D tashmuxamedova


Download 5.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/169
Sana04.11.2023
Hajmi5.08 Mb.
#1745364
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   169
Bog'liq
Бюджет ғазна ижроси

budjet tshkiloti
G
’aznachilik organi
NAQD PUL 
SO
’ROVNOMA
SI
TO
’LOVNI AMALGA OSHIRISH
MABLAG
’LAR
ELETRON TO
’LOV
G
’aznachilik organiga
xizmat ko
’rsatuvchi bank
XODIM
BO
’LIM BOSHLIG’I
TIZIMGA MA'LUMOT KIRITISH
VA CHЕK TO'LDIRIB BЕRISH
SO'ROVNOMANI TASDIQLASH
VA CHЕKNI NAZORATDAN O'TKAZISH
NAZORAT: 
HARAJATLAR 
SMЕTASI BO'YICHA 
QOLDIQLAR VA 
BOSHQALAR
Moliyaviy
Moliyaviy
majburiyatlar
majburiyatlar
va
va
to
to


lovlar
lovlar
bo
bo


limi
limi
TOVAR YETKAZIB 
BERUVCHIGA XIZMAT 
KO
’RSATUVCHI BANK
7-rasm. To‘lovlarni amalga oshirish tartibi 
Bunda g‘aznachilik memorial orderlarining «To‘lov maqsadi» ustunida 
To‘lov turlari bo‘yicha ma’lumotnomaga asosan tegishli to‘lov kodi, kapital 
qo‘yilma buyurtmachilarining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i raqami, STIRi va 
nomi, byudjet tasnifining tegishli kodlari, to‘lovni o‘tkazishga asos bo‘ladigan 
hujjat, shuningdek to‘lov maqsadi ko‘rsatiladi. 
Kapital 
qo‘yilma 
buyurtmachilari 
tomonidan 
taqdim 
qilingan 
g‘aznachilik memorial orderlari Qoidalar
1
talablariga muvofiq bo‘lganda 
g‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari g‘aznachilik memorial 
orderlarining ikkinchi nusxasiga «TEKShIRILDI» belgisini, g‘aznachilik 
memorial orderi qabul qilingan sanani va o‘zining imzosini qo‘yadi. 
G‘aznachilik memorial orderlari mazkur Qoidalar talablariga nomuvofiq 
bo‘lgan hollarda g‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari g‘aznachilik 
1
“O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining g‘azna ijrosi Qoidalari” O‘zbekiston 
Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 22-noyabrdagi 88-son 
buyrug‘iga
ko‘ra O‘zbekiston 
Respublikasi adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 22-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami № 
2580.


238 
memorial orderlarining orqa tomonida qaytarish sabablarini ko‘rsatgan holda uni 
kapital 
qo‘yilma 
buyurtmachilarining mas’ul xodimlariga qaytaradi. 
G‘aznachilik memorial orderlarining ikkinchi nusxasini g‘aznachilik 
bo‘linmalarining vakolatli va mas’ul shaxslarining imzolari va g‘aznachilik 
bo‘linmalarining muhr izi bilan rasmiylashtirish tekshiruvlar tugaganidan so‘ng 
amalga oshiriladi. 
Mablag‘larni bir shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan boshqasiga o‘tkazishda 
g‘aznachilik memorial orderlariga mablag‘larni o‘tkazishga asos bo‘luvchi 
yuridik va moliyaviy majburiyatlar yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjat 
nusxasi ilova qilinadi. G‘aznachilik bo‘linmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki 
hisobga olingan yuridik majburiyatlarda nazarda tutilgan, belgilangan tartibda 
har bir hisobvaraq-fakturadan chegirib qolinadigan, kafolat muddati tamom 
bo‘lganidan so‘ng to‘lanadigan kafolat summasi to‘g‘risidagi ma’lumot 
«O‘RMV» ATga kiritilmaydi. Kafolat muddati tugaganidan so‘ng to‘lanadigan 
obyekt qiymatidan 5 foiz kafolat summasini to‘lash bo‘yicha moliyaviy 
majburiyatlarni qabul qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hisobga olish 
bajarilgan ishlar qiymati to‘g‘risidagi hisobvaraq-faktura va kapital qo‘yilma 
buyurtmachisi va tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchi (pudratchi) 
o‘rtasida tuziladigan solishtirish dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi
1

G‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari kapital qo‘yilma 
buyurtmachilarining shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida operatsiyalar amalga 
oshirilishi bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardan ko‘chirmalar beradi hamda 
ularni Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan berilgan ko‘chirmalarni ro‘yxatdan 
o‘tkazish jurnalida ro‘yxatdan o‘tkazadi. Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardan 
ko‘chirma olishda kapital qo‘yilma buyurtmachilarining mas’ul xodimlari 
jurnalga ko‘chirmani olganligi to‘g‘risida tegishli belgi qo‘yadi. Bunda 
g‘aznachilik bo‘linmalarida Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan berilgan 
1
O‘sha erda. 


239 
ko‘chirmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish jurnali har bir kapital qo‘yilma 
buyurtmachisi bo‘yicha alohida ochiladi va yuritiladi. 
Kapital qo‘yilma buyurtmachilari ko‘chirmalarni «UzASBO» DMdan 
elektron tarzda olgan hollarda Shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan berilgan 
ko‘chirmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish jurnali yuritilmaydi. 

Download 5.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling