D. S. Yarmatova, A. R. Bobojonov, A. R. Raximov


Temiryo'l transporti yerlari


Download 0.9 Mb.
bet56/71
Sana11.05.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1451063
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71
Bog'liq
Davlat kadastri asoslari

Temiryo'l transporti yerlari. Temiryo'l transport! yerlari jumlasiga davlat tomonidan temiryo'l transport! korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga temiryo'l transport) inshootlari, qurilmalari va boshqa obyektlaridan foydalanish, ularni saqlash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, takomillashtirish va rivojlantirish sohasida ular zimmasiga yuklatilgan vazifalami amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga berilgan yerlar kiradi. Temi­ryo'l transport! faoiiyatini ta’minlash uchun yerlar qonun hujjat- larida belgilangan tartibda beriladi. Temiryo'l transport! yerlaridan ajratiigan mintaqa doirasida foydalanish tartibi davlat temiryo'l transportini boshqarish organi tomonidan qonun hujjadariga muvofiq belgilanadi.
Temiryo'l transportining muhofaza zonalari. Aholi xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, yer ko'chishi. yer cho'kishi, suv oqizib ketishi, sei olishi va boshqa xavfli ta’sirlarga uchrashi mumkin bo'lgan yerlarda joylashgan temir yo'llardan hamda temiryo'l transportining boshqa obyektlaridan bir me’yorda foydalanish maqsadida muhofaza zonalari belgilanadi. Muhofaza zonalarini belgilash tartibi, ularning o'lchamlari, bu maqsad uchun ajratiigan yerlardan foydalanish rejimi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Temiryo'l qatnoviarining turlari va maxsus' tashishlar. Temiryo'l qatnovlari quyidagi turlarga bo'linadi: ichki qatnovlar — yuklar.
yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagajini O‘zbekiston Respublikasi doirasida tashish; xalqaro qatnovlar — yuklar, yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagajini O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar o‘rtasida tashish; to‘g‘ri aralash qatnovlar — yuklarni yagona transport hujjati bo‘yicha transportning har xil turlarida tashish. To‘g‘ri aralash qatnovlar ham ichki, ham xalqaro boMishi mumkin. Alohida muhim davlat ehtiyojlarini, shu jumladan, mudofaa ehtiyojlarini qondirish uchun yuklarning maxsus turlari tashili- shini ta’minlovchi tashishlar maxsus tashishlar jumlasiga kiradi.
Idoralarga qarashli temiryo‘1 shoxobcha yo‘llari jumlasiga xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mulki bo‘lgan va umumiy foyda- lanishdagi temir yo‘llar bilan tutashadigan temir yo'llar kiradi. Idoralarga qarashli temiryo‘1 shoxobcha yorilarining ishlash shart- sharoitlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Idoralarga qarashli temiryo‘1 shoxobcha yo‘llarining mulkdorlari va temiryo‘l trans­port! korxonalari o‘rtasidagi munosabatlar shartnoma bilan belgilanadi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling