Bog'dorchilik va boshqa yer uchastkalarida joylashgan imorat- larni uylar deb tan olish
Bog'dorchilik va boshqa yer uchastkalarida joylashgan hamda ushbu Kodeksning 9-moddasida nazarda tutilgan talab- larga javob beradigan imoratlarga ega bo'lgan shaxslar shu imoratlarni uylar sifatida rasmiylashtirishni talab qilishga haq- iidirlar.
Bu imoratlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlar va unga doir bitimlarni ro'yxatdan o'tkazuvchi oiganda davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan boshlab uylar deb tan olinadi.
Uylar va turaijoylami uy-joy fondidan chiqarish
Eskirganligi, avariya holatidaligi yoki boshqa asoslarga ko'ra yashash uchun yaroqsiz bo'lgan uylar va turarjoylarni uy-joy fondidan chiqarish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Yashash uchun yaroqsiz bo'lgan uylar va turarjoylar kelgusida boshqa maqsadlarda foydalanish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta qurilishi mumkin yoki bunday uylar Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qaroriga binoan buzib tashlanadi.
Davlat tomonidan tekinga uy-joy berish
Turarjoylari avariya holatida ekanligi yoki tabiiy ofatdan zarar ko‘rganfigi bclgiiangan tartibda tan olingan fuqarolarga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan bclgiiangan tartibda tekinga uy-joy beriladi.
Uy-joy fondini davlat yo‘li bilan hisobga olish
Uy-joy fondini davlat yo'li bilan hisobga olish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan bclgiiangan tartibda yagona tizim bo'yicha amalga oshiriladi.
Uy-joy fondidan foydalanish va uni saqlash ustidan davlat nazorati
Uy-joy fondidan foydalanish va uni saqlash, shuningdek, turarjoylardan foydalanish hamda ularni saqlashning me’yoriy texnik talablarga muvofiqligi ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |