D. S. Yarmatova, A. R. Bobojonov, A. R. Raximov


Download 0.9 Mb.
bet44/71
Sana11.05.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1451063
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   71
Bog'liq
Davlat kadastri asoslari

Davlat suv kadastri. Davlat suv kadastri quyidagi turlardagi suv obyektlari va suv xo’jaligi obyektlari bo'yicha ma’lumotlami o*z ichiga oladi.
Suv obyektlari:
daryolar, kanallar, turli-tuman suv tizimiarini birlash- tiruvchi kanallar yoki sug'orishni hududiy qayta taqsimlash uchun xizmat qiluvchi kanallar, ko'Ilar va suv obyektlari, muzliklar, yerosti suvlari.
Suv xo'jaligi obyektlari:
- gidrouzeilar va suv omborlari, suv obyektlaridan suv olish qurilmalari (qo'llanmalar, nasos qurilmalari, foydalaniladigan hududlar) suvni hududiy qayta taqsimlashga xizmat qiluvchi kanallar, ishlatilgan suvlami tashlaydigan qurilmalar, ishlatilgan suvlarni tozalash uchun qurilmalar.
Suv obyektlarining hamda suv va undan foydalanishni o'rga- nish bo’yicha majburiyatlarining taqsimlanishiga qarab davlat suv kadastri quyidagi bo’limlarga bo'linadi:

  1. yerusti suvlari; • AU

-! 2) yerosti suvlari;
3) suvdan foydalanish.
Suv obyektlarining miqdori va holatini hisobga olish obyektlarini o'rganish darajasi va ahamiyatga, 0‘lchamlariga, holatlariga qarab geodezik, kartografik va gidrogeologik uslublarda amalga oshiriladi.
Davlat suv kadastrini yuritish Gidrometeorologiya Bosh bosh- qarmasi, Geologiya davlat qo‘mitasi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Shunday ekan, davlat suv kadastrini yuritish sohasida ulaming har bittasiga ma’lum va- zifalarni bajarish yuklatilgan.
Jumladan, Gidrometeorologiya Bosh boshqarmasiga bu yo'nalishda quyidagi funksiyalar yuklatilgan:

  1. geologiya davlat qo'mitasi va Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda davlat suv kadastrining umumiy tamoyillari va ilmiy uslubiy asoslari, davlat suv kadastrining yuritish tartibini davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborotlar tizimini loyihalash va yaratishni ishlab chiqadi;

  2. davlat suv kadastrini yaratish va yuritish bo‘yicha barcha ishlami muvofiqlashtiradi, yo‘naltiriladi va birlashtiradi;

  1. geologiya davlat qo‘mitasi hamda Qishloq suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda davlat suv kadastrining idoralararo me’yoriy-texnik xo'jaliklarini, shuningdek, davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborotlar tizimini idoralararo loyiha xo‘jalik- larini ishlab chiqadi;

  2. geologiya davlat qo‘mitasi hamda Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan davlat suv kadastrini yuritish bo‘yicha uslubiy ko'rsatmalar, davlat suv kadastrining chop etilgan maketlari va boshqa me’yoriy-texnik hujjatlarni kelishadi;

  3. geologiya davlat qo'mitasi hamda Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi mutaxassislarini jalb etgan holda yerusti va yerosti suvlari va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarning umumiy tahlili, bog‘lash va umulashtirishni bajaradi;

  4. geologiya davlat qo‘mitasi va Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda suv kadastrining Davlat axborot byulletenini tayyorlaydi;

  5. «Yerusti suvlari» bo'limi bo'yicha davlat suv kadastrini ishlab chiqadi va yuritadi, ya’ni:

  • bo'Iim bo'yicha davlat suv kadastrini ishlab chiqish va tashkillashtirish (davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axbo- rotlar tizimi bilan biigalikda);

  • yerusti suvlari klassifikatorini ishlab chiqish;

  • axborotlarni kodlash va saqlash usullarini ishlab chiqish;

  • iste’molchilarning so'rovlari bo'yicha yerusti suvlari to‘g‘- risidagi ma’lumotlami to'plash, nazorat qilish, qayta ishlash, saqlash va berish;

  • yerusti suv resurslari va xo'jalik faoliyatlari natijasida ular- ning o‘zgarishini joriy va istiqboiiy baholash va boshqalar.

O'zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar davlat qo'mitasiga quyidagi vazifalar yuklatilgan:

  • «Yerosti suvlari» bo'limi bo‘yicha davlat suv kadastrini ishlab chiqadi va yuritadi, shu jumladan:

  • bo'Iim bo'yicha suv davlat kadastrini ishlab chiqish va ta- komillashtirish (davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborotlar tizimi bilan birga);

  • yerosti suvlari klassifikatorini ishlab chiqish;

  • ma’lumotlami kodlash va saqlash usullarini ishlab chiqish;

  • bo‘lim bo‘yicha davlat suv kadastri avtomatlashtirilgan axborotlar tizimining funksional kichik tizimini loyihalash, sinash, qo'ilash va takomillashtirish;

  • iste’molchilarning talabi bo'yicha yerosti suvlari to'g'risidagi ma’lumotlami to'plash, nazorat qilish, qayta ishlash va berish;

  • yerosti suv resurslari va ularni xo'jalik faoliyati natijasida o'zgarishini joriy va istiqbolli baholash;

  • «yerosti suvlari» bo'limi bo'yicha davlat suv kadastrining nashrini chop etishga tayyorlash va chop etish.

Davlat suv kadastrini yuritish bo'yicha O'zbekiston Respub­likasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligiga quyidagi funksiyalar yuklatilgan:

  • «Suvdan foydalanish» bo'limi bo'yicha davlat suv kadastrini ishlab chiqadi va yuritadi, jumladan:

  • axborotlarni kodlash va saqlash usullarini ishlab chiqish;

  • bo’lim bo’yicha davlat suv kadastri avtomatlashtirilgan axborotlar tizimining funksional kichik tizimini loyihalash va sinash, qo’llash va takomillashtirish;

  • suvdan foydalanuvchilar to'g'risida ma’lumotlar to’plash. Nazorat qilish, qayta ishlash, saqlash va berish;

  • suvdan foydalanishni joriy va istiqbolli baholash hamda suv xo’jaligining hisobot balanslarini tuzish;

  • suvdan foydalanish bo’limi bo’yicha davlat suv kadastrining nashrini chop etishga tayyorlash, nashr qilish va boshqalar.

Umuman yuqoridagilardan ko’rinadiki, davlat suv kadastri, asosan, 3 ta davlat organlari tomonidan yuritiladi, lekin uning barcha ma'lumotlari Gidrometeorologiya Bosh boshqarmasida bir tizimga keltiriladi.
Davlat suv kadastri (keyingi o'rinlarda matnda DSK deb ataladi) «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi O'zbekiston Rcspublikasi Qonuniga muvofiq, suv resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil etish, suv xo’jaligi munosabatlarini tartibga solish, xo’jalik faoliyatini, ekologik vaziyatni baholash maqsadida ishlab chiqiladi va yuritiladi hamda O'zbekiston Rcspublikasi Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Davlat suv kadastri yagona davlat suv fondini tashkil etuvchi suv obyektlari, suv resurslari, suv rejimi, sifati va undan foyda­lanish haqidagi, shuningdek, suvdan foydalanuvchilar to’g'risidagi tartibga solingan, doimiy to‘Idirib boriladigan va zarurat bo’lganda aniqlashtiriladigan ma’lumotlar to'plamini ifodalaydi.
Yerusti va yerosti suv obyektlari hamda ularning resurslari Davlat suv kadastrining obyektlari hisoblanadi. Tabiiy suv resursla- rini, ulardan miqdor va sifat ko’rsatkichlari bo’yicha foydalanishni har tomonlama o’rganish va baholash. suvdan foydalanish huquqini hamda suvdan xo’jalik maqsadlarida foydalanishni ro’yxatdan o’tkazish Davlat suv kadastrining predmeti hisoblanadi.
Suv resurslarini baholash deganda ham yil davomida, ham ko'p yillar davomida standart gidromctrik asboblar bilan o'lchash orqali ularni miqdor va sifat ko’rsatkichlari bo'yicha muntazam hisobga olish, olingan ma’lumotlarning ishonchliligi tahlili, ularni standart usullar bilan qayta ishlash va turli hududiy va vaqt birlik- lari bo‘yicha umumlashtirish tushuniladi. Davlat suv kadastri davlat hokimiyati organlarini, yuridik va jismoniy shaxslaming suv obyektlari. suv resurslari, suv rejimi, sifati va undan foyda- lanish, shuningdek, suvdan foydalanuvchilar to“g‘risidagi zarur ma’lumotlar bilan ta’minlash uchun moUjallangan. Eng kam chiqimlar bilan zamonaviy darajada axborotlami to'plash. umum­lashtirish, saqlash va taqdim etish texnologiyasini doimiy ravishda takomillashtirib borish yo'li bilan suv resurslari va suv obyektlari haqida ishonchli axborotni olish va saqlash Davlat suv kadastrining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Suv obyektlari va suvdan foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tka- zish, suv miqdori hamda sifatini hisobga olish, suv resurslarini va ulardan foydalanishni baholash Davlat suv kadastrining tarkibiy qismlari hisoblanadi. Quyidagilar Davlat suv kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi: respublikaning barcha suv obyekt- larini qamrab olish; suv resurslari va ulardan foydalanishni hisobga olishning yagona tizimini qoUlash; boshlang‘ich kadastr axborotini qayta ishlash usulining yagonaligi; Davlat kadastrlari yagona tizimi talablarini hisobga olish; Davlat suv kadastrini yuritish bo'yicha ishlarga markazlashtirilgan tartibda rahbarlik qilish; suv-kadastr axborotining ishonchliligi, ko‘rgazmaliligi va hujjatlarga asoslan- ganligi; Davlat suv kadastrini yuritish bo'yicha ishlarning uzluksizligi; kadastrni yuritishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi faoliyat ko‘rsatishi; suv kadastrini yuritish bo'yicha ishlarning tejamliligi; foydalanuvchilar doirasi cheklangan ma’lu- motlaming mahfiyligi.
Davlat suv kadastri respublika suv obyektlari to‘g‘risidagi axborotni qayta tiklashning to'liq turkumini tashkil etuvchi asosiy va joriy turlami o‘z ichiga oladi.
Davlat suv kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Belgilangan tartibda qabul qilingan suv-kadastr axboroti suv va suv xo'jaligi munosabatlarini tartibga solishda, suvdan foydalanish bilan bog'liq ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik vazifalami hal etishda majburiy yuridik kuch- ga egadir. Quyidagilar Davlat suv kadastrini yuritadilar: Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi — yerusti suvlari bo‘limi bo'yicha, O'zbekiston Respubhkasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo'mitasi — yerosti suvlari bo'limi bo‘yicha, O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi — suvdan foydalanish bo'limi bo'yicha.
Davlat suv kadastrining mazmuni. Suv obyektlari Suv xo‘jaligi obyektlari (inshootlari). Respublika hududida suv obyektlarini ro'yxaidan o'tkazish, suv resurslari, ulaming rejimi, foydalanish, shuningdek, suvdan foydalanuvchilar to'g'risidagi miqdor va sifat baho ko'rsatkichlari haqida ishonchii, zamonaviy va tejamli axborotlarni olish, tartibga solish, saqlash va ularni foydala- nuvchilarga berishning texnologik jarayoni Davlat suv kadastrining mazmuni hisoblanadi.
DS К ma’lumotlari quyidagilarda foydalanish uchun mo'ljal- lanadi: suvdan foydalanishni joriy va istiqbolli rejalashtirish hamda suvni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish; mamlakat hududida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish; suvdan komp- leks foydalanish va uni muhofaza qilish sxemalarini hamda suv xo'jaligi balanslarini tuzish; suvdan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan suv xo'jaligi, transport, sanoat korxonalari hamda boshqa korxonalar va inshootlami loyihalashtirish; gidrologik va gidrogeo- logik sharoitlar, daryolarda suv hajmi va suv sifati o'zgarishlarini prognozlash; suv xo'jaligi tizimlari ishi samaradorligini oshirish tadbirlarini ishlab chiqish; suvni iste'moi qilish va chiqarib yuborish, shuningdek, suv sifati ko'rsatkichlarini normalashtirish; suvning zararli ta’sirining oldini olish va uni bartaraf etish tad­birlarini ishlab chiqish; suvdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish tadbirlari o'tkazilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish; suvdan foydalanuvchilar o'rtasidagi, shuningdek, suvdan foydalanuvchilar bilan boshqa manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar o'rtasidagi o'zaro munosabatlami tartibga solish; suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish bilan bog'liq boshqa masalalarni hal etish.
Davlat suv kadastri suv va suv xo'jaligi obyektlarining quyidagi turlari to'g'risidagi ma’lumotlarni o*z ichiga oladi, suv obyektlari, daryolar, turli suv tizimlarini birlashtiruvchi, oqar suvni hududiy qayta taqsimlashga yoki sug'orishga xizmat qiluvchi kanallar; ко'liar va suv omborlari; muzliklar; yerosti suvlari (havzalar, suvli gorizonUar, konlar). Suv xo'jaligi obyektlari (inshootlari) Gidrouzellar va suv omborlari; suv obyektlaridan suv olishga mo'ljallangan inshootlar (kanallar, nasos qurilmalari, foydalanish quduqlari va boshqalar); oqar suvni hududiy qayta laqsimlashga xizmat qiluvchi kanallar; foydalanilgan va shaxta suvlarini suv obyektlariga tashlash inshootlari (kollektorlar, drenaj va suv to'planadigan kanallar, quvursimon suv chiqargichlar va boshqalar); foydalanilgan suvlami tozalash inshootlari.
DSK ma’lumotlari quyidagilarga bo'Iinadi: arxiv materiallari (daftarchalar, jadvallar, o‘zi yozadigan texnikaning tasmalari va boshqalar); uzoq muddatli texnik manbalardagi ma’lumotlar; e’lon qilinadigan materiallar (suv va suv xo'jaligi obyektlari kataloglari, har yilgi va ko‘p yillik ma’lumotlar va boshqalar). DSK ma’lu­motlari tarkibi 0‘zbekiston Respublikasi «0‘zgidromct» markazi, Davlat geologiya qo‘mitasi hamda Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Suv kadastri ma’lumotlari tarkibi» nomli me’yoriy-texnik hujjat bilan belgilanadi.
DSK nashrlari tarkibi 0‘zbekiston Respublikasi «0‘zgidromet» markazi, Davlat geologiya qo‘mitasi hamda Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Suv kadastrining e’lon qili­nadigan qismi tuzilmasi bilan belgilanadi. DSK ma’lumotlari foydalanuvchilarga pulli nashrlar tarzida va so'rov bo'yicha (belgilangan tartibda) taqdim etiladi.
DSKning chop etilayotgan nashrlari, so'rov bo'yicha berila- digan ma’lumotlar turlari hamda ulami berish tartibi to'g'risida foydalanuvchilarga axborot berish uchun «O'zgidromet* markazi tomonidan Davlat geologiya qo'mitasi hamda Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi bilan birgalikda «Suv kadastri axborotnomasi» nashr etiladi. Suv obyektlari turlariga hamda suvni va undan foydalanishni o'rganish bo'yicha vazifalar taqsimotiga muvofiq DSK quyidagi bo'limlarga bo'linadi: yerusti suvlari, yerosti suvlari, suvdan foydalanish.
Suv obyektlari son! va holatini hisobga olish obyektlaming hajmi, holati, o'rganilganlik darajasi va muhimligiga qarab kartografiya, gidrogeologiya va geodeziya usullari bilan amalga oshiriladi. Suv obyektlari rejimini o’rganish teglshli idoralar to- monidan tasdiqlangan hamda «O'zgidromet» markazi bilan kelishilgan standart usullar bo'yicha standart asboblar vositasida olib boriladi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling