D. S. Yarmatova, A. R. Bobojonov, A. R. Raximov


Turarjoyni yashash uchun mo'Ijallanniagan joyga o'tkazish


Download 0.9 Mb.
bet35/71
Sana11.05.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1451063
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   71
Bog'liq
Davlat kadastri asoslari

Turarjoyni yashash uchun mo'Ijallanniagan joyga o'tkazish
Yashash uchun yaroqli bo'lgan turarjoyni yashash uchun mo'Ijallanmagan joyga o'tkazishga yo'l qo'yilmaydi. Alohida hollarda, turarjoyni yashash uchun mo'ljallanmagan joyga o‘tkazish mulkdoming yoki u vakolat bergan organ (shaxs)ning arizasiga ko‘ra tumanlar va shaharlar hokimlarining qaroriga binoan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ko‘p kvartirali uylardagi yashash uchun mo4jallanmagan joylardan foydalanish
Fuqarolar va yuridik shaxslar ko‘p kvartirali uylardagi yashash uchun mo'Ijallanmagan joylardan bevosita belgilangan maqsadda foydalanishlari shart.
Fuqarolar va yuridik shaxslar yashash uchun mo'ljallanmagan joylar, qurilmalar hamda inventami tegishli tartibda saqlashlari, zarur ta’mirlash ishlarini bajarishlari, sanitariya va yong‘inga qarshi qoidalarga rioya etishlari, yoqilg'i-energetika resurslarining tejash choralarini ko'rishlari shart.
Ko‘p kvartirali uylardagi yashash uchun mo'ljallanmagan joylarga sanoat ishlab chiqarishini joylashtirishga yo‘l qo'yilmaydi. Bunday joylarda amalga oshirilishi ruxsat etilgan faoliyat turlarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ko‘p kvartirali uylardagi yashash uchun mo'ljallanmagan joylarga nosanoat yo'nalishidagi korxona, muassasa, tashkilotlar, ofislami qonun hujjatlarida belgilangan tartibda joylashtirishga yo‘l qo‘yi!adi.
Ko‘p kvartirali uydagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlari
Ko‘p kvartirali uydagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga nisbatan mulk huquqiga ega bo'lgan fuqarolar yoki yuridik shaxslar ko‘p kvartirali uydagi yashash uchun mo'ljallanmagan joylar mulkdorlari bo’lishi mumkin.
Yashash uchun moMjallanmagan joylar mulkdorlari ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchilaridir.
Ko*p kvartirali uydagi yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar mulkdorlari bunday joylaming asralishini, tegishli texnik va sanitariya holatini ta’minlashi, joylami o‘z hisobidan joriy va kapital ta’mirlash ishiarini amalga oshirishi, ko'p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni saqlash va ta’mirlash bo'yicha umumiy xarajatlami o'z zimmasiga olishi shart.
Yashash uchun mo'ljallanmagan joy mulkdorining ko'p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni saqlash va ta’mirlash bo'yicha umumiy xarajatlardagi ishtiroki ulushi uyning umumiy maydonidagi mulkdorga qarashli yashash uchun mo'ljallanmagan joy maydoniga mutanosib ravishda belgilanadi.
Ko‘p kvartirali uydagi yashash uchun mo'ljallanmagan joy mulkdori mahalliy davlat hokimiyati organlaridan tegishli rux- satnoma olmasdan o’ziga qarashli joyni o'zboshimchalik bilan qayta qurgan yoki o'zgartirgan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo'ladi hamda bu joyni o'z hisobidan awalgi holatiga keltirishi shart.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling