D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
Munozara ishtirokchisiga eslatma
Download 1.26 Mb.
|
maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ochiq munozara
- Importga to‘siq qo‘yish sa- bablari”
- Importga to‘siq qoymaslik za- rurligi sabablari
- Amerikacha debat.
- Inglizcha munozara
Munozara ishtirokchisiga eslatma
Munozara — o'zaro munosabatlarni aniqlash shakli emas, balki muammolarni hal qilish metodidir. Shuning uchun shaxsiy munosabatlar namoyon etilmaydi. Ko'p gapirmang, boshqalarni ham o'z fikrini aytishiga imkon bering. O'ylab gapiring. So'zlarni chuqur mulohaza qilib, hissiyotni boshqarib, gapni aniq maqsadga yetkazing. Muxolif nuqtayi nazarini tushunishga intiling, unga hurmat bilan qarang. « Odob bilan e’tiroz bildiring. Aytilgan fikrni buzib, ma’nosini o'zgar- tirmang. Asabiy rad etmagan holda, o"z fikringizni odilona asoslang. Noqulay holatga tushib qolmaslik uchun har narsadan gu- monsiramang. So'zlar ta’siriga o'ta berilib ketmang. O'zingiz bilmagan, kam bilgan yoki u mu man, xabardor bo'lmagan masalalar bo'yicha fikr bildirishga shoshilmang. Faqat munozara mavzusiga oid fikrni ayting. O'zingizni juda ham bilimdon, zakovatli qilib ko'rsatishga intilmang. Biror kishiga yaxshi ko'rinishga yoki aksincha, kamsitishga intilib, gapirmang. Darsn munozara metodi asosiJa tashkil qilishni turli usullari mavjud. Ulardan keng qoilaniladigani yuqorida ko'rsatganimizdek, o'quv jarayonida munozara, muammo qo'yib, muhokama qilish mumkin. Bunda talabalar munozaraga individual tarzda yon- dashadilar. Ochiq munozara qo'yilgan muammoni belgilangan qoida bo'yicha muhokama qilinib, yechimini qabul qilish yoki qil- maslikni plenumga topshirish bilan yakunlanadi. Bunda, masalan,
Chet el kapitalini jalb qilish. Chet el firmalari tomonidan uyushtirilgan «demping»ga yo‘l qo‘ymaslik. Milliy ishlab chiqarishning raqo- batbardoshligi pasayib ketadi. Texnik, texnologik qoloqlikni kuchaytiradi. 0‘qituvchi har bir juftlikka ana shu namuna asosida o'zining munozara jadvalini tuzishga topshiriq beradi. Talabalar 5-6 daqiqa davomida savol-javobni muhokama qilib, importga to'siq qo'yish yoki aksincha, qo'ymaslik kerakligini asoslab berishlari, muvofiq ravishda uni jadvalning «ha» yoki «yo'q» degan ustuniga yozib qo'yishlari kerak. Demak, javob: importga to'siq qo'yish zaruriyatini; importga to'siq qo'ymaslik zaruriyatini asoslab berish lozim. Javoblar bir juftlikda muhokama qilinib, yozib bo'lingach, ikkinchi juftlik bilan fikr almashiniladi. Har ikki juftlikni «ha» va «yo'q» javoblaridan umumiy xulosa chiqarilib, bir fikrga keli- nadi. Har ikki juftlik o'zlari yozgan javob tagiga bir qarorga kelingan javoblarni yozishadi. O'qituvchi yozilgan javoblarni yig'ib, ko'rib chiqib, ball qo'yishi yoki har bir to'rtlikning xulosasini butun guruh oldida og'zaki bayon qilishi mumkin. Munozara metodi asosida darsni tashkil qilishning yana bir usuli bahs (disput)dir. Bu usulda o'tilgan mavzu bo'yicha o'qituvchi savollar tuzib, dars o'tishdan 3—4 kun oldin o'quvchilarga e’lon qiladi yoki yangi mavzu bo'yicha ma’ruza o'tib bo‘lgach, kelgusi amaliy mashg'ulot (seminar) darsida ana shu savollar bo'yicha disput o'tkazilishi ayti- ladi. Talabalar tayyorlanib kelgach, bilimdon talabalardan hakamlar hay'ati saylanadi. Ular savollarga javob bergan talabalarni baho- lashadi, natijani e’lon qilishadi. Bahs yakunida o'qituvchi o'z fikrini bildiradi. Munozara metodini qo'llashning угпа bir usuli — Amerikacha debat. Debat — bu ikki kishi o'rtasida olib boriladigan munozara. Bunday tarzda dars o'tishda ikki talaba belgilangan qat’iy taitib bo'yicha, raislik qiluvchining rahbarligi ostida berilgan savol yoki muammo bo'yicha munozara olib boradilar. Ularning bildirgan flkrlarini hakamlar hay’ati baholaydi. Arbitrlar talabalardan belgilanadi.
Munozara metodini qo'llashning yana bir usuli muzokara bo'lib, unda asosiy maqsad munozarali masalalarni yechishda bir- biriga yon berib, umumiy qarorga kelishni o'rganishdir. Vaqtdan samarali foydalanish uchun darsni ikki tomonlama, uch tomonlama muzokara tarzida tashkil etish mumkin. Eng oddiy, o'ziga xos muzokara bu bozorda sotuvchi bilan xaridorning savdolashib, oxiri bir fikrga kelib, har ikkisining o'z oldiga qo'ygan maqsadiga eri- shishidir. Firmalar, qolaversa, davlatlar o'rtasida shartnoma tuzish uchun doimo muzokaralar o'tkaziladi. Bunda eng asosiysi topshiriq tayyorlashdir. Bunda aytaylik darsni ish haqini oshirish bo'yicha korxona rahbariyati bilan kasaba uyushmasi rahbarligida ishchilar o’rtasidagi muzokara tarzida uyushtirish mumkin. Bunda guruh ik- kiga bo'linadi. Bir tomon korxona boshqaruvi va mutaxassislari, ikkinchi tomon kasaba uyushmasi rahbari va uning a’zolari bo'lgan ishchilar. Korxona rahbari va mutaxassislari ish haqini oshirish korxonani qiyin ahvolga solib qo'yishi mumkinligini, ishchilar esa ish haqini oshirish zarurligini asoslab berishlari zarur. Buning uchun barcha zarur ma’lumotlar o'qituvchi tomonidan berilishi yoki talabalarni o'ziga ularni to'plash haqida vazifa berib, ular asosida topshiriq tayyorlash mumkin. Eng muhimi qanday kom- promissga kelindi. Nimalar bo'yicha kelishib bo'lmadi va nima sababdan, har ikki tomon qanday qaror qilinganini asoslab berishidir. Muzokara o'tkazish uchun topshiriqni o'qituvchi tayyorlashi yoki talabalarga topshirishi mumkin. Bunda, aytaylik talabalarga firmaning menejerlari va mutuxassislari hamda kasaba uyushma va- killari sifatida shartnoma tayyorlab kelishni topshirilishi mumkin. (Chizmada munozara jarayonini tashkil etish rejasi berilgan.) Umuman olganda, munozara talabalarni darsga faol qatnashishlarini ta’minlab, o'z fikrlarini himoya qilishga o'rgatadi.
Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling