D. S. Yarmatova, A. R. Bobojonov, A. R. Raximov


Yerlami iqtisodiy baholashning asosiy mezonlari


Download 0.9 Mb.
bet22/71
Sana11.05.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1451063
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   71
Bog'liq
Davlat kadastri asoslari

Yerlami iqtisodiy baholashning asosiy mezonlari
Yerlarni iqtisodiy baholash - yerning qishloq xo'jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatidagi solishtirma qiymatini aniqlash demakdir. Bu ko'rsatkichlar ham nisbiy kattalik. ya’ni ballar, ham absolut ko'rsatkichlar, ya’ni ycrga hisoblab chiqilgan shartli narxlarda bo'lishi kerak.
Shunga alohida ahamiyat berish zarurki. yerni iqtisodiy ba­holash va tuproqlarni bonitirovka qilish o'rtasida uzviy bog'liqlik va bir-biriga nisbatan keskin farq mavjud. Tuproqlarni bonitirovka qilishda ishlab chiqarish sharoitlari einas, asosan, o'simlik o'sishi uchun zarur bo'lgan tabiiy xossalari hisobga olinib, guruhlarga bo'linadi. Iqtisodiy baholashda esa yerning tabiiy sifati va ishlab chiqarish ko'rsalkichlari uning tabiiy-iqtisodiy sharoitlariga mos ravishda hisobga olinadi. Ularning o'zaro bog'liqligi shundan iboratki, tuproqlarni bonitirovka qilish natijalari yerlami iqtisodiy baholashda asos sifatida olinadi.
Qayd qilish zarurki, respublikamiz iqlisodiyot tarmoqlarida, jumladan, qishloq xo'jaligida bozor munosabatlarini rivojlanib borayotganligi mavjud yer maydonlarini iqtisodiy jihatdan me'yoriy baholash zaruriyatini tug'dirdi. Qishloq xo'jalik yerlarini me’yoriy baholash natijalari, asosan, shirkat xo’jaliklarini fermer xo'ja- liklariga aylantirish, yer solig'i stavkalarini aniqlash, belgilangan me’yorda ajratilganidan tashqari qishloq joylarida uy-joy qurish va dehqon xo'jaligiga yer berish, bank tomonidan krcdit berish, yer uchastkalarini kimoshdi savdosi (auksionlar) orqali sotish uchun boshlang'ich bahosini belgilash hamda qonunda ko'zda tutilgan boshqa hollar uchun qo'llaniladi.
Barcha qishloq xo'jalik yer maydonlari yerlarni iqiisodiy (me’yoriy) baholash obyekti bo'lib xizmat qiladi. Bunda yerlarni baholash bo'yicha belgilangan hududiy hisob birliklari quyi- dagilardin

  • ichki xo'jalik miqyosida: tuproq sifaii bo'yicha (boniteti) bir xil bo'lgan haydalnia yerlar va boshqa qishloq xo'jalik yerlarining alohida uchasikalari. Bunday hoida yerlarning bahosi ichki xo'jalik masalalarini hai qilish, dehqon va fcmier xo'jaliklarini tashkil etish, qurilishlar, sug'oriladigan yerlarni tekislash maqsadlari uchun aniqlanadi;

  • umumiy jihatdan (umumiy yer maydoni bo'yicha) yerlar­ning bahosi yer uchun soliq siavkasi miqdorlarini hisoblash, yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarni garovga qo'yib bankdan kredit olish, pay miqdorlarini aniqlash uchun hisoblanadi.

Qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchi yerdan foydalanuvchilar yerlarni iqtisodiy baholash subyektlari hisoblanadi.
Yerlarni iqtisodiy jihatdan baholash jarayonida sug'oriladigan yerlarni baholash muhim amaliy ahamiyatga ega. Ekinlarni yetish- tirish uchun muhim hisoblangan yerning tabiiy xususiyatlari bo'yicha qiyosiy bahosi (tuproq bonitirovkasi) va qiymat ko'rsat- kichi sifatidagi me’yoriy sof daromad sug'oriladigan yerlarning bahosini aniqlash uchun asos qilib olinadi.
Tuproqning tabiiy unumdorligi, mahsuldorligi hamda qishloq xo'jaligiga yaroqliligini hisobga olgan hoida bonitet ballari bo'yicha respublikadagi sug'oriladigan yerlarning 10 ta sinfi belgilangan. Agronomiya nuqtayi nazaridan bonitet bahosining ballari qishloq xo'jalik ekinlarini kadastr bo'yicha hisoblanagan hosildorliklari orqali belgilanadi. Bu esa o'z navbatida 100 ballik baholash shkalasidan 1 gektardan olinadigan hosilning sentnerdagi o'lchami, ya’ni ts/ga hisobida I ballga to'g'ri keladigan har bir asosiy qishloq xo'jalik ekini uchun hisoblanadi.
Respublika qishloq xo'jaligi vazirligi tomonidan 2001-yilda ' tasdiqiangan «(Uzbekistan Respublikasi sug‘oriladigan tuproqlami ! bonitirovka qilish» uslubiyatiga muvofiq qabul qilingan bonitet ballari bo‘yicha asosiy qishloq xo'jalik ekinlarini kadastr hosil dorliklari 8-jadvalda keltirilgan.
8-jadva!

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling