D. S. Yarmatova, A. R. Bobojonov, A. R. Raximov
Bino va inshootlar davlat kadastri
Download 0.9 Mb.
|
Davlat kadastri asoslari
Bino va inshootlar davlat kadastri. 0‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida bozor munosabatlarining rivojlana borishi yer munosabatlarini tubdan qayta qurish bilan bir qatorda ushbu yer maydonlari bilan mustahkam bog'liq bo'lgan ko'chmas niulklar, ya’ni bino va inshootlar hamda ular bilan bo'ladigan turli hara- katlarni tartibga solishni talab qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, Davlat kadastrlarining yagona tizimi tarkibida bino va inshootlar davlat kadastrining yuritilishini taqozo qiladi.
Bino va inshootlar davlat kadastrini yuritish tizimi — bu kadastr axborotlarini to'plash, qayta ishlash, hisobga olish, bir tizimga keltirish, saqlash, yangilab turish va foydalanuvchilarga berishdan ibo ratdir. Binoiar va inshootlar davlat kadastri bino, inshootlardan samarali foydalanish va ulami muhofaza qilishni, mulk egalari- ning va shu obyektlardan boshqa foydalanuvchilaming huquq- larini, shuningdek, bino va inshootlarga egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar davlat ro'yxatidan o'tkazilishini ta’minlash uchun yuritiladi. Bino va inshootlar davlat kadastri ma’lumotlari barcha davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy yuridik kuchga egadir. Kadastr hujjatlari bino va inshootlar bilan fuqarolik-huquqiy bitishuvlarni amalga oshirish, ularni soliqqa tortish, loyihalashtirish va boshqa yuridik hara- katlarda huquqiy, iqtisodiy va tcxnik ma’lumotlar sifatida qabul qilinadi. Bino va inshootlar davlat kadastrini yuritish bu obycktlar to'gTisidagi kadastr ma’lumotlarini shakllantirishdagi ishonchli hujjatlar va boshqa ma’Iumotlardan foydalanilgan holda amalga oshiriladi. Bino va inshootiami davlat ro‘yxatidan o'tkazuvchi shaxslar davlat ro'yxatidan o'tkazishda qonun buzilishlarini bilib qolgan taqdirda, bu to'g'rida tegishli davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar yoki prokuraturaga xabar berishlari kerak bo'Iadi. Mulk ega bo'lgan yoki binolar va inshootlarga ashyoviy huquqlarga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar ularga tegishli bino va inshootlar davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi hujjatlarga ega bo‘lishlari kerak. Odatda, bino va inshootni davlat ro‘yxatidan o'tkazish majburiyati mulk egasiga yoxud bino yoki inshootga ashyoviy huquqlarga ega bo'lgan shaxsga yuklanadi. Ular bino yoki inshootni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo yicha barcha yoki ayrim majburiyatlarini uchinchi shaxslarga yuklashlari mumkin. Bu huquq va majburiyatlami ro'yobga chiqarish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Bino va inshootlar meros qilib olingan taqdirda bino va inshootlarga egalik huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar merosxo‘r yoki davlatga qonunchilikda belgilangan tartibda o‘tgandan keyin davlat ro‘yxatidan o'tkaziladi. Bino va inshootlar davlat kadastrini tashkil etish va yuritish tuman, shahar ko'chmas mulk kadastri xizmatiga yuklanadi. Bu xizmat kadastr hujjatlarini va kadastr ma’lumotlarini ruxsatsiz olish va oshkor etishdan himoya qilinishini ta’minlashi zarur. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish ham an’anaviy (kadastr kitobida ro'yxatdan o'tkazish, kadastr planiga kiritish) ham avtomatlashtirilgan (ma’lumotlaming kompyuter bankini yaratish) usullarda amalga oshiriladi. Bino va inshootlar davlat kadastrini yuritish uch bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqich — bino va inshootlaming tuman, shahar darajasidagi huquqiy, xo'jalik hamda me’moriy-qurilish maqomi to'g'risida ma’lumotlar to'plash va kadastr kitobida ro'yxatdan o'tkazish; ikkinchi bosqich — obyektlami chizmada joylashtirgan holda kadastr planini tuzish; uchinchi bosqich — oldingi bosqichlarda olingan ma’lu- motlarni hisobga olgan tarzda ma’lumotlarning kompyuter bazasini yaratish, Bino va inshootlar davlat kadastri ma’lumotlari tumanlar, shaharlar bo'yicha tuziladi, ulaming hududi hisobga olinadi va uchastkalariga bo‘linadi. Tumanlar, shaharlar va boshqa aholi yashash punktlarining kadastr bc/linishi chegaralarni belgilash va hududlarni tuman doirasida yoxud shahar, posyolka chegaralarini hisobga oiish uchastkalariga bo‘lishni bildiradi. Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar, shaharlar va aholi yashash punktlariga, shuningdek, hisobga oiish uchastkalariga kadastr ishlarini yuritish maqsadlarida yagona tizim bo‘yicha kadastr raqami(kodi) beriladi. Bino va inshootlar kadastrining tavsifini keltirishdan oldin, birinchi galda, ushbu obyektlarni ko'chmas mulk sifatidagi belgilarni aniqlash muhimdir. Ma’lumki, ko‘chmas mulk obyektlarini aniqlash, ular tarkibini ikki qismga: tabiiy (tabiat) obyektlari — yer uchastkasi, o‘rmon va ko'p yillik daraxtzorlar, alohida ajralgan suv obyektlari hamda yerosti uchastkalari (ular «tabiati bo‘yicha ko'chmas mulklar* deb ataladi) ga hamda sun’iy obyektlar (qurilishlar — bino va inshootlar) ga ajratish ko'zda tutiladi. Binolar inson hayot faoliyati uchun zarur bo'lgan xonalarning mavjudligi bilan tavsiflanadi. Maqsadli mohiyatiga qarab ular quyidagilarga bo‘linadi: uy-joylar: kamqavatli uylar (3 qavatgacha), ko‘p qavatli uylar (4 dan 9 qavatgacha), yuqori qavatli uylar ( 10 dan 20 qavatgacha), minorali uylar ( 20 qavatdan baland) ko‘chmas mulk obyektlari bo'lishi mumkin; jamoat binolari: bolalar bog'chalari, maktablar, o‘quv muassasalari, do'konlar, kasalxona va poliklinikalar, sanatoriyalar, sport inshootlari, hammomlar, kir yuvish binolari, kinoteatrlar, mehmonxonalar, teatrlar, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat ko'rsatish korxonalari, ma’muriy muassasalar va loyihalash tashkilotlarining binolari va boshqalar; 4 130 J* tijorat: restoran ofislari, do'konlar, mehmonxonalar, ijara uchun garajlar, omborxonalar, mulkiy majniua sifatidagi binolar va inshootlar; ishlab chiqarish vositalari joylashgan hamda sanoat mahsu- lotlari ishlab chiqariladigan sanoat (ishlab chiqarish) binolari; yordamchi: transformator joylashgan, nasoslar joylashgan binolar, ayvonlar va h.k,; qishloq xo‘jaligi: chorvachilik, parrandachilik fermalari binolari, issiqxonalar, pamiklar, mineral o‘g‘it omborxonalari, siloxonalar, kartoshka va sabzavotlar saqlash binolari va inshootlar va h.k; omborlar; neft va neft mahsulotlarini saqlash uchun rezerv- lar, don omborlari va elevatorlar, turli mohiyatdagi yerosti om- borlari. Inshootlar boshqacha konstruktiv yechimlar natijasida binolarga kirmaydigan xonalarining yo'qligi bilan tavsiflanadi. Inshootlaming quyidagi turlari ajratiladi: injenerli: ko'priklar, plotinalar, radiomachtalar; -hajmli: barcha tur va mohiyatdagi binolar; maydonli: sport maydonchalari, filtrlash maydoni; chiziqli: yo'llar, elektr uzatish liniyalari, tashqi quvurlar; yerusti balandli: loyihalash nuqtasidan yuqori joylashgan, minora ko‘rinishidagi inshootlar; yerusti: loyihalash nuqtasida joylashgan yollar, quvurlar; yerosti: loyihaviy nuqtadan pastda joylashgan yerto‘lalar, xonalar; chuqurli: loyihaviy nuqtadan pastda joylashgan quduqiar. Funksional mohiyati bo‘yicha bino va inshootlar 4 guruhga bo'linadi: uy-joy binolari; r ■■ ? ;. ’ ■- • , •и. —binolar; inshootlar; me’moriy va tarixiy yodgorliklar hisoblangan bino va inshootlar. Bino va inshootlarning me’moriy-konstruktiv sxemalari o‘zla- rining konstruksiyalari hamda konstruktiv yechimlari bo‘yicha keskin farqlanadi. Konstruktiv sxemalariga qarab bino va insho- ollar quyidagilarga bo'linadi: antiseysmik tadbirlarsiz qurilgan binolar; antiseysmik tadbirlar bilan qurilgan binolar. Konstruktiv yechimlari bo'yicha ular quyidagilarga bo'linadi: — g'ishtdan yoki toshdan lerilgan ushlab turuvchi dcvorli binolar; yaxlit betondan tiklangan ushlab turuvchi dcvorli binolar; yirik blokli binolar; yirik panelli binolar; karkasli binolar; hajmli-blokli binolar; yog'ochli binolar; g'isht-panelli binolar; mustahkamligi past materiallardan qurilgan binolar (tuproq materiallar). Bino va inshootlar, shuningdek, konstruktiv elementlari va injenerli jihozlanishi bo'yicha ham tasniflanadi. Bino va inshootlarning konstruktiv elementlari hamda injenerli jihozlanishi tavsifi quyidagi elementlari bo'yicha texnik kuzatuvlarning natija- lari bo'yicha tuziladi: asosi, poydevori, tirgovich devorlari, yerto'la dcvorlari, kolonnalar, devorlarva ajratuvchilar, balkonlar, rigellar, fennalar, ustyopgichlar va to'shamalar, tomi. narvonlar. potolok- lar, pollar, deraza, eshik, darvoza, vitrajlar. vitrinalar, ichki par- dozlar, tashqi pardozlar, ramalar, krantagi balkalari. krantagi yo'llari, osma yo'llar, chiroqlar. tashqi narvonlar, santexnika jihozlari, elektrjihozlari, issiq va sovuq suv ta’minoti, gaz ta’minoti va boshqalar. Maqsadli mohiyatiga qarab bino va inshootlar (ko'chmas mulk) quyidagi toifalar bo'yicha tasniflanadi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling