Kommunal-maishiy binolar va ulami ro'yxatga olishga tayyor- lash
Quyidagilar kommunal-maishiy binolar hisoblanadi: aholiga kommunal-maishiy xizmatlami ko'rsatishga moljallangan binolar, hammomlar, kir yuvish joylari, dushxonalar, sartaroshxonalar, oshxona-fabrikalar, kiyim-kcchak tikish atelyelari, maishiy xizmat ko‘rsatish va boshqa binolar. Shuningdek, shu maqsadlar uchun maxsus va boshqa maqsadlar uchun qurilgan, ammo maxsus uskunalar joylashtirilib, shu maqsadlarda foydalaniladigan binolar.
Kommunal-maishiy xizmatlarni ko‘rsatishga mo'ljallangan binolarning asosiy maydonlariga quyidagilar kiradi: hammomlar va kir yuvish joylaridagi yechinish xonalari, yuvish bo'limlari, alohida cho'milish joylari (nomerlar), dushxonalar, vannaxonalar, kirlarni qabul qilish, berish, yuvish va quritish binolari, dazmollash xonalari, suv isitish qozonlari joylashgan binolar (masalan, ishlab chiqarish uchun issiq suvni yetkazish qozonlari va boshqalar), sartaroshxonalardagi kutish xonalari, oshxona, idish-tovoq yuvish, mahsulot saqlash joylari, direktor (rahbar)ning ish xonasi, ma’mu- riyat joylashgan bino va binolari, maishiy-xizmat ko'rsatish atyelesidagi qabulxona, ishlab chiqarish xonalari, mudir xonasi.
Savdo binolari va ulami ro‘yxatga olishga tayyorlash
Ulgurji va коЧага savdo ishlarini amalga oshirishga mo'ljal- langan binolar savdo binolari tizimiga kiradi.
Savdo binolari turkumiga quyidagilar kiradi: maxsus qurilgan (univermaglar, savdo qatorlari) va boshqa turdagi qurilish bo‘lib, ularda maxsus moslamalar, uskunalar joylashtirilib, shu maqsad uchun foydalaniladigan binolar.
Shu narsani ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, aksariyat hollarda savdo binolari birinchi qavatda joylashadi. Agar savdo joylari ikkinchi yoki uchunchi qavatlarda bo‘lsa, uning ko‘cha tomonidan ko'rinib turadigan (oddiy va reklama) maxsus ishlov berilgan joylariga ega bo'Iadi.
Savdo maydonlari, asosan, dorixona, kiyim-kechak tikish joyi (atelye), oshxona, (ochiq yoki yopiq turdagi) restoran, qahvaxona sifatida foydalaniladi. Shuningdek, savdo maydoniga savdo palatkalari ham kiradi.
Savdo maydonlari asosiy va xizmat (yordamchi) boMinmagan holda «xonalar ro‘yxatiga*> kiritiladi. Undan passajlar, savdo ras- talari, koridorlar, o’tish joylari va hojatxonalar istisno qilinadi, ular xizmat maydoniga kiradi,
Do'stlaringiz bilan baham: |