D. S. Yarmatova, A. R. Bobojonov, A. R. Raximov


Download 0.9 Mb.
bet19/71
Sana11.05.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1451063
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   71
Bog'liq
Davlat kadastri asoslari

/. Tuproq bonitirovkasi nima?

  1. Tuproq bonitirvvkasi necha balli shkala asosida aniqianadi?

  2. Tuproq boniiirovkasiga salbiy ta ‘sir qiluvchi omillar nimalar?

  3. Tuproq strukturasi buzili.shining oldi qanday olinadi?

  4. 2, Yerlarning iqtisodiy nuqtayi nazardan joylashishiga
    qarab baholanishi (o‘tloqlar, yaylovlar)


Tayanch iboralar:
yerni iqtisodiy baholask, o'tloqlar, yaylovlar, tuproq unumdorligi.
Iqtisodiy baholash deb, yerni qishloq xo‘jaligining asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatidagi sifat bahosiga aytiladi. ya’ni, dchqonchilikning mavjud intensivligi sharoitida qishloq xo’ja- ligidagi mehnat unumdorligini hisobga olish yo‘li bilan xilma- xil unumdor yerlardan foydalanishning iqtisodiy sainaradorligini aniqlash tushuniladi.
Yer maydonlarini iqtisodiy baholashning tuproq bonitirov- kasidan asosiy farqi shundan iboratki, bonitirovka. asosan. tuproq- larning tabiiy jismi holatini, ya’ni qishloq xo'jaligi ishlab chi- qarishini yuritishning iqtisodiy sharoitlarini hisobga olmagan holatini o‘rganadi.
Iqtisodiy Ijaholashda esa yer qishloq xo‘jaligining asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida qaraladi.
Yerlami iqtisodiy baholash va tuproqlami bonitirovka qilish o'rtasidagi bir-biriga bog'liqlik va bir-biridan farqni ajrata bilish lozim. Bonitirovka qiiishda tuproqlaming ishlab chiqarish sharoit- lari emas, asosan, o'simlik o'sishi uchun kerak bo'lgan tabiiy xossalari hisobga olinib, guruhlarga bo'linadi. Iqtisodiy baholashda esa yeming tabiiy sifati va ishlab chiqarish ko'rsatkichlari uning tabiiy-iqtisodiy sharoitlariga mos ravishda iqtisodiy munosa- batlarining farqi asos qilib olinadi.
Yemi iqtisodiy baholashning tuproq bonitirovkasi, o'rtasidagi o'zaro bog'liqligi shunda ko'rinadiki, tuproqni bonitirovka qiiishda tabiiy xossalari bo'yicha biriktirilgan tuproq gumhlaridan yemi iqtisodiy baholash uchun tuzilgan shkala yaratishda foydalanish mumkin.
Yerni iqtisodiy baholashning ballardagi ko'rsatkichlari, bir tuproqning ikkinchi xil tuproqdan necha marta yaxshiligi (qim- matroq) yoki yomonligi (arzonroq) haqidagi savolga javob beradi.
Bu solishtirma miqdoriy qiymatdan yerning ishlab chiqarish vositasi sifatidagi qishloq xo'jaligini boshqarishda iqtisodiy hisob- kitoborqali rejalashtirishni tashkil qiiishda foydalaniladi. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishdan shu narsa ma’lumki, bir xil ishlab chiqarish vositalari bilan ta’miniangan bo'lsa ham tuproq unum- dorligi har xil bo'lganligi uchun bir xil natija bermaydi.
Shuning uchun ham tuproq unumdorligi ishlab chiqarishning asosiy dalillaridan biri hisoblanadi. Yeming unumdorligini aniqlash va miqdorini hisob-kitob qilish ishlari yeming iqtisodiy baholash vazifasiga kiradi.
Yerlami baholash dehqonchilikning shu davrda erishilgan intensivlik darajasini aniqlash hamda ularni iqtisodiy unumdorligi jihatidan yer maydonlarining sifatini yoritiladi. U joyning tabiiy hamda ishlab chiqarishning iqtisodiy sharoitlarini, yer uchastka- laming joylashgan o‘mini, qishloq xo'jalik mahsulotlarini yelish- tirishdagi mehnat va pul xarajatlarini hisobga olish orqali o'tkaziladi.
Qo'yilgan maqsad va talablariga binoan yerlami iqtisodiy ba­holash umumiy hamda xususiy (yakka tartibda) bo'lishi mum- kin. Xususiy baholash xihna-xil tuproq sharoitlarida aniq qishloq xo'jalik ckinlari yelishtirishning samaradorligini aniqlash maqsadida o'tkaziladi. Shu bilan birga xususiy baholash xilma-xil qishloq xo'jalik ekinlarini o'stirishda tuproqlarning yaroqliligi to'g'risida ham ma’lumotlarga ega bo'lib, qo'shimcha kapital mablag'larsiz ma’Ium iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydi. Umumiy iqtisodiy baholash tuproqlarning unumdorlik ko'rsatkichlarini va deh- qonchilik intensivligini shu davrdagi erishilgan darajasida yer maydonlaridan foydalanishning samaradorligini xarakterlaydigan ko'rsaktkichlami aniqlashga mo'ljailangan.
Yerni baholash ikki yo'l bilan amalga oshiriladi:

  1. yerni umumiy baholash (bu ayrim o'simliklarni ekishning foydaliligi bo'yicha yerni baholash);

  2. xususiy baholash.

Yerni umumiy baholashning asosiy ko'rsatkichlari;

  • mahsuldorlik (jami mahsulotning qiymati (so'm) ga;

  • xarajatning qoplanishi (qilingan bir so'mlik xarajatga olingan mahsulotning qiymati);

  • diflcrensial daromad, foyda (joylanishi va sifati eng yaxshi bo'lgan yerlardan olingan sof foydaning qo'shimcha qismi);

Yeming xususiy baholashning asosiy ko'rsatkichlari:

  • hosildorlik, (ts/ga);

  • xarajatning qoplanishi, (so'm/ga);

  • diflcrensial daromad, (so'm/ga).

Yer baholash birligini saylash ma’Ium sharoitga asoslanadi.
Mingdan ortiq tuproq xillari mavjud bo'lgan O'zbekiston sharoitida yer maydonlarini iqtisodiy baholash umumittifoq yerla- rini baholash mctodikasiga binoan o'tkaziladi va bu yerda shunday yer baholash birligi qilib tuproq agroishlab chiqarish guruhlari qabul qilingan.
Yerlami iqtisodiy baholashda baholash ko'rsatkichlarini to'g'ri tanlash ham muhim ahamiyatga ega. Ularobyektiv hamda ma’Ium amaliy ahamiyatga ega bo'lmog'i zarur. Shunga asosan qishloq xo'jalik ekinlarining samaradorligi bo'yicha xususiy baholash ekinlaming hosildoriligi, xarajatlarni qoplash va tabaqalangan daromad ko'rsatkichlari bo'yicha olib boriladi. Yer maydonlarini
umuniiy baholash esa yalpi mahsulot qiymati, xarajatlami qoplash va tabaqalangan daromad ko'rsatkichlari bo'yicha o'tkaziladi.
Iqtisodiy baholashning asosiga qo'yilgan tabiiy va iqtisodiy ko'rsatkichlarning 5 yillik qiymatlari qabul qilingan: asosiy qishloq xo'jalik ekinlari bo'yicha (paxta, sholi, makkajo'xori doni uchun, beda) ko‘p yillik daraxtzorlar va yaylovlaming ekin maydonlari, hosildorlik, yalpi mahsulot, har bir mahsulotni yetishtirishga sarf bo‘lgan pul birligidagi xarajatlar va ishlab chiqarishga sarf bo'lgan mehnat xarajatlari, har bir qishloq xo'jalik ekinining asosiy va (aylanma) fondlari bilan ta’minlanganligi, solingan o‘g‘itlarning miqdori va tarkibi. Doimiy sug'orish sharoitida bunday ko'rsat- kichlardan tashqari sug'oriladigan yerlarning meliorativ fondlar bilan ta’minlanganligi, sug'orish shoxobchalari va inshootlarini ko'rishga sarf bo'lgan umumiy xarajatlar ham hisobga olinadi.
Tuproqning tabiiy va sun’iy unumdorligi bor. Tabiiy unum- dorligi tuproqning tabiiy fizik-kimyoviy xossalari va iqlim sharoitiga bog'liq. Tuproqning sun’iy unumdorligini inson yaratadi. Tuproqning samarali unumdorligi tabiiy unumdorligi bilan sun’iy unumdorligining (mehnat xarajatlari va mehnat vositalari) birlashib ketishidan hosil bo'ladi.
Buni aniqlash uchun quyidagi shartlar bajariladi: xo'jalik- ning hamma yer turlari — haydalma yerlar, ko'p yillik mevali daraxczoriar, pichanzoriar va yaytovzoriar baholanadi. Yer baho­lash ishlarining bajarishi uchun qishloq xo'jalik tashkilotlaridan yig'ib olingan keyingi besh yillik uchun buxgalteriya va statistik hisobot ma’lumotlari, aerofotogeodeziya hujjatlari, tuproq va geobotanik tekshiruv hujjatlari asos qilib olinadi.
Iqtisodiy nuqtayi nazardan ishlab chiqarish vositasi holatidagi yer maydonining sifati tuproq unumdorligi orqali aniqlanadi. Tuproq unumdorligi faqat qishloq xo'jalik ekinlarining turlicha hosildorligiga olib qoladi. Shuning uchun ham hosildorlik yerlami iqtisodiy baholashning birlamchi ko'rsatkichi rolini bajaradi. Yer maydonlarini iqtisodiy baholash uchun tanlangan qishloq xo'jalik ekinlari shu kadastr rayonining hududi uchun xaraktcrli bo'lishi zarur. Ishlab chiqarish va tovar ahamiyatiga ega bo'lgan qishloq xo'jalik ekinlari, shu jumladan, sug'oriladigan dchqonchiiikning asosiy ekinlari: paxta, sholi, g'alla ekinlari, makkajo'xori doni uchun va beda asosiy ro'yxatga kiritiladi.
Shunga qaramasdan, hosildorlik bo'yicha yer maydonlarini iqtisodiy baholashning asosiy mushkul tomoni shundan iboratki, qishloq xo'jalik ekinlarining hosildorligi ularni yetishtirishga sarf- langan xarajatlaming tengligi sharoitida yerlarning sifatini belgi- laydi. Bundan tashqari, umuman olganda, bu ko'rsatkich yerlar­ning unumdorligi to'g'risida to'la ma’lumot bera olmaydi.
Xilma-xil qishloq xo'jalik ekinlarining hosildorligini to'laroq aniqlashga yalpi mahsulotning qiyrnati hamda tabaqalangan daromad kabi pul qiyniatidagi ko'nsatkichlarxizmat qilishi mumkin.
Yalpi mahsulot qiyrnati qishloq xo'jalik ekinlari hosildorligini ekin maydonlari strukturasi hisobida kadastr baholariga ko'payt- masi shaklida aniqlanadi:
YM.UiClPl+U2CJP2+U„CHP„ fU,C,P,
bunda U2... - ekinlar hosildorligi.
Cp Cr.. — ekinlaming kadastr bahosi.
Pp Pr..~ ekin maydonlari, ga.
Xarajatlami qoplash (XQ) quyidagi formula yordamida aniq­lanadi:

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling