V.P.Kashenkolar ishlab chiqqan davolovchi pedagogika
rivojlanmoqda. 
YE.M.Mastyukova (1997) davolovchi pedagogikani ogohlantirish, 
rivojlanishdagi turli xil nuqsonlarni, ruhiy asab somatik buzilishlarini davolash 
va korreksiyalash maqsadiga ega bо‘lgan davolov-pedagogik tadbir tizimi 
sifatida kо‘rib chiqadi. 
Davolovchi pedagogikaning vazifalariga quyidagilar kiradi: bolalarning 
aqliy va jismoniy rivojlanishini yaxshilash, rivojlanishdagi nuqsonlarni 
korreksiyalash 
(ruhiy 
rivojlanishi 
,xulq-atvori, 
nutqining 
orqada 
qolishi,motorikaning, muloqot va boshqa funksiyalarning buzilishi) bolaning har 


tomonlama rivojlanishi,uning cheklangan imkoniyatlari bilan hisobga 
olib.Davolovchi pedagogikaning muhim vazifalaridan maxsus individual va 
guruhli metodlarni va bolalarda buzilgan funksiyalarni korreksiyalash dasturini, 
oilaviy tarbiya, oilaviy psixoterapiya dasturini ishlab chiqish hisoblanadi. 
Davolovchi pedagogikaning asosiy prinsiplari quyidagilar hisoblanadi; 
davolash vapedagogik jarayonlarning birligi; har bir bolaga uning 
rivojlanishining spetsifik strukturasini, sog‘liqning umumiy holati , yoshi, 
saqlangan ruhiy-asab funksiyalari va shaxsiyatining ijobiy xususiyatlarini 
hisobga olib individual yondashishning zaruriyligi; rivojlanishida nuqsoni 
bо‘lgan bolalarga beriladigan talablar va vazifalar ularning sog‘lig‘ining holati , 
ruhiy va jismoniy imkoniyatlarga muvofiq bо‘lishi. 
Erta boshlangan va tizimli rivojlanishda olib borilgan ta’lim va davolov-
korreksion tadbirlar imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy adaptatsiyasiga 
imkon beradi. 
Bolalarni rivojlantirish va о‘qitishning о‘ziga xos xususiyatlari bо‘lishiga 
qaramay ba’zi bir umumiy qiyinchiliklar va buzilgan ruhiy-asab rivojlanishining 
qonuniyligi aniqlanadi.Bu birinchi о‘rinda past aqliy ish qobiliyat, diqqat, xotira 
konsentratsiyasining yetishmasligi, nutqiy orqada qolish, hissiy irodaviy 
sferaning yetilmaganligi, atof-muhit haqidagi tasavvurlar va bilimlar zapasining 
cheklanganligi, motor funksiyalarning yetarlicha rivojlanmaganligi, fazoviy 
tasavvurlarning rivojlanishida orqada qolishi. 
Kо‘pchilik rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar uchun qiziqishlarni 
bildirishning yetarlicha emasligi, sensor va nutqiy informatsiyani qabul qilish va 
qayta ishlab chiqish buzilishi xosdir. 
Rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalarning keyingi rivojlanishida 
faqatgini anomal rivojlanishining xarakteri emas, balki davolov-korreksion va 
rivojlantiruvchi tadbirlarning boshlanish vaqti katta axamiyatga ega. Xozirgi 
vaqtda shu narsa aniqlandiki, erta boshlangan va о‘tkazilgan tizimli davolov - 


pedagogik korreksion tadbirlar bolalarning yaxshi rivojlanishiga , о‘qishiga va 
ijtimoiy adaptatsiyaga ma’lum darajada yordam berishi mumkin. 
Rivojlanishida nuqsoni bor bolalar bilan tibbiy-psixologo-pedagogik va 
korreksion tadbirlarni о‘tkazishda quyidagi asosiy prinsiplarga rioya qilishlari 
muximdir. 
1. Bolalar xuquqlari haqidagi Konvensiyada mustahkamlangan bolalar
xuquqlariga rioya qilishdan kelib chiqib, shaxsiyati, aqliy a jismoniy
qobiliyatlrni rivojlantirishni kо‘rib chiqadigan bolalarning ta’lim olishga 
xuquqlarini amalga oshirishga intilish, shuningdek, rivojlanishida nuqsoni
bо‘lgan bolalarning xuquqlarini ularning individualligini saqlagan holda amalga 
oshirish. 
2.Korreksion -rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarda barcha bolalarni , shu 
о‘rinda rivojlanishida kо‘pgina nuqsonlari bor bolalarni ham kiritish, bu ularning 
xar birining rivojlanishining va korreksiyasining individual dasturini ishlab 
chiqqan xolda amalga oshiriladi. 
3.Bolaning rivojlanish dinamikasini baholashda boshqa bolalar bilan 
taqqoslamaslik, ularni oldingi rivojlanish bosqichlardagi kо‘rsatkichlari bilan 
taqqoslash. 
4.Bola uchun dо‘stona atmosferani yaratish, psixologik xavfsizlik hissini 
shakllantirish , bolaga uning rivojlanishidagi qiyinchiliklar va muammolarning
о‘ziga xosligini tushungan xolda munosabatda bо‘lishi har bir bolani , ularning
psixik va shaxsiy rivojlanishidagi ijobiy tomonlarni topishga intilish, bunga 
pedagogik ishda erishiladi. 
5. Bolaning rivojlanish dinamikasini tо‘g‘ri va insonparvarona baholab, 
uning rivojlanishi va ijtimoiy adaptatsiyasining keyingi imkoniyatlarini aniq 
tasavvur qilish. 
6.Barcha bolalarga, shu о‘rinda jismoniy sustlashgan, ta’sirchan bolalarga 
bir xil va sabr -toqat bilan munosabatda bо‘lish. 


7.Xar bir bola aqliy va jismoniy faoliyati gigiyenasini tо‘g‘ri tashkil qilish 
bо‘yicha dastur ishlab chiqish, bu bolalarning tez toliqishini ogohlantirishga va 
bolani aniq kun tartibiga о‘rgatishga yо‘naltirilgan. 
8.Mutaxassislar kasbiy axloq qoidalariga rioya qilishlari kerak. Xar bir 
bolaning diagnozi va prognozi mutaxassislarning kasbiy siri predmeti bо‘lishi 
kerak. 
9.Bolalarning aqliy va xissiy rivojlanishini ularning psixik xolatlari 
xursandlik, xotirjamligiga tayangan xolda stimullashtirish.Bolaning individual 
qobiliyatlari va qiziqishlarini rivojlantirish. 
10.Doimiy va tizimli ravishda bolani о‘z qilgan ishlarini mustaqil 
baholashga о‘rgatish. 
11. Bolaga о‘xshash shaotlarda kerali faoliyat turlaridan foydalanish 
malakalarini sabr bilan о‘rgatish , bunga bir faoliyat turidan boshqasiga о‘tish, 
topshiriqni bajarishda ijodkorlik va ixtirochilikni stimullashtirish kiradi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan korreksion ishlarni olib borish 
jarayonida turli xil faoliyat turlariga tayangan xolda muxim, asosiy usullar va 
metodlardan foydalanish kerak: о‘yin, elementar mexnat va faolyatning barcha 
samarali turlaridan foydalanish kerak, lekin asosiy e’tibor rivojlanishning ushbu
yosh bosqichining bosh faoliyati sifatida о‘yinga asosiy e’tibor beriladi. 
Rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalarga tibbiy-pedagogik yordamni 
tashkil etishni shartli ravishda 3 bosqichga bо‘lish kerak: 
Birinchi bosqich bu markaziy nerv sistemasi jaroxatlangan ilk yoshdagi 
bolalarga maxsus yordamni tashkil etish. Yordam tug‘ruqxonada bо‘lishdan 
boshlanadi va maxsuslashtirilgan statsionarlarda va yangi tug‘ilgan chaqoloqlar 
shifoxonalardagi bо‘limlarda davom etadi, keyinchalik ambulator sharoitlarda 
bolalar 
nevropatologi 
yoki 
psixatri 
kuzatuvi 
ostida, 
shuningdek
maxsuslashtirilgan bolalar yaslilarida va bolalarning uyida davom ettiriladi. 


Bosqichda asosiy e’tibor tibbiy yordamga va kompleks davolov-
korreksion tadbirlarga qaratiladi, bu nuqsonlarni bartaraf etish va psixomotor 
rivojlanishidagi ikkilamchi nuqsonlarni ogoxlantirishga yо‘naltirilgan bо‘ladi. 
Ikkinchi bosqichda maxsuslashtirilgan yordam rivojlanishida nuqsoni
bо‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarga maxsuslashtirilgan statsionarlar, 
sanatoriyalar, bolalar bog‘chalari,bolalar uylarida, rayon poliklinikalarida va 
psixonevrologik dispanserlarda beriladi.Bolalar bog‘chalari va bolalar uylariga 
yо‘llanma 
berish tuman, viloyat,shaxar psixologo-tibbiy-pedagogik
konsultatsiya 
yordamida 
о‘zlarining 
bolalarini 
nevropatolog 
yoki 
psixonevropatolog va boshqa mutaxassislar tavsiyasi bilan olib keladi. 
Davolov sog‘lomlashtirish va korreksion tadbirlarning bu bosqichida 
pedagoglar, defektologlar, logopedlar tomonidan amalga oshiriladigan 
korreksion -pedagogik va tarbiyaviy ishlarga katta e’tibor beriladi. Maxsus 
bolalar ta’lim muassasalari rivojlanishidagi nuqson xarakteri va nuqsonning 
og‘irlik darajasiga qarab ajratiladi. 
Maxsus bolalar bog‘chalarining asosiy vazifalari quyidagilar xisoblanadi: 
-Korreksion ta’lim jarayonida tashxisni aniqlash; 
-Asosiy nuqsonni va u bilan bog‘lik rivojlanishidagi ikkilamchi nuqsonni maxsus
kompleks korreksiyalash; 
-Bola nuqsonining xarakteri va tuzilishini xisobga olib, uning xar tomonlama 
shaxsiy rivojlanishi uchun yaxshi sharoitlar yaratish ; 
-Bolani maktabga tayyorlash; 
Rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar bog‘chalari maxsus dastur
bо‘yicha ishlaydilar, bu dasturda maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy va u 
bilan bog‘liq rivojlanishidagi ikkilamchi nuqsonni, yoshi, ruhiy va jismoniy
imkoniyatlarini xisobga olib ishlab chiqiladi.Dasturning barcha bо‘limlarida 
ta’lim, tarbiya va korreksiya chambarchast bog‘liq xolda kо‘rib chiqiladi: 
bolaning aqliy,jismoniy , axloqiy , estetik va nutqiy rivojlanishini ta’minlaydi. 


Uchinchi bosqich rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar va о‘smirlarga 
maxsuslashtirilgan yordam tuman poliklinikalarida va psixonevroptologik 
dispanserlarda, maxsuslashtirilgan sanatoriyalarda, sanator-maktablarda maxsus 
maktablarda va maktab-internatlarida, bolalar uylari va nogironlar uylarida 
amalga oshiriladi. 
Davolovchi pedagogikaning muxim va dolzarb muammosi quyidagi 
xisoblanadi: rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar va ularning sog‘lom
tengdoshlari о‘rtasida aloqalarni kengaytirish ; rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan
bolalar 
va 
ularning 
ota-onalari 
bilan 
ishlaydigan 
pedagoglar, 
vrachlar,psixologlarning maxsus jamiyatlarini tuzish. 
Ruhiy faoliyatning rivojlanishi normal bolada ham, rivojlanishida nuqsoni
bо‘lgan bolalar ham bir xil kechadi, idrok v tasavvurdan kо‘rgazmali-
amaliy,kо‘rgazmali-obazli tafakkurga-ongli tafakkur elementlariga. Ushbu 
xarakterlarning barchasida nutq asosiy о‘rin egallaydi. 
Nutq ma’lumot, ijtimoiy axloq, atrofdagilarga ta’sir qilish funksiyasini 
amalga oshiradi.(L.S.Vigotskiy),fikrni shakllantirish usuli xisoblanadi. Nutq 
barcha faoliyatlarni amalga oshirishning zaruruy sharti va muxim komponenti, 
bilimlarni egallashning muxim vositasi, bolani о‘qitishning va rivojlantirishning 
muxim sharti xisoblanadi. 
Nutq bolaning barcha asosiy ruhiy jarayonlarini qayta ishlab chiqadi: 
nutqning ishtiroki tufayli idrok umumlashgan xarakterga ega bо‘ladi,tasavvur 
rivojlanadi,xotira takomillashadi.Nutqning axamiyati xulq-atvorni boshqarishda 
yanada oshadi. 
Bola doimiy parvarishda kattalar va tengdoshlari bilan birgalikdagi faoliyatida 
nutqni egallab boradi, bu nutqiy kо‘nikma va malakalarni egallab borish va 
rivojlantirishni stimullashtiradi. 
Nutqiy rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalarda nutq sistemasining 
aloxida bо‘limlari yoki butun nutq sistemasining buzilishi natijasida nutqiy 
kо‘nikma va malakalarning bosqichma - bosqich shakllanishi kechadi, 


qiyinchiliklar uchraydi, bu muloqot vositasi yetishmovchiligini kuchaytiradi, 
kerakli nutqiy tajribani egallash sharoiti bо‘lmaydi. Nutq nuqsoniga ega bо‘lgan
bolada kerakli korreksion tadbirlar olib borilmasligi tufayli intelektual 
rivojlanishning kechishi sekinlashadi, bu bolaning atrofdagilar bilan muloqot
qilishning yetarlicha emasligi va tasavvur doirasining ma’lum darajada 
cheklanganligi natijasida kelib chiqadi. 

Download 288.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling