D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


-§. Metodning afzalliklari va kamchiliklari


Download 1.26 Mb.
bet102/218
Sana28.12.2022
Hajmi1.26 Mb.
#1024468
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   218
Bog'liq
maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi

5-§. Metodning afzalliklari va kamchiliklari


Modellashtiruvchi amaliy o'yin — bu bilim olish, o'rganishning kompleks varianti hisoblanadi. Chunki o'yin mobaynida turli usullardan foydaianiladi. O'yinning muvaffaqiyati bevosita uning bilimdonlik bilan tanlanishi, bajarishiga, talabalarni o'z rollarini ma’nosini tushunib yetishiga bog'liq.

Bu metodning afzalligi shundaki, talaba masalaning mohiyatiga qarashini, awalgi nuqtayi nazarini o'zgartirish imkoniga ega. Mo­dellashtiruvchi o'yin motivatsiya nuqtayi nazaridan ham foydali. Talabalar ko'pincha bunday o'yindan qanoat hosil qilib, yangi o'rganganlarini o'rtoqlashadilar. Darsga faol qatnashadilar.




Talabalar bir qarorga kelishni eksperiment qilishlari va uni oqi- batini (minimal xatar bilan) kuzatishlari mumkin. Modellashtiruv­chi o'yin yordamida talabalarni real hayot voqeliklari bilan ta- nishtirish ustunlikka ega. Bunda qo'yilgan savollarga javob topish va real muammolarni yechish uchun talabalarning shaxsan o‘zlari qatnashadilar, real hayotning nazariy modeli bilan tanishadilar. Masalan, bozorda muvozanat narxi qanday o‘rnatiladi, tanlov qan­day amalga oshadi va hokazo.

Modellashtirilgan o‘yin metodi o‘qituvchiga dars berishning usullarini o'zgartirishga katta imkoniyat beradi.
Har qanday metod kabi bu uslubda ham qator kamchiliklar bor. Auditoriyada real jarayonlarni soddalashtirishga to'g'ri keladi. U bir tomondan yetarli darajada sodda, ikkinchi tomondan yetarli darajada real hayotga yaqin bo'lishi, real jarayonlarni ifodalashi, buni hisobiga qimmatli tajriba o'rgatuvchi bo'lishi kerak. Model­lashtiruvchi o'yin o'qituvchidan sinchkovlik bilan puxta tayyorgar­lik ko'rishni talab qiladi. Darslikka tayangan holda dars o'tish o'qituvchidan nisbatan kam vaqt, kamroq kuch, diqqat talab qiladi. Ammo, hamma darsni modellashtiruvchi o'yin o'tkazish bilan olib borib bo'lmaydi. Ko'pincha, modellashtirish bilim olishning kulmi- natsiyasi bo'lib, fanning ba’zi bir asosiy, ularni o'rganish bosh- qalariga yo'l ochib beradigan kategoriyalari, qonunlarini o'rganishda qo'llaniladi.
Modellashtiruvchi o'yindan foydalanishdagi muhim chekla­nish — bu aniq o'qituvchining xarakteri, uslubiga bog'liq. Ko'pchilik o'qituvchilar an'anaviy uslublar asosida dars o'tishga o'rganib qo-lishgan, shuning uchun ularga shu uslublar samaraliroq tuyuladi.
Modellashtirish talabalarni faolligini oshiradi. Bu yaxshi, lekin talabalarning o'yinga qiziqib ketishlari oqibatida ba’zi bir nomaqbiil holatlar yuz berishi mumkin. Ya’ni rolga berilib ketib, ayrim tala­balarni aldash yoki qoidani buzish hisobiga g'olib bo'lishga harakat qilishi mumkin. Shuning uchun o'qituvchi vaqti-vaqti bilan tala­balarga modellashtiruvchi o'yinning maqsadi bilim olish, tajribaga ega bo'Iish ekanini eslatib turishi kerak.
Bu uslubni qo'llash bilan bog'liq yana bir muammo vaqt ma­salasidir. U ko'p vaqt talab qiladi. Shuning uchun ko'p o'qituvchilar vaqtni qizg'anib, bu uslubdan juda kam foydalani- shadi. Agar o'qituvchi o'tilgan materialni mustahkamlash, talaba- ning bilimini puxta bo'lishini ko'zlasa, vaqtning bir muncha or- tiqcha sarflanishi o'zini oqlaydi.
Umuman olganda, metodning kamchiliklaridan afzallik to-




monlari ko‘proq. Dars jarayonida barcha mavzularda qo‘llashning iloji yo'q, buning hojati ham yo'q. Lekin muhokama qilinayotgan savolga mos mavzularda o'yinlar tayyorlash zarur.


Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling