Afzalliklari:
Darsda qo’yilgan maqsadni amalga oshirishni bevosita nazorat qilish imkoni kattaligi.
Talabalarning darsda qatnashishlarini turli savollar bilan faollashtirish.
Har bir talabaga savol bilan murojaat qilish orqali, darsda faol qatnashishni ta’minlash ko'rsatkichini oshirish.
Birgalikda ishlash, savolni muhokama qilish jarayonida gu- ruhni boshqarishni praktikada qo‘llash.
Kamchiliklari:
Talabalarning soni cheklangani, 25—30 tadan oshmasligi.
0‘qituvchidan ko‘p kuch, asab, mahorat talab qiladi.
Savollar muhokamasi ko'p vaqt talab qiladi.
Yaxshi tayyorlanmagan yoki so'zga no‘noq talabalar dars jarayonida chetda tomoshabin bo'lib qolishi xavfi bor.
Talabalardan ma’lum darajada bilim, tushuncha bo'lishini talab qiladi. Guruhdagi talabalar yangiliklami, o'zgarishlarni bilishi, darsga puxta tayyorlanib kelishlari kerak. Bo'lmasa darsda qo'yilgan maqsadga erishib boMmaydi.
Javoblarni qanday baholash kerak?
Har bir javobga muvofiq ravishda baho berish kerak. Javob bergan ham, boshqa talabalar ham javobning to'g'ri yoki noto'g'riligini bilishi kerak. To'g'ri javobni ayrim paytda qaytarish zarur bo'Iadi, ayrim paytda so'zma-so'z qaytarish ortiqcha.
Do'stlaringiz bilan baham: |