D tashmuxamedova
Download 5.08 Mb. Pdf ko'rish
|
Бюджет ғазна ижроси
ikkinchi
nusxasi g‘aznachilik bo‘linmalarining vakolatli va mas’ul shaxslari tomonidan imzolanadi, g‘aznachilik bo‘linmalarining muhr izi bilan tasdiqlanadi va YaG‘Hdan xarajatlar to‘lovini amalga oshirish uchun asos bo‘ladi; - G‘aznachilik bo‘linmalarining «TO‘LANDI» belgisi bilan va to‘langan sana qo‘yilgan to‘lov topshiriqnomalarining uchinchi nusxasi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birga buyurtmachilarning mas’ul xodimlariga qaytariladi. Bunda to‘lov topshiriqnomalarining: «Mablag‘larni to‘lovchining nomi» ustunida - g‘aznachilik bo‘linmasining nomi, «Mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘i» ustunida — YaG‘H, «To‘lov maqsadi» ustunida — buyurtmachining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i raqami, STIRi va nomi, byudjet tasnifining tegishli kodlari, to‘lovni o‘tkazishga asos bo‘ladigan yuridik va moliyaviy majburiyat yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek to‘lov maqsadi ko‘rsatiladi. Buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan to‘lov topshiriqnomalari mazkur Qoidalar talablariga muvofiq bo‘lganda, g‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari to‘lov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasiga «TEKShIRILDI» belgisini, to‘lov topshiriqnomalari qabul qilingan sanani va o‘zining imzosini qo‘yadi. To‘lov topshiriqnomalar mazkur Qoidalar talablariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda g‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari to‘lov topshiriqnomalarining orqa tomonida qaytarish sabablarini ko‘rsatgan 243 holda ularni buyurtmachilarning mas’ul xodimlariga qaytaradilar. To‘lov topshiriqnomalarining ikkinchi nusxasini g‘aznachilik bo‘linmalarining vakolatli va mas’ul shaxslari imzolari va g‘aznachilik bo‘linmalarining muhr izi bilan rasmiylashtirish tekshiruvlar tugaganidan so‘ng amalga oshiriladi. Bir shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan boshqa shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga mablag‘lar o‘tkazish uchun buyurtmachilar tomonidan g‘aznachilik bo‘linmalariga uch nusxada g‘aznachilik memorial orderlari taqdim qilinadi va bu nusxalar tegishli ravishda taqsimlanadi, ya’ni, bir nusxasi - g‘aznachilik bo‘linmalariga buyurtmachilarning g‘aznachilik bo‘linmalariga shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i bo‘yicha kassa xarajatlarini amalga oshirish uchun topshirig‘i bo‘lib xizmat qiladi, ikkinchi nusxasi g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan rasmiylashtirilib buyurtmachilarning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan mablag‘larni o‘tkazish uchun asos bo‘ladi, g‘aznachilik bo‘linmalarining «TO‘LANDI» belgisi bilan va to‘langan sana qo‘yilgan g‘aznachilik memorial orderlarining uchinchi nusxasi - shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardan ko‘chirma bilan birgalikda buyurtmachilarning mas’ul xodimlariga qaytariladi. Bunda g‘aznachilik memorial orderlarining «To‘lov maqsadi» ustunida To‘lov turlari bo‘yicha ma’lumotnomaga asosan tegishli to‘lov kodi, buyurtmachilarning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i raqami, STIRi va nomi, byudjet tasnifining tegishli kodlari, to‘lovni o‘tkazishga asos bo‘ladigan hujjat, shuningdek to‘lov maqsadi ko‘rsatiladi. Buyurtmachilar tomonidan taqdim qilingan g‘aznachilik memorial orderlari mazkur Qoidalar talablariga muvofiq bo‘lganda g‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari g‘aznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasiga «TEKShIRILDI» belgisini, g‘aznachilik memorial orderi qabul qilingan sanani va o‘zining imzosini qo‘yadi. G‘aznachilik memorial orderlari mazkur Qoidalar talablariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda g‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari g‘aznachilik memorial orderlarining orqa tomonida qaytarish sabablarini ko‘rsatgan holda uni buyurtmachilarning mas’ul 244 xodimlariga qaytaradi. G‘aznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasini g‘aznachilik bo‘linmalarining vakolatli va mas’ul shaxslarining imzolari va g‘aznachilik bo‘linmalarining muhr izi bilan rasmiylashtirish tekshiruvlar tugaganidan so‘ng amalga oshiriladi. Byudjet tashkilotlarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida chorak (yil) oxirida qolgan, iqtisod qilingan byudjet mablag‘lari (kapital qo‘yilmalar bo‘yicha to‘lovlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lardan tashqari) Byudjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi va Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi va sarflanadi. Yil oxirida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarda qolgan iqtisod qilingan byudjet mablag‘larini Byudjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi va Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazilishi moliya yiliga qo‘shimcha davr mobaynida amalga oshiriladi. Xarajatlar smetasining tegishli moddasida nazarda tutilgan rejali ajratilgan byudjet mablag‘lari belgilangan muddatlarda Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasiga shartnomalar tuzilmasdan Yuridik majburiyatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga (hisobga olishga) buyurtma va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan g‘aznachilik memorial orderi asosida o‘tkaziladi. G‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari buyurtmachilarning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida operatsiyalar amalga oshirilishi bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardan ko‘chirmalar beradi hamda ularni Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan berilgan ko‘chirmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish jurnalida ro‘yxatdan o‘tkazadi. Buyurtmachilar ko‘chirmalarni «UzASBO» DMdan elektron tarzda olgan hollarda Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan berilgan ko‘chirmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish jurnali yuritilmaydi. Byudjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlari bo‘yicha undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini ijro etish sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq, ushbu moddada belgilangan o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda sud ijrochilari 245 tomonidan amalga oshiriladi. Byudjet tashkilotlaridan ijro yig‘imi undirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi 1 . Byudjet tashkilotlarining moliyaviy majburiyatlari bo‘yicha undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini ijro etish: – birinchi navbatda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan; – to‘lanishi lozim bo‘lgan qarz byudjet tashkilotining xarajatlar smetasi bo‘yicha xarajatlar moddasiga muvofiq bo‘lganda – byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmi doirasida amalga oshiriladi. Download 5.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling