D. S. Yarmatova, A. R. Bobojonov, A. R. Raximov


Download 0.9 Mb.
bet53/71
Sana11.05.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1451063
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   71
Bog'liq
Davlat kadastri asoslari

Tabiiy pitomniklar. O‘simliklar va hayvonlarning ayrim turlariga zarur sharoit yaratish yo‘li bilan ularni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tikiash uchun mo‘ljallangan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tabiiy pitomniklar hisoblanadi, Tabiiy pitomniklar yuridik yoki jismoniy shaxslaming iltimosnomasiga binoan mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan tashkil ctiladi.
Tabiiy pitomniklar davlatga qarashli yoki xususiy, yuridik shaxs tashkil etgan holda yoki yuridik shaxs tashkil etmagan holda bo‘ lishi mumkin.
Xususiy tabiiy pitomniklami va yuridik shaxs tashkil etgan holdagi davlat tabiiy pitomniklarini tashkil qilish uchun yer uchastkalari va ayrim tabiiy obyektlar beigilangan tartibda beriladi. Tabiiy pitomnik qaysi o‘simliklar va hayvonlar uchun mo'ljallangan bo‘lsa, shu pitomnikning hududida shu o‘simliklar va hayvonlar­ning saqlab qolinishi, takror ko‘paytirilishi va tiklanishiga xavf soladigan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Baliq xo'jaligi zonalari. Suv obyektlarini yoki ulaming qism- larini o'z ichiga oladigan, noyob va yo'qolib ketish xavfi ostida turgan baliqlar va boshqa suv oiganizmlari turlarini saqlab qolish, takror ko'paytirish va tikiash uchun, shuningdek, baliq xo'jaligi ehtiyojlari uchun foydalaniladigan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar baliq xo'jaligi zonalari hisoblanadi.
Baliq xo'jaligi zonalari tabiatni muhofaza qilish, qishloq va suv xo'jaligi organlarining taqdimnomasiga binoan O'zbekislon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etiladi. Baliq xo'jaligi zonalarida baliqlar va boshqa suv organizmlarining saqlab qolinishi, takror ko'paytirilishi va tiklanishiga xavf soladigan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Ayrirn tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo'ljallangan hududlar. Ayrirn tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo'ljallangan hududlarning turlari. O'rmon fondining eroziyaga qarshi barpo etilgan o'rmonlar, shahar o'rmonlari, shaharlarning. boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining yashil mintaqalari atrofidagi o'rmonlar, alohida qimmatli o'rmonlar, yong'oqzorlar, mevali daraxtzorlar, ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga molik o'rmonlar egalla- gan yerlari, shuningdek, ovchilik xo'jaliklarining o'simlik va hayvonot dunyosidan oqilona foydalanish uchun mo'ljallangan yer uchastkalan ayrirn tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo'ljal­langan hududlar jumlasiga kiradi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling