D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
Download 1.26 Mb.
|
maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ehtiyojlarning yuksalib borishi iqtisodiy qonuni
- Iqtisodiyotning bosh muammosi
- Ishlab chiqarish imkoniyati chegarasi
- Ishlab chiqarish funksiyasi
- «Ishlab chiqarish xara- jatlari va foyda»
Kutiladigan javoblar:
Pul mablag'lari bilan ta’minlangan ehtiyojni bozorda namoyon bo'lishi yoki to'lov qobiliyatiga ega ehtiyoj. Ma’lum bir vaqt mobaynida turli narxlar bo'yicha xaridor- larni sotib olishi mumkin bo'lgan tovar va xizmatlar miqdorini grafik orqali ifodalanishi. Tovar narxlari bilan talab miqdorini teskari nisbatda sabab oqibatli funksional bog'lanishini ifodalaydi. Xaridorga narxning o'zgarishi qanday ta’sir qilishini, ya’ni narxning l%ga o'zgarishi sotib olinadigan tovar miqdorini qanchaga o'zgarishini ifodalovchi iqtisodiy ko'rsatkich. Bozorda mavjud yoki bozorga olib kelinishi mumkin bo'lgan tovarlar va xizmatlar. Ma’lum bir vaqt mobaynida turlicha narxlar bo'yicha sotuv- chilarning sotishi mumkin bo'lgan tovar va xizmatlar miqdorini grafikda ifodalanishi. Narxlar bilan sotiladigan tovarlar miqdorini to'g'ridan- to'g'ri sabab- oqibatli, funksional bog'lanishini ifodalaydi. Narxning o'zgarishi ishlab chiqaruvchi(sotuvchi)larga qanday ta’sir qilishi, ya’ni ularning reaksiyasini ifodalovchi ko'rsatkich. Xaridor sotib olmoqchi bo'lgan tovar miqdori bilan sotiladigan tovar miqdorining tengligi. Tovarlar juftligida birini narxining o'sishi ikkinchisiga ta- labni kamayishiga olib keladigan tovarlar. Talab egri chizig'ining narxdan boshqa bir yoki bir necha diterminantlar o'zgarishi natijasida siljishi. Talab miqdori(hajmi)ning o'zgarishi, talab egri chizig'i bo‘yicha narxning o‘zgarishiga qarab siljishi. Talab va taklifni miqdor va tarkibi jihatidan bir-biriga muvofiq kelishi. Berilgan savolga: 1) xohlovchilar javob berishi yoki barcha 0‘quvchi, talabalardan navbati bilan so‘rab chiqish; konkurs-musobaqa tarzida javob berish;. savolni o'quvchi-talabalarning o'zlari berishlari mumkin. Bunda guruh ikki komanda(jamoa)ga bo'linadi. Mavzu bo‘yicha har bir komanda navbati bilan savol va ikkinchi komanda unga javob berishi lozim. Jamoalar berilgan savol va uning javobiga qarab baholanadi. Baholashni osonlashtirish uchun to‘g‘ri savol ham, to‘g‘ri javob ham 1 ball bilan baholanadi. Qo'yilgan savol ta- labga javob bersa, 1 ballni qo'lga kiritadi. Savolga javob bergan 2 komanda a’zolari esa javobning to'g'ri-noto'g'riligiga qarab, tegishli ball bilan baholanadi . Javobning qoniqarli, to'g'ri yoki noto'g'riligini birinchi komanda tasdiqlaydi. Agar raqib komandaning javobi qoniqarsiz deb topilsa, savol bergan komandaning o'zi to'g'ri javobni aytishi yoki uni to'ldirishi lozim. Savollar tegishli fanning o'rganilgan bo‘limlariga doir qoida yoki formulalar ko‘rinishida ham bo'lishi mumkin. Bu musobaqa - o'yin shartlarining bajarilishini o'qituvchi nazorat qiladi va baholaydi.. O'quvchilar berish uchun savol topolmay qolgan yoki koman- dalar teng ball to'plagan hollarda o'qituvchi o'zi oldindan tayyorlab qo'ygan qiziqarli (mantiqiy) savollardan ularning e’tiboriga havola qiladi. Yuqori ball to'plagan komanda g'olib hisoblanada va rag'batlantiriladi. Darsni shakllantirishning bu usuli o'yin-bahs tarzida bo'lgani uchun o'quvchilar unga qiziqish bilan yondashadi. Dars davomida komandalar 20—30 tadan savol berish imkoniga ega. Demak, o'quvchilar 40—60 ga yaqin tushuncha, formula va boshqalarni tak- rorlashga urinadi. Bundan tashqari, o'quvchi keyingi mashg'ulot- larga yanada qiziqarliroq va jiddiyroq savol topib kelishga harakat qiladi. Bu esa o'quvchi, talabalarning o'z ustida jiddiy ishlashiga olib keladi. «Zanjir» o‘yini Mavzuni takrorlashga, xotirani mus- tahkamlashga yordam beradigan sa- vol-javobga asoslangan yana bir o'yin usuli «Zanjir» deb nomla- nadi. Bu o'yin amaliy darslarda qo'llanadi. Mazkur o'yinda savol yashirin, ya’ni ochiq savol berilmaydi, о‘quvchi-talaba o‘ziga-o‘zi
0‘yin quyidagi tarzda aks etishi mumkin: Iqtisodiy qonun — narx — xarajat — talab — biznes — sug‘urta — aksiya — yalpi ichki mahsulot — tadbirkor — renta — amortiza- tsiya — yalpi talab — bozor — raqobat — taklif — foyda — aksioner- lik kapitali — investitsiya — yalpi taklif — friksion ishsizlik — kapi- tal — likvidlik — krizis — sof monopoliya — yalpi milliy mahsulot — taqchillik — kredit — tovar — real daromad — dividend — taklif egri chizig‘i — ishchi kuchi — iste’mol va hokazo. O'quvchi-talabalar fanni mukammal o'zlashtirishlarida xotirani mustahkamlash muhim rol o'ynaydi. Xotirani mustahkamlashga yordam beradigan va fikr yuritishga undaydigan mashg'ulotlardan biri «Zaif bo'g'in» o‘yinidir. «Zaif bo‘g‘in* o‘yini Buning uchun o'qituvchi darsning maq- sadiga ko'ra, mavzu yoki bob, ma’lum bo'lim bo'yicha kategoriyalar va tushunchalar ma’nosini yozib keladi. Talabalarga o'yinning qanday o'tishini tushuntiradi. O'qituvchi tushuncha, kategoriyaning mazmunini aytadi, talabalar uning nomini aytishi kerak. Oxirida 2 talaba qolguncha o'yin bosqichma-bosqich, aylanib davom etadi. Kim noto'g'ri aytsa, o'yindan chiqadi. Yoki o'yinni aksincha tarzda ham tashkil qilish mumkin. Ya’ni o'qituvchi kategoriya, tushuncha, terminni aytadi. Talabalar esa uning mazmunini aytib berishlari lozim bo'Iadi. O'yinda awal osonroq tushunchalar, borgan sari murakkab tushunchalar aytilishi mumkin. Bu o'yinni qo'llash uchun darsga o'qituvchi ham talabalar ham puxta tayyorlanib kelishlari kerak. IJo'Imasa dars kutilgan natijani bermaydi. O'qituvchi savollarni izohli lug'at tarzida quyidagicha tayyorlagani ma’qul. Ehtiyoj — insonning yashashi, kamol topishi uchun hayotiy ne’matlarga bo'lgan obyektiv zaruriyat. Ehtiyojlarning yuksalib borishi iqtisodiy qonuni — ishlab chiqarish va madaniyat rivojlanishi bilan inson ehtiyojlari doirasining kengayib, miqdoran o'sib, tarkiban yangilanib borishi. Iqtisodiy resurslar — turli ehtiyojlarni qondiradigan ne’matlar ishlab chiqarish uchun zarur barcha vositalar va mehnatga layoqatli kishilar. Iqtisodiyotning bosh muammosi — resurslar cheklanganligi sharoitida jamiyat a’zolarining cheksiz ehtiyojlarini qondirish muammosi. Tanlovning muqobil qiymati — tanlov natijasida voz kechilgan imkoniyatlar ichidan tanlovchi uchun eng katta naf keltiruvchi yoki qadrlanuvchi imkoniyat. Ishlab chiqarish imkoniyati chegarasi — mavjud iqtisodiy resurslardan to'la foydalanish evaziga eng ko'p mahsulot ishlab chiqarish. Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i — mavjud resurslardan to'la foydalanish evaziga turli kombinatsiyalarda eng ko'p mahsulot ishlab chiqarishning grafikda ifodalanishi. Ishlab chiqarish funksiyasi — ishlab chiqarish omillarining har qanday to'plami bilan shu omillar yordamida maksimal imkoniyat darajasida mahsulot ishlab chiqarish hajmi o'rtasidagi bog'Ianishni ifodalovchi funksiya. Ishlab chiqarish — insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan ne’matlar yaratish jarayoni. Iqtisodiy faoliyat — inson ehtiyojini qondirish, ya’ni hayot kechirish, tirikchilikni ta’minlashning vosita va usullari majmui. Iste’mol — ishlab chiqarish natijalaridan foydalanish, ehtiyojni qondirish jarayoni va hokazo. Umuman olganda, 15—20 kishidan iborat guruh uchun bir necha bosqichga yetarlicha savol tayyorlash lozim. «Zakovat* o‘yini Bu o'yinni talabalar shu nomdagi teleko'r- satuvdan ham yaxshi bilishadi. O'qituvchi uni o'rganilayotgan mavzuga moslashtirishi kerak. U mavzuning muhim tushunchalari, muammolari borasida qiziqarli savol, masala tayyorlab konvertlarga solib, stol ustiga qo'yadi. Javoblar alohida konvertga solib olib qo'yiladi. Talabalar kichik guruhlarga bo‘Iinadi. Har bir guruh vakili konvertlardan birini tanlab olishi kerak. Savolni muhokama qilib, tayyorlanish uchun 1 minut vaqt beriladi. Guruh savolga to'g'ri javob bermasa, 0‘qituvchi boshqa talabalarga murojaat qiladi. Hamma o‘z fikrini aytib bo‘lgach, o'qituvchi to‘g‘ri javobni o‘qib eshittiradi. 0‘z vaqtida to‘g‘ri javob ber- ganlarga ball beriladi. Bu metodni samarali qo‘llashni «Zakovot» o‘yini tarzida «Iqtisodiyot asoslari» fanidan «Ishlab chiqarish xara- jatlari va foyda» mavzusida dars o‘tish misolida ко‘rib chiqaylik. Bu o‘yinni tashkil etish uchun talabalarning o‘zlari qiziqarli,- iqtisodiy ahamiyatga ega boMgan savollarni tayyorlab kelishlari yoki mashhur kishilarning iqtisodiyot haqidagi flkrlarini topib, savol ber- ishlari mumkin. Bunda 0‘qituvchi har bir kichik guruhga o‘zlari tayyorlagan savollar ichidan eng qiziqarlisini tanlab, konvertga solib stolga qo‘yishni, javobni esa boshqa konvertga solib berishni taklif qiladi. Aytaylik, guruhda 30 nafar o‘quvchi bo‘lsin, ularni 5tadan 6ta kichik guruhga bo‘lamiz. Har bir kichik guruh a’zolari o‘zlari tayyorlab kelgan savol-javoblarni ko‘rib chiqib, ular orasidan eng yaxshisini tanlashga 1 minut vaqt beriladi. Bunda 5 savol-javob ichidan bitta eng yaxshisi tanlanadi. Natijada 30 savol-javob ichidan 6 tasi tanlab olinib, stolga qo‘yiladi. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling