D. S. Fli bolalar reabilitasiyasi


Download 288.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana05.05.2023
Hajmi288.31 Kb.
#1427438
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-мавзу

Logopedik reabilitatsiya -rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalar va 
о‘smirlarning kompleks tibbiy-psxologo-pedagogik reabilitatsiya va ijtimoiy 
adaptatsiyaning muxim tarkibiy qismi xisoblanadi. Shu о‘rinda ilk yoshdagi 
bolalarga tegishli bо‘lgan logopedik abilitatsiya gapirib о‘tish tо‘g‘ri bо‘ladi,
nutqiy funksiyani shakllantirishni, yangi nutqiy imkoniyatlarni yaratishni, 
kommunikativ faoliyatini normallashtirishni, ijtimoiy potensialini о‘stirishni 
kо‘rib chiqadi. 
Bolada rivojlanishida xar qanday nuqsonda nutq rivojlanishining orqada 
qolishi va boshqa buzilishlar kuzatiladi, bular bolaning atrofidagilar bilan 
muloqot qilish jarayonini, kommunikativ xulqining tо‘liq shakllanishini 
qiyinlashtiradi, bolaning atrof-muxit bilan ijtimoiy aloqalar о‘rnatishiga xalaqit 
beradi. 
Maxsus logopedik reabilitatsiya jarayonida maxsus usullar va metodlarni 
qо‘llash orqali nutq funksiyasinining buzilishlari bartaraf etiladi, nutqning 
kommunikativ funksiyasi tiklanadi, bu esa rivojlanishida turli xil nuqsonlari bor 
bо‘lgan bolalar va о‘smirlarning ijtimoiy adaptatsiya jarayoniga yordam beradi. 
Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalar kompleks reabilitatsiyasi 
ijtimoiy adaptatsiyasining asosiy vazifalaridan biri nutqi va mantiqiy 
tafakkurni rivojlantirish xisoblanadi. Eshitmaydigan bolalarda nutq mustaqil
ravishda rivojlanishi mumkin emas, ular nutqni mustaqil egallash xolatida emas, 
ular nutqning yо‘qligini muloqotning о‘ziga xos shakllari-mimika, daktilologiya, 
labdan о‘qish kabilar bilan almashtirishga urunadilar. 


Eshitishi buzilgan bolada kattalar va tengdoshlari bilan nutqiy muloqatga 
extiyojni shakllantirish uning tо‘liq rivojlantirishning asosiy shakli xisoblanadi. 
Eshitish buzilishi yaqqol ifodalangan bolada nutqni shakllantirishni erta 
boshlash uning tafakkurining anomal rivojlanishini , bilishni, bilim faoloiyatini 
buzulishini ogoxlantirish imkonini beradi. 
Eshitmaydigan bolalarda nutqning rivojlanishini stimullashtirish 
bosqicha-bosqich va kommunikativ aloqalarni о‘rganish motivi qо‘lga 
kiritiladigan ketma-ket о‘zgarishlar bilan 3 asosiy yо‘nalish bо‘yicha о‘tkaziladi: 
til qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish; nutqiy faoloiyatini rivojlantirish; 
tilning asosiy qonuniyatlarini о‘zlashtirishga tayyorgarlik; 
Bu darajadagi bolalar bilan davolov-pedagogik, shu jumladan logopedik 
ishlar erta boshlangan, kompleks va eshitish nuqsonining og‘irligi va xarakteri, 
bolalar nutqining va intellektining xolatidan kelib chiqib , differensial bо‘lishi 
kerak.Nutqiy eshitish va nutqiy muloqat shakllanishi va rivojlanishining natijasi 
mutaxassis tomonidan emas, jamiyat tomonidan baholanishi kerak. 

Download 288.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling