D. S. Yarmatova, A. R. Bobojonov, A. R. Raximov


Turarjoyga bo'lgan mulk huquqini, boshqa ashyoviy huquq- larni hamda turarjoyga oid bitimlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish


Download 0.9 Mb.
bet34/71
Sana11.05.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1451063
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71
Bog'liq
Davlat kadastri asoslari

Turarjoyga bo'lgan mulk huquqini, boshqa ashyoviy huquq- larni hamda turarjoyga oid bitimlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish
Turarjoyga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, bu huquqlarning vqjudga kelishi, boshqaga o'tishi, cheklanishi va bekor bo'lishi davlat ro'yxatidan o'tkazilishi shart.
Turarjoyga bo'lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquq- lami hamda uy-joyga oid bitimlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlar va unga doir bitimlarni ro'yxatdan o'tkazuvchi organda amalga oshi ri lib, ushbu organ mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquq yoki bitim ro'yxatga olinganligi to'g'risida hujjat beradi yoxud ro'yxatdan o'tkazish uchun taqdim etilgan hujjatga ust-xat yozib qo'yadi.
Turarjoyga bo'lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy hu- quqlarni hamda turarjoyga oid bitimlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishni rad etish yoxud ro'yxatdan o'tkazish muddatlari buzilishi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Turarjoyga bo'lgan mulk huquqi vujudga kelishi, boshqaga o'tishining xususiyatlari
Belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida yangi qurilayot- gan uyga mulk huquqi uy davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
Uy va kvartiraning oldi-sotdi hamda ayirboshlash shartnomasi yozma shaklda, taraflar imzolaydigan bitta hujjatni tayyorlash yo'li bilan tuziladi hamda u notarial tasdiqlanishi va davlat ro'yxatidan o'tkazilishi shart.
Uy va kvartiraning oldi-sotdi shartnomasi shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy emasligiga olib keladi. Sotib oluvchi sotib olgamdan keyin qonunga muvofiq turarjoydan foydalanish hu- quqim o'zida saqlab qoladigan shaxslar yashab turgan shu uy, kvartirani oldi-sotdi shannomasining muhim sharti — bu shaxs- larmng ro'yxatini sotilayotgan turaijoydan foydalanish huquqlari ko'rsatilgan holda tuzishdan iboratdir.
Umrbod ta’minlash sharti bilan uyni, kvartirani boshqa shaxsga berish to'g'risidagi shannoma O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining qoidalariga rioya etilgan holda notarial tasdiqlanishi kerak.
Turarjoyni almashtirishga ushbu Kodeksda hamda boshqa qonun hujjatlarida belgilangan shartlar va tartibda yo‘l qo'yiladi.
Uy va kvartirani hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlangan bo lishi hamda davlat ro'yxatidan o'tkazilishi shart.
Davlatga qarashli uy va kvartiraga bo’lgan mulk huquqi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xususiylashtirish tartibida vujudga keladi.
Kooperativ uyga. kvartiraga bo'lgan mulk huquqi uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari a’zolari pay badallarini to'liq to'lab bo'lganidan keyin vujudga keladi.
Uy-joy obligatsiyalarini olish va uiarning qolgan qiymatini bank kreditlari hisobiga to'lash yo'li bilan qurilgan va olingan uy hamda kvartiraga bo'lgan mulk huquqi kredit to'liq qaytarilgandan keyin vujudga keladi.
Xususiy mulkdagi uy va kvartiraga bo'lgan mulk huquqi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat mulkiga o'tkazilishi mumkin.
Uy va kvartiraga bo'lgan meros tariqasida o'tadigan mulk huquqi O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan asoslarga ko'ra vujudga keladi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling