D. S. Yarmatova, A. R. Bobojonov, A. R. Raximov
§ug‘oriladigan tuproqlar bonitirovkasi asosiy qishloq xo‘jalik ekini bo’lgan g
Download 0.9 Mb.
|
Davlat kadastri asoslari
§ug‘oriladigan tuproqlar bonitirovkasi asosiy qishloq xo‘jalik ekini bo’lgan g£o’zanining talablariga binoan ishlab chiqilgan. Bunga, asosan, 100 ballik yopiq shkala qabul qilinib, unumdor tuproqlar yuqori ballarda baholangan. Bu shkalani tuzishda qishloq xo'jalik korxonalari yerlarining agrotuproq, agrokimyoviy va agroxo‘jalik kuzatuvi materiallaridan, ilg'or xo'jaliklar faoliyatini tahlil qilish, xilma-xil tajribaiarining natijalarida hamda sug'oriladigan dehqonchilik tumanlarining agroiqlim sharoitlari ma'lu- mot lari dan foyda Ian i Igan. Yerlarni baholashda tuproqning asosiy xususiyatlari va tabiiy sharoitlari: gcnetik alomallari, sug'orila boshlangan davrning uzoq-yaqinligi, madaniylashtirilganligi, agroiqlini resurslari bilan ta’minlanganligi, mcxanik tarkibi, tuproq hosil qiladigan jinslar genezisi, tuproq qatlamining sizot suvlari o'tkazuvchanligi, sho'rla- nish darajasi, eroziyaga uchraganligi, sertoshligi, gipslashgani va hokazolar hisobga olinadi. Sug'oriladigan tuproqlarning bonitirovka shkalasidagi sifat jihatidan bahosi uning genetik maslubligi, sug‘orish davri va madaniylashganlik darajalariga nisbatan bonitet ballarida aks et- tirilgan. Bu shkalada bundan tashqari tuproqning gummus zaxirasi va uni o'simlik ozuqa elementlari bilan ta’minlanganligi. singdirish sig'inii, fizik xususiyatlari va biologik aktivligi integral tarzda hisobga olingan. O'zlashtirish davriga qarab sug'oriladigan tuproqlarning xususiyatlari ham tubdan o'zgaradi. Masalan, eng qadimdan sug'orilib kelinayotgan tuproqlar bazis tuproqlari bo‘lib, barcha xususiyatlari bo'yicha unumdor hisoblanadi. 0‘zbekistonda sug'oriladigan tuproqlarning bonitirovka shkalasi madaniylashgan bo'yicha sust, o'rta va yuqori madaniylashgan turlarga bo'lingan. Chirindi zaxirasi va fosfor harakatlanuvchi birikmalarining ozligi, biologik aktivlikning sustligi, tuproqning kamroq mada- niylashganligidan dalolat beradi. Tuproq bonitirovkasini o'tkazishda hisobga olinishi zarur bo'lgan omillar orasida iqlim muhim o'rin tutadi. G'o'za singari issiqsevar ekinlar uchun eng zarur bo'lgan agroiqlimiy ko'rsatkichlardan biri bo'lib. termik resurslar bilan ta’minlanganlik yoki 10 s dan yuqori bo'lgan foydali haroratning yig'indisi hisoblanadi. Darhaqiqat, tuproqning boniteti joyning kenglik zonalari va balandlik pog'onalari bo'yicha g'o'zaning termik resurslar bilan ta’minlanganligiga qarab tabaqalanadi. Iqlim koeffitsiyenti yoki bizningcha, bioiqlim koeffitsiyentini hisoblash quyidagi formula yordamida amalga oshiriladi: bunda E.f — 10 — C dan yuqori bo‘lgan haqiqiy samarali harorat yig'indisi; Elb - bazaviy samarali harorat yigindisi (2450). Tuproq unumdorligini belgilaydigan kompleks xususiyatlar orasida uning mexanik tarkibi ham muhim o‘rin egallaydi. Yengil va o‘rta qumoqli tuproqlar unumdor tuproqlar qatoriga kiradi. Tuproq unumdorligini pasaytiruvchi omillar qatoriga suv hamda shamol ta’siridan yemirilsh (eroziya) ham kiradi. Ma’lumki, oxirgi yillarda sug'orish maqsadlari uchun xilma- xil darajali gipslangan katta maydonlar o‘zlashtirildi va qishloq xo'jalik oborotiga kiritildi. Gips esa yerning meliorativ holatini yomonlashtiradi hamda tuproq unumdorligini pasaytiradi. Bonitet baliarini aniqlashda boshqa ko'rsatkichlar qatori alohida tuproq turlarida gips gorizon- tining joylashishi va gips miqdoriga nisbatan ham pasaytiruvchi koeffitsiyentlar qo'llaniladi. Konkret tuproqning bonitet ball asosiy xususiyati bo’yicha tuproq xiliga berilgan ballga xilma-xil tuzatma koeffitsiyentlarini ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi, ya’ni: BrW кг-к. ... к, - Bunda: Br — asosiy shkala bo'yicha tuproqning bonitet ball; X, Ky.. Kr — tuzatma koeffitsiyentlar. Xo‘jalikning sug*oriladigan ekin maydonlari bonitet ball tuproq qatlamini tashkil qiluvchi xilma-xil tuproq xillari bonitet baliarini o‘rtacha keltirilgan qiymati tariqasida aniqlanadiki, ya’ni: Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling