D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
XI bob. MASALA, MASHQ, TESTLAR, ESSE YOZISH VA ULARDAN IQTISODIYOTNI O'RGANISHDA FOYDALANISH
Download 1.26 Mb.
|
maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- §. Iqtisodiy fanlarni organishda masala-mashqlardan foydalanish metodining tutgan o‘rni
- Birinchidan
- Uchinchidan
XI bob. MASALA, MASHQ, TESTLAR, ESSE YOZISH VA ULARDAN IQTISODIYOTNI O'RGANISHDA FOYDALANISH
Iqtisodiy fanlarni o‘rganishda shunday metodlar borki, bu fanlarning xususiyatidan kelib chiqib ularsiz fanni o'rganib bo‘lmaydi. Bu masala va mashqlar yechish metodidir. Undan tashqari o‘ziga xos mashq sifatida test yechish va esse yozish ham bu fanlarning xususiyatiga mos tushadi. Mazkur bobda ana shu metodlarni qo'llashni o‘rganamiz. §. Iqtisodiy fanlarni o'rganishda masala-mashqlardan foydalanish metodining tutgan o‘rni Iqtisodiy fanlarning boshqa fanlardan ajralib turadigan tomoni ham shundaki, u faktlar, ma’lumotlar, raqamlar bilan ish ko‘radi. Iqtisodchidan ana shu faktlar, raqamlar, ma’lumotlar bilan ishlay bilish, qo'ygan maqsadiga ko‘ra ular asosida hisob-kitob, mate- matik amallar, kuzatishlarni amalga oshirish, ularning dinamikasi- o‘zgarishi asosida xulosalar chiqarish, qaror qabul qilish ko‘nikmasiga ega bo'Iish talab qilinadi. Bu o‘z navbatida iqtisodiy fanlarni chuqur o'rganish, imkon qadar real voqelikka yaqin tajribalar o'tkazish, nazariy qonun- qoidalarni sinab ko'rishni zarur qilib qo'yadi. Bu jihatdan iqtisodiy fanlarni o'rganishda masala va mashqlardan foydalanishga teng ke- ladigani yo'q. Shuning uchun ham iqtisodiy fanlarning xususiyatlaridan kelib chiqib, ularni o'rganishda markaziy o'rinni masala, mashq yechish egallaydi. Sababi: Birinchidan, masala, mashq yechish fanni o'rganishning bosh maqsadi — olingan bilimni amaliyotda qo'llash imkonini ta’minlaydi. Ikkinchidan, masala, mashq yechish orqali talabalarning bilim olishdagi faolligi ortadi. Uchinchidan, masala fikrlashni o'rgatadi. Shuning uchun ham masala so'ziga faqat hisob-kitob asosida topshiriqni bajarish, javobini aniqlash emas, balki fikr yuritish obyekti sifatida qaralishi bejiz emas. Aytaylik, yechimini kutayotgan masalalar, hal qilinishi zarur masalalar va hokazo. Masala yordamida fanni o‘rganganda aniq raqamlar, dalillar, hujjatlar asosida tahlil qilish imkoniyati keng. Undan tashqari modellashtiruvchi o'yin, kichik guruhlarga bo'Iish, konkurs o'tkazish va boshqa metodlar asosida dars o'tishda ham masala- mashqlardan keng foydalanish imkoniyati katta. Talabalarda malaka, ko'nikma hosil qilishda alohida o'rin tutadigan metodlardan biri bu mashq hisoblanadi. Bu metodning samaraliligi,-eng awalo, mashqlarni amaliyot bilan bog'kngan- ligidir. Mashq qilish deganda o'zi o'rganish, malaka hosil qilish uchun qilinadigan ish, tayyorgarlik mashg'uloti va uni takror va takror bajarishni tushunamiz. Mashq — inson oldiga qo'ygan maqsadni amalga oshirish, ijobiy natijaga ega bo'Iish uchun qilingan mashaqqatli mehnat hamdir. Mashq qilish «Takrorlash — bilimning onasidir» naqlini ifodalaydi. Mashq qilmay o'quv va amaliy ko'nikma va malakaga ega bo'lib bo'lmaydi. Mashqlarni ularni bajarishdan quyilgan maqsadga ko'ra: maxsus, awal bajarilganlarini yodga tushiruvchi, o'qish, o'rganish jarayonini faollashtiruvchi mashqlarga bo'Iish mumkin. Mashqlarni bajarishga ko'ra esa: amaliy, og'zaki va yozma mashqlarga bo'Iish mumkin. Iqtisodiy fanlardagi mashqlar talabalarni mushohada qilish, xulosa chiqarishga o'rgatish bilan birga kam vaqt sarflanishi, ayrim masalalarda ikkilanib turgan talabalarni to'g'ri javob topishga o'rgatadi. Ayrim fanlar borki, ularni masala-mashq yechmay o'rganib bo'lmaydi. Shunday deganda, odatda, biz tezda matematika, fizika, ximiya kabi fanlarni ko‘z oldimizga keltiramiz. Iqtisodiy fanlarni ham bu jihatdan ana shu fanlar qatoriga kiritish mumkin. Masala va mashqlar hisob-kitob qilishni taqozo qiladi. Bu esa o'quvchi, talabalarda aniq miqdorlar, raqamlar yordamida qonun va kategoriyalarni tushunishni osonlashtiradi. Chunki, iqtisodiyotni nazariy jihatdan o'rganishda ko'pincha ilmiy abstraksiyadan foydaianiladi. Ko'pchilik o'quvchi-talabalar ilmiy abstraksiya metodini tezda tushunaverishmaydi. Matematik ifodalar orqali iqtisodiy hodisalarni o'zaro bog'lanishini tushunish esa oson. Masada-mashqlarni mustaqil yechar ekansiz, unga sarflagan intellektual energiyangiz va vaqtingizga achinmaysiz. Chunki, ular
Masala, mashq yechish jarayonida talabalarning qabul qilingan qonunlar, me’yoriy hujjatlar va yo‘riqnomalarni qay darajada bilishlarini ham aniqlash mumkin. Ulardan munozara, debatlar metodini qo'llashda ham keng foydalansa bo'Iadi. Masala-mashqlar talabalar bilimini sinashda ham eng qulay metod. Masala mashqlardan fanni o'rganish uchun tarqatma material tayyorlashda keng foydalanish mumkin. Ulardan darsda foydalanish turli interaktiv metodlarni qo'llab dars o'tishni tashkil etishda foydalanish imkoniyati nihoyatda katta. Masala, mashqlardan foydalanib, darsni tanlov o'tkazish shaklida tashkil etish mumkin. Bunda teng kuchli masala-mashqlar tayyorlanib, kichik guruhlarga juftlik yoki individual tarzda yechishga qarab darsda qo'yilgan maqsad amalga oshiriladi. Masala, mashqlarning murakkabligi jihatidan tabaqalash- tirgan holda tuzilib, talabalarning salohiyatiga ko'ra beriladi. Natijada murakkab masalani yecholmay hafsalasi soviydigan talabalarni ham darsga, o'rganilayotgan mavzuga diqqatini qaratish mumkin. ' Xullas, masala, mashqlar, bir tomondan sinalgan, qadimiy dars o‘tish uslubi bo‘Isa, ikkinchi tomondan, imkoniyatlari nihoyatda ko‘p!igi tufayli eskirmaydigan, doimo zamonaviy, uchinchidan, universal, barcha iqtisodiy fanlarni o‘rganishda qo'llash mumkin bo‘Igan metoddir. Iqtisodiy fanlarni o'rganishda bu metod, shubhasiz, nihoyatda katta ustunliklarga ega, ya’ni: Masala-mashqlardan foydalanish amaliyot yo'nalishiga ega bo'lgani uchun mavzuni o'rganish va talabalar bilimini nazorat qilishning samarali usuli hisoblanadi. Ayniqsa, talabalarning bilimini nazorat qilishda imkoniyati katta. Masala, mashq mavzusi uchun har qanday vaziyatni tanlash mumkin. Masala, mashqlar talabalar bilimini butun dastur bo'yicha nazorat qilish, shu bilan birga, asosiy yoki qiyin kategoriyalar yoki mavzularni tushunishga qaratilgan bo'lishi mumkin. Masalalarning muntazam yechib turilishi, mashq bajarish hamda uni muhokama qilish, talabalarning olgan bilimini uzluksiz nazorat qilish, tushunmagan kategoriyalarni tushunib olish imkoniyatini beradi. O'qituvchi masala, mashq tuzar ekan, birinchi navbatda, aniq maqsad qo'yishi, ikkinchidan, undan kelib chiqib, qanday ma’lumot berilishini puxta o'ylashi, uchinchidan bajariladigan ish- larni, topshiriqlarni maqsadga ko‘ra tushunarli tarzda qo'yishi za- Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling