D. S. Yarmatova, A. R. Bobojonov, A. R. Raximov
Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritishni tashkil etish
Download 0.9 Mb.
|
Davlat kadastri asoslari
Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritishni tashkil etish. Davlat suv kadastrini tashkil etish va yuritishning umumiy masa la lari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidromereorologik xizmati markazining Davlat suv kadastrini yuritish bo'yicha funksiyalari O'zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo'mitasining Davlat suv kadastrini yuritish bo'yicha funksiyalari 0‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xojaligi vazirligining Davlat suv kadastrini yuritish bo'yicha funksiyalari Davlat suv kadastrini tashkil etish va yuritishning umumiy masalalari.
Davlat suv kadastri ma’lumotlari respublika, viloyatlar, Qoraqalpog'iston Respublikasi hududlari, daryo havzalari, havza irrigatsiya tizimlari bo'yicha, yerosti suvlari bo'limi bo'yicha esa gidrogeologiya mintaqalari bo'yicha ham tizimlashtiriladi va nashr etiladi. Yerusti suv resurslari, ularning sifati va xo’jalik faoliyati ta’siridagi o'zgarishlar to'g'risidagi ma’lumotlar suv obyektlari va ularning maydonlari, davlat va davlatlararo ahamiyatga ega bo'lgan daryo havzalari, havza irrigatsiya tizimlari, viloyatlar va umuman respublika bo'yicha umumlashtiriladi. Yerosti suv resurslari, ularning sifati va xo'jalik faoliyati ta’siridagi o'zgarishlar to'g'risidagi ma’lumotlar konlar, daryo havzalari va ularning maydonlari, suvli gorizontlar va yerosti suvlari havzalari, viloyatlar hamda umuman respublika bo'yicha umumlashtiriladi. Yerosti suvlari resurslarini baholash ularning yerusti suvlari bilan o'zaro bog'liqligini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Suvdan foydalanish to'g'risidagi ma’lumotlar davlat ahamiyatiga ega bo'lgan daryo havzalari, havza irrigatsiya tizimlari, alohida muhim suv xo'jaligi obyektlari, viloyatlar va umuman respublika bo'yicha, shuningdek, suvdan foydalanish turlari va iqtisodiyot tarmoqiari bo'yicha umumlashtiriladi. Davlat suv kadastrini yuritish tizimining yagonaligini ta’minlash uchun Davlat geologiya qo'mitasi hamda Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan Davlat suv kadastrini yuritishga oid uslubiy ko'rsatmalar, Davlat suv kadastri nashrlari maketlari va Davlat suv kadastri bo'yicha boshqa me’yoriy-texnik hujjatlar «0‘zgidromet» markazi bilan kelishib olinishi kerak. Suvdan foydala- nuvchilami suv resurslari va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlar bilan ta’minlashda tezkorlikni oshirish, shuningdek, iste’molchilaming talablarini hisobga olgan holda ma’lumotlami qayta ishlash va umumlashtirish darajasini oshirish uchun «0‘zgidromet» markazi, Davlat geologiya qo‘mitasi hamda Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi tomonidan suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi tashkil etiladi. Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi «0‘zgidromet* markazi, Davlat geologiya qo‘mitasi hamda Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yagona texnik topshiriq asosida «0‘zgidromet* markazi, Davlat geologiya qo'mitasi hamda Qishloq va suv xo'jaligi vazirligining tarmoq axborot tizimlari negizida loyihalashtiriladi va tashkil etiladi. Davlat suv kadastrini yuritish uchun yerusti suvlari, yerosti suvlari va suvdan foydalanish bo‘limlari bo'yicha Davlat suv kadastrining idoralararo bosh markazi, Davlat suv kadastri ido- ralarga qarashli bosh markazlari tashkil etiladi. Davlat suv kadastri idoralararo bosh markazi funksiyasini «0‘zgidromet* markazining 0‘rta Osiyo gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti bajaradi. Davlat suv kadastrining idoralararo bosh markazlarining, Davlat suv kadastrining hududiy markazlari va mahalliy organlarining funksiyasi tegishli me’yoriy hujjatlar bilan belgilanadi. 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazining Davlat suv kadastrini yuritish bo'yicha funktsiyalari. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi: davlat geologiya qo'mitasi hamda Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi bilan birgalikda Davlat suv kadastrining umumiy prinsip- larini va ilmiy-uslubiy asoslarini, Davlat suv kadastrini yuritish, Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimini loyihalash va tashkil etish tartibini ishlab chiqadi; davlat suv kadastrini tashkil etish va yuritishga oid barcha ishlami muvofiqlashtiradi, yo'naltiradi va birlashtiradi; davlat geologiya qo'mitasi hamda Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi bilan birgalikda Davlat suv kadastrining idoralararo me’yoriy-texnik hujjatlarini (shu jumladan Davlat suv kadastrining qo‘shma nashrlari maketini), shuningdek, Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi uchun idoralararo loyiha hujjatlarini ishlab chiqadi; davlat geologiya qo'mitasi hamda Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan Suv kadastrini yuritishga oid uslubiy ko'rsatmalami, DSK nashrlari maketini va DSKga oid boshqa me’yoriy-texnik hujjatlarni, shuningdek, DSKning avtomatlashtirilgan axborot tizimi uchun loyiha hujjatlarini kelishib oladi; 1) davlat geologiya qo'mitasi hamda Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi mutaxassislarini jalb qilgan holda yerusli suvlari va yerosti suvlari hamda ulardan foydalanish to'g'risidagi ma’lumotlami yig'ma tahlil qilishni, bog'lashni va umumlashtirishni bajaradi, Davlat suv kadastrining qo'shma nashrlarini chiqarishga tayyorlaydi va nashr qiladi; davlat geologiya qo'mitasi hamda Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi bilan birgalikda Davlat suv kadastri axborotnomasini nashr etishga tayyoriaydi; «yerusti suvlari» bo'limi bo'yicha Davlat suv kadastrini ishlab chiqishni va yuritishni, shu jumladan: bo'lim bo'yicha Davlat suv kadastrini (jumladan, Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimini) yuritish tizimini ishlab chiqish va takomillashtirishni; yerusti suvlarining klassifikatorlarini ishlab chiqishni; yerusti suvlari to'g'risidagi axborotlami to'plash, nazorat qilish, qayta ishlash va umumlashtirishga oid usullarni, algoritm- lami va mashinalashtirilgan dasturlami ishlab chiqishni; axborotlami kodlashtirish va saqlash usullarini ishlab chiqishni; bo'lim bo'yicha Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi funksional va idoraviy kichik tizimlami loyihalash, smash, joriy etish va takomillashtirishni; Suv kadastri hududiy markazlari va mahalliy organlari uchun Davlat suv kadastrini yuritishga oid uslubiy ko'rsatmalarni, bo'lim bo'yicha Suv kadastri nashrlari maketlarini va boshqa me’yoriy-texnik hujjatlami ishlab chiqishni; yerusti suvlari to'g'risidagi ma’lumotlami yig'ish, nazorat qilish, qayta ishlash, saqlash va ulami foydalanuvchilar so'roviga ko'ra berishni: yerusti suvlari resurslarini joriy va istiqbol uchun hamda ulaming xo'jalik faoliyati ta'siridagi o'zgarishlarini baholashni; Davlat suv kadastri nashrlarini chiqarishga va e’ion qilishga tayyor- lashni; o'ziga qarashli muassasalar hamda tashkilotlar tomonidan bajariladigan Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritishga oid ishlarga rahbariik qilish, rejalashtirish va ulaming bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiradi. «Yerosti suvlari* va «Suvdan foydalanish* bo‘limlari bo'yicha Davlat suv kadastrini yuritish uchun zarur bo'lgan yerusti suvlari to'g'risidagi ma’lumotlami Davlat geologiya qo'mitasiga hamda Qishloq va suv xo'jaligi vazirligiga berilishini ta’minlaydi. O'zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qomitasining Davlat suv kadastrini yuritish bo'yicha funksiyalari. O'zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo'mitasi: «Yerosti suvlari* bo'limi bo'yicha Davlat kadastrini ishlab chiqishni va uni yuritishni, shu jumladan: bo'lim bo'yicha Davlat suv kadastrini (jumladan, Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimini) yuritish tizimini ishlab chiqish va takomillashtirishni; yerosti suvlarining klassifikatorlarini ishlab chiqishni; yerosti suvlari to'g'risidagi axborotlami to'plash, nazorat qilish, qayta ishlash va umumlash- tirishga oid usullarni, algoritmlarni va mashinalashtirilgan dasturlami ishlab chiqishni; axborotlami kodlashtirish va saqlash usullarini ishlab chiqishni; bo'lim bo'yicha Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi funksional kichik tizimlarni loyihalash, sinash, joriy ctish va takomillashtirishni; Suv kadastri hududiy markazlari va mahalliy organlari uchun Davlat suv kadastrini yuritishga oid uslubiy ko'rsatmalarni, bo'lim bo'yicha Suv kadastri nashrlari maketlarini va boshqa me’yoriy-texnik hujjatlarni ishlab chiqishni; yerosti suvlari to'g'risidagi ma’lumot- larni yig'ish, nazorat qilish, qayta ishlash, saqlash va ularni foydalanuvchilar so'roviga ko'ra berishni; yerosti suvlari resurslarini joriy va istiqbol uchun hamda ulaming xo'jalik faoliyati ta’siridagi o’zgarishlarini baholashni; «Yerosti suvlari» bo’limi bo’yicha Davlat suv kadastri nashrlarini chiqarish va e’lon qilishga tayyorlashni; o’ziga qarashli muassasalar hamda tashkilotlar tomonidan bajariladigan Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritishga oid ishlarga rahbarlik qilish, rejalashtirish va ularning bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiradi. Davlat suv kadastrini yuritish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar loyihalarini, Davlat suv kadastri nashrlari maketlarini va Davlat suv kadastrining boshqa me’yoriy-texnik hujjatlarini, shuningdek, «Yerosti suvlari* bo‘limi bo’yicha Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga loyiha hujjatlarini kelishib olish uchun Gidrometeo- rologiya xizmati markaziga taqdim etadi. «Yerusti suvlari* bo’limi bo’yicha Davlat suv kadastrining idoralararo qo’shma nashrlarini tayyorlash va Davlat suv kadastrini yuritish uchun zarur bo’lgan yerosti suvlariga oid materiallarning Gidrometeorologiya xizmati markaziga berilishini ta’minlaydi. «Suvdan foydalanish* bo’limi bo’yicha Davlat suv kadastrini yuritish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarning Qishloq va suv xo’jaligi vazirligiga berilishini ta’minlaydi. O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligining Davlat suv kadastrini yuritish bo’yicha funksiyalari. Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi: «Suvdan foydalanish* bo’limi bo’yicha Davlat suv kadastrini ishlab chiqishni va uni yuririshni, shu jumladan: Davlat suv kadastrini (jumladan, Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimini) yuritish tizimini ishlab chiqish va takomillashtirishni; suvdan foydalanish to’g’risi- dagi axborotlami nazorat qilish, qayta ishlash va umumlashtirishga oid usullar, algoritmlarni hamda mashinalashtirilgan dasturlami ishlab chiqishni; axborotlami kodlashlirish va saqlash usullarini ishlab chiqishni; Suv kadastri avtomatlashtirilgan axborot tizimining funksional kichik tizimlarini loyihalashni, sinashni, joriy etishni va takomillashtirishni; irrigatsiya tizimlarining havza boshqar- malari, magistral kanal (tizim)lar boshqarmalari va irrigatsiya tizimlari boshqarmalari uchun Davlat suv kadastrini yuritish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalarni, Davlat suv kadastri nashrlari maketlarini va Davlat suv kadastrining boshqa me’yoriy-texnik hujjat- larining ishlab chiqishni; suvdan foydalanuvchilar, yerusti va yerosti suvlaridan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlami yig‘ish, nazorat qilish, qayta ishlash, saqlash va berishni; suvdan foydalanishni joriy va istiqbol uchun baholashni hamda suv xo'jaligi hisobot balanslarini tuzishni; «Suvdan foydalanish» bolimi bo‘yi- cha Davlat suv kadastri nashrlarini chiqarish va e’lon qilishga tayyorlashni; o‘ziga qarashli muassasa hamda tashkilotlar tomoni- dan bajariladigan Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritishga oid ishlarga rahbarlik qilish, rejalashtirish va ulaming bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiradi. Davlat suv kadastrini yuritish bo'yicha uslubiy ko‘rsatmalar ioyihalarini, Davlat suv kadastri nashrlari maketlarini va Davlat suv kadastrining boshqa me’yoriy- texnik hujjatlarini, shuningdek, «Suvdan foydalanish» bo‘limi bo‘yicha Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga oid loyiha hujjatlarini kelishib olish uchun Gidrometeo- rologiya xizmati markaziga taqdim etadi «Yerusti suvlari» bo’limi bo‘yicha Davlat suv kadastrining idoralararo qo‘shma nashrlarini tayyorlash va Davlat suv kadastrini yuritish uchun zarur bo’lgan suvdan foydalanishga oid materiallaming Gidrometeorologiya xizmati markaziga berilishini ta’minlaydi. «Yerosti suvlari» bo'limi bo‘yicha Davlat suv kadastrini yuritish uchun zarur bo'lgan ma’lu- motlaming Davlat geologiya qo'mitasiga berilishini ta’minlaydi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling