Kadastr ishiga doir hujjatlar
Kadastr ishiga quyidagi hujjatlar va ashyolar kiradi:
ko'chmas mulk obyektini shakllantirish haqida kadastr xiz- matiga yer uchastkasi, bino yoki inshootdan foydalanish huqu- qini qo'lga kiritgan yuridik yoki jismoniy shaxsning arizasi;
kadastr ishlarini bajarish haqida, huquqni qo'lga kiritgan yuridik yoki jismoniy shaxs bilan kadastr xizmati idonisi o'rtasida tuzilgan shartnoma;
kadastr ishlarining bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlaming nusxasi;
kadastr ishlarini bajarish uchun tuzilgan texnik topshiriq;
yer uchastkalari, imoratlar, boshqa yer maydonlari, muho- faza yerlari;
chegara chiziqlarining qayrilish nuqtalarini koordinatalarini hisoblash jadvali, yer uchastkalari, imoratlar, boshqa yer maydonlari, muhofaza yerlari haqida ma’lumotlar.
Ko'chmas mulkka egalik huquqini davlat tomonidan qayd qilishga doir ma’lumotnomani tuzish
Ko‘chmas mulkka egalik huquqini davlat tomonidan qayd qilishga doir ma’lumotnomada yer uchastkasidan foydalanish huquqini qayd qilish kitobiga yozish uchun zarur bo'ladigan yuridik, texnik va iqtisodiy hujjatlar va dalillar keltiriladi.
Qayd qilishga doir ma’lumotnoma yer uchastkasi, bino va inshootlarning har biriga alohida-alohida tuziladi. Ma’lumotno- malaming tarkibi, mazmuni yer uchastkasiga doir egalik huquqiga va bino yoki inshootning kadastr kitobiga mos ravishda tuzilishi kerak.
Boshlang'ich xarajatlarga qaramasdan, uy-joy xo'jaligidan foydalanish yanada unumli bo'lishi uchun, uni yaxshilab texnik hisobdan o‘tkazish va o‘z vaqtida unga tegishli o'zgartirishlaming kirililishi muhim o‘rin egallaydi.
Ayrim shaharlarda yashash joylarini og'ir texnik ro‘yxatdan o'tkazish natijasida uy-joy va ijaradan foydalanish uchun berila- digan to'lovlarning miqdori bir necha ming so'mga oshib ketdi. Bu esa, mazkur shaharlarda aniqlanmagan yoki noto'g'ri belgilangan maydonlaming naqadar ko'pligini aniqlash imkonini berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |