D. S. Yarmatova, A. R. Bobojonov, A. R. Raximov


Download 0.9 Mb.
bet20/71
Sana11.05.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1451063
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   71
Bog'liq
Davlat kadastri asoslari

XQ = YM/X,
bunda YM- birgektarga to'g'ri keladigan mahsulotning qiyrnati (yalpi qiymat umumiy baholash uchun ma’lum ekinda yakka tartibda baholash uchun).
X — umumiy mehnat xarajatining pul birligidagi qiyrnati (1 gektar haydalma yer hisobida yoki aniq ekinning 1 gektar maydoni hisobida).
Bir gektar hisobida tabaqalangan daromad miqdorini aniqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1. Sof daromadning qiyrnati hisoblanadi:
CD = YM -X.
и 2. Bir gektar hisobida normal sof daromadning (SDm) qiymati aniqlanadi:
5Zbi= 0,15 •(/■•£□,
’ 'or ’
bunda Fas asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati (yerlarni umumiy baholashda 1 gektar haydalma yer hisobida va xususiy baholashda — 1 gektar ma’lum ekin maydoni hisobida);
Foy aylanma fondlarining qiymati (1 gektar haydalma yer va 1 gektar ma’lum ekin maydoni hisobida).
Aylanma fondlarning qiymati quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
F = 4
bunda: A. ■ 1 gektar hisobida asosiy vositalar amortizatsiyasi (umumiy baholash uchun — dehqonchilik bo'yicha, xususiy baholash uchun — aniq ekinlar bo'yicha).
Normal sof daromadning qiymati berilgan yer baholash rayoni xo'jaliklari bo‘yicha bir xil qilib belgilanadi.
3. Tabaqalangan daromad (777) sof daromadning normal qiymatidan yuqori qismidagi qo'shimcha kabi hisoblanadi:
TD = SD- SDm.
Olingan ko‘rsatkichlar asosida kadastr rayoni bo‘yicha yer maydonlarini iqtisodiy baholash shkalasi tuziladi. Baholash shkalasi jadval ko'rinishida bo'lib, yer turlari bo'yicha barcha baholash birliklari mahsuldorligi va unumdorligi darajasini nisbiy ko‘r- satkichlarda eritadi. Shkala, asosan, yer maydonlarining sifatini xarakterlaydigan turli ko‘rsatkichlar bo‘yicha tuziladi.
Dehqonchilikning samaradorlik darajasi ishlab chiqarish xara- jatlarining miqdori bilan, ishlab chiqarish unumdorligi — xarajat- larni qoplash bilan, daromad darajasi — tabaqalangan daromad­ning qiymati bilan aniqlanadi,
Baholash shkalalari tuproq guruhlari bo‘yicha hisoblangan baholash ko‘rsatkichlarini nisbiy qiymatlar (ballar)da qayta hi- soblash yo*li bilan tuziladi. Bunda sug'oriladigan mintalaqalar bo‘yicha, asosan, yopiq mintaqa tuziladi, qaysiki bu shkalada eng yuqori sifatga ega bo’lgan yerlarning ko’rsatkichlari 100 ballga tenglanadi.
Yer baholash ishlarini quyidagi bosqichlarda o’tkazish belgilangan: tayyorgarlik ishlari, yer maydonlarini rayonlasht Irish, tuproqlaming agroishlab chiqarish guruhlarini aniqlash, baholash shkalalarini tuzish maqsadlari uchun hosildorlik va xarajatlaming bazis qiymatlarini hisoblash. xo’jaliklarda yer baholash ishlarini o’tkazish, baholash materiallarini qarab chiqish hamda tasdiqlash, yer baholash hujjatlarini tayyoriash va tarqatish.
Yer maydonlarini bahoiashning markaziy zvenosi — bu baho­lash uchun bazis ko’rsatkichiarini aniqlashdir. Bazis ko’rsatkichlar qanchalik to’g’ri va aniq hisoblansa, baholash natijalari ham shun- chalik obyektiv bo’ladi.
Umumttifoq meiodikasiga binoan O‘zbekision sharoiti uchun quyidagi bazis ko’rsatkichlar qabul qilingan: yerlarni umumiy baholash uchun yalpi mahsulotining qiymati va umumiy mehnat xarajatlari yerlarni xususiy baholash uchun — hosil­dorlik hamda umumiy mehnat xarajatlari (1 gektar guza hiso- bida).
Shkalalar tuzish uchun iqtisodiy bahoiashning obyekti bo’lib yer baholash guruhlari xizmat qiladi. Har bir yer baholash guruhi uchun iqtisodiy-statistik ma'lumotlar bo’yicha xo’jaliklar tanla- nadi. Har bir guruh bo’yicha ko’rsatkicblaming o'rtacha qiymat- lari hisoblanadi.
Har bir hisoblash guruhini tavsiflash maqsadi uchun taniashga shunday xo’jaliklar kiritiladiki, qaysiki bu xo’jaliklar haydalma maydonlari yoki qishloq xo'jalik yerlarining 75 foizdan ortig’i bir tuproq guruhiga, qolgani ham unumdorligi bo’yicha asosiy guruhdan farq qiladigan guruhga kirgan bo’lishi zarur.
Har bir yer hisoblash guruhining ckinlar va yer turlari bo’yicha tipik tanlashning o’rtacha ko’rsatkichlari umumiy hamda xususiy baholash shkalasining asosini tashkil qiladi.
Bunda har qaysi guruhning eng yuqori ko’rsatkichlari 100 ball deb qabul qilinadi va bir ballning miqdoriy qiymati aniqlanadi.
Shundan keyin hamma yer maydonlarining tuproq guruhlari bo’yicha ballar hisobida baholash ko’rsatkichlari hisoblanadi.
Viloyat bo'yicha baholash shkalalari hamda yer baholash guruh- larining maydonlariga ega bo'lgan holda viloyat, tuman va xo'jaliklar bo'yicha iqtisodiy baholashni amalga oshirishi mumkin.
Ma’muriy tuman chegarasida yer baholash ishlarini o'tkazish, asosan, alohida xo'jalik maydonlariga yer materiallarini umum- lashtirgan holda jami tuman bo'yicha baholash ko'rsatkichlarini o'rtacha keltirilgan qiymatlarini aniqlashdan iborat. Bunda ikki holat kuzatilishi mumkin.
Birinchisi holatda ma’muriy tuman barcha hududi kadastr rayoni chegarasida joylashgan bo'lsa, ikkinchisida ma’muriy tuman yerlari ikki yoki undan ortiq kadastr rayonlari tarkibida bo'lishi mumkin.
Birinchi holatda yer baholashning o'rtacha keltirilgan ko'rsat- kichlari tumanning barcha yerlari uchun bitta shkala bo'yicha aniqlanadi. Keying! holatda esa o'rtacha keltirilgan ko'rsatkichlar turli kadastr rayonlari tarkibiga kirgan hududiy tuman qismlari uchun alohida shkalalardan olinadi.
Yer bahosining o'rtacha keltirilgan ko'rsatkichlari quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling