D. S. Yarmatova, A. R. Bobojonov, A. R. Raximov
Tabiat bog'larining hududlari
Download 0.9 Mb.
|
Davlat kadastri asoslari
Tabiat bog'larining hududlari. Tabiat bog'larining hududlari tabiat bog'lariga foydalanishga berib qo'yiladigan yer uchast- kalarida, shuningdek, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning tabiat bog'lari chegaralari doirasidagi yeruchastkalaridajoylashadi.
Tabiat bog'lari tashkil etilayotganda ularning hududi zonalarga bo'linadi. Tabiat bog'larining hududida qo'riqxonaga aylantirilgan zonalar. rekreatsiya, xo‘jalik maqsadida va boshqa tarzda foyda- lanish zonalari ajratib qo‘yiladi. Aholini sog'lomlashtirish uchun sharoit bo'lgan taqdirda tabiat bog'larida kurort tabiiy hududlar uchun nazarda tutilgan rejimli kurort zonalar ajratib qo'yiladi. Tabiat bog'lari zonalarining o'lchamlari va chegaralarini o'zgar- tirish, ular qaysi davlat organlarining tasarrufida bo'lsa, shu organlar tomonidan, davlat ckologiya ekspcrtizasi xulosasini ino- batga olgan holda amalga oshiriladi. Tabiat bog'larining rejimi. Tabiat bog'lari hududida zonalarga bo'linishga muvofiq tabaqalashtirilgan rejim o'rnatiladi. Tabiat bog'larining qo'riqxonaga aylantirilgan zonalarida davlat qo'riq- xonalari uchun nazarda tutilgan rejim o'rnatiladi. Tabiat bog'larining rekreatsiya zonalari tabiiy obyektlar va majmualarning holatiga qarab turli rejimli uchastkalarga bo'linishi mumkin. Tabiat bog'larining xo'jalik maqsadida va boshqa tarzda foydalanish zonalarida aholining istiqomat qilishiga, yuridik va jismoniy shaxslarning tabiiy obyektlar va majmualatga zarar yetkazmaydigan faoliyatiga yo'l qo'yiladi. Har bir zonaning rejimi tabiat bog'lari to'g'risidagi nizomlarda bclgilanadi. Tabiat bog'larining hududida quyidagilar taqiqlanadi: daraxt va butalami kesish (parvarishlash yo'sinidagi va sanitariya maqsadidagi kesish bundan mustasno); gidrologik va gidrogeologik rejimni o'zgartiradigan harakatlar; tuproq eroziyasini, o'simlik va hayvonot dunyosining tanazzulini keltirib chiqaruvchi harakatlar; tabiat bog'larining faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan yo'l va muhandislik-kommunikatsiya ishlarim amalga oshirish; chiqin- dilami saqlash va ko'mish, oqava suvlami oqizish; tirik organizm- larning yangi va kenja turlarini iqlimlashtirish maqsadida joylash- tirish. Tabiat bog'larida tabiiy obyektlar va majmualarga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan faoliyatning boshqa turlari ham cheklanishi yoki taqiqlanishi mumkin. Tabiat bog'larining faoliyat ko'rsatishi uchun yo'llar, boshqa kommunikatsiyalar va inshootlar qurilishi zarur bo'lgan hollarda buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, barcha tabiatni muhofaza qilish yo'nahshidagi tadbirlami amalga oshirish albatta nazarda tutiladi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling