D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


Xbob. IQTISODIY FANLARNI 0‘RGANISHDA TADQIQOT VA MUNOZARA METODI


Download 1.26 Mb.
bet104/218
Sana28.12.2022
Hajmi1.26 Mb.
#1024468
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   218
Bog'liq
maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi

Xbob. IQTISODIY FANLARNI 0‘RGANISHDA TADQIQOT VA MUNOZARA METODI


Iqtisodiy fanlarni o'rganishda qoilaniladigan metodlar tizimida tadqiqot va munozara metodi o‘ziga xos muhim o‘rin tutadi. Chunki aynan iqtisodiy fanlarda voqyea, hodisa, iqtisodiy ma’lumotlarni o‘rganib, ular asosida xulosa chiqarish talab qilinadi. Buni tadqiqot metodichalik boshqa metodlar yordamida o'rganib bo'lmaydi. Mantiqiy mushohada yuritish o‘z fikrini himoya qilish, boshqalar fikrini tahlil qilishni o'rganish bo‘yicha munozara meto­dini oldiga tushadigani yo'q. Muzkur bobda ana shu metodlarni qo‘llashni o‘rganamiz.

l-§. Iqtisodiy fanlarni o‘rganishda tadqiqot metodi va uning boshqa
uslublardan farqi
Iqtisodiyotni o'rganishda tadqiqot metodini qo'llash tala­balarning puxta bilim olishlariga katta yordam beradi. Sababi, iqti­sodiyot doimo kishilami oldiga tanlov muammosini qo'yadi, chunki resurslar cheklangan, ularni bir maqsaddagina ishlatish mumkin, uni ikkinchi maqsadda ishlatib bo'lmaydi. Masalan, yerga uy qurilsa, endi u yerga ekin ekib yoki yo'l qurib bo'lmaydi. Re­surslarning cheklanganligi tanlov bilan bog'liq holda ulardan samarali foydalanish yollarini qidirishga majbur qiladi. Buni biz tadqiqot orqali amalga oshiramiz. Tadqiqot nafaqat ilmiy bilish­ning, balki bilim olishning ham alohida ahamiyatga ega metodidir.
Dars berishning bu metodi oldiga ikki maqsad qo'yiladi:

  1. Mavzuning mazmunini o'zlashtirish va ilmiy metodlardan foydalanishni o'rganish.

  2. Axborotlar, dalillar, ma’lumotlar asosida tadqiqot o'tkazish jarayonida qatnashish orqali talabalarni axborot to'plash va uni ustida ishlash, xulosa chiqarib, baholashga o'rgatish.

Tadqiqotchilik quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi:

  • tadqiqotga oid dalillar, hodisalar mohiyati, ularning alo- qadorlik va nisbatlarini aniqlash;

  • tadqiqot doirasini, uni ro'yobga chiqarish yo'llarini aniqlash;


  • tadqiqot maqsadini belgilash va muvofiq ravishda vazifalarni aniqlash;

  • tadqiqot o'tkazish rejasini tuzish;

  • tadqiqotni amalga oshirish;

  • tadqiqot yechimining to'g'riligini amalda isbotlash.

Tadqiqot metodi asosida dars o‘tish induktiv va deduktiv man-
tiqqa tayanishi mumkin.
Tadqiqotning deduktiv metodga asoslanishi iqtisodiyotda qator tayyor qoida, qonunlar mavjudligi, ulardan qo‘yilgan muammolarni yechishda foydalansa bo'lishiga tayanadi. Bu qonun; qoidalar tala­balarga zarur axborotni keraksiz ma’lumotlardan ajratishga yordam beradi. Tadqiqot jarayonida izlanishni to‘g‘ri yo‘ldan borishiga ko'maklashadi.
Induktiv metodni qo'llash yordamida talabalar ma’lumot, ax- borotga asoslanib, iqtisodiy hodisa va jarayonlar haqida yangi ilmiy taxmin (gipoteza)larni ilgari surishi yoki ilgari bildiril- ganlarini tekshirib ko‘rishi mumkin. Bunda, bir muqobil qiymat ik- kinchisi bilan solishtiriladi. Shuning uchun kishilarning xatti- harakati qanday bo'lishini va ma’lumotlarni sinchkovlik bilan o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Bunga tadqiqot uslubi orqali erishish mumkin.
Bu uslubning boshqa metodlardan farqi, u talabalarni fikr yu- ritishi yuqori darajada bo‘lishi, bor intellektual qobiliyatlarini ishga solishni talab qiladi. Taniqli amerikalik mutaxassis Benjamin Blum1 tavsiya qilgan bilishning olti bosqichining eng yuqori bosqichiga to‘g‘ri keladi. U baholash bo‘lib, baholashni uddasidan chiqish uchun olgan bilimini yodga tushirish, qo'yilgan masalani tushuna bilish, qo‘llay olish, tahlil qilish, sintez qilishni bilishi, turli variant - larni taqqoslashi, oxir-oqibat xulosa chiqara oladigan darajada bilimga ega bo'lishi kerak. Shuning uchun ham bu uslubni tala­balarning tayyorgarligi, faolligini ta’minlash, bilim darajasini oshirish asosida barcha guruhlarda qo'llash mumkin bo'Iadi. Bu­ning uchun talabalarni axborot to'plash, mustaqil ravishda adabi- yotlarni o'qib, jadval va grafiklardan foydalanishni o'rganishlarini kuzatish, aniqlash va bu ko'nikmalarni hosil qilishlari uchun yor­dam berish kerak.
Metodni qo'llash uchun o'qituvchi puxta tayyorgarlik ko'rishi lozim:



Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling