§. Modellashtiruvchi o‘yin metodini qo'llab, dars o‘tishning asosiy bosqichlari
Hozirgi paytda dars o'tishda bu metoddan nisbatan keng foy- dalanilmoqda. Modellashtiruvchi o'yinlar talabalarga abstrakt iqtisodiy tushunchalar, real hayotdagi iqtisodiy voqea-hodisalami ifodalash, ularning mohiyatini tushunishga yordam beradi. Ya’ni:
Modellashtirish metodi asosiga qurilgan dars mo'ljal (orien- tatsiya)dan boshlanadi. O'qituvchi talabalarni amaliy o'yin, uning maqsadi va foydalaniladigan tushunchalar bilan tanishtiradi.
O'qituvchi biron bir mavzu, savolni modellashtiruvchi o'yinlar yordamida o'tkazishni mo'ljallar ekan, eng awalo, unga tayyorgarlik ko'rishi kerak.
Tayyorgarlik bosqichi quyidagilar.
o'yinni ishlab chiqish;
uni o'tkazish qoidalari va ularni talabalaiga tushuntirishni o'z ichiga oladi.
Modellashtiruvchi o'yinning qanday o'tkazilishi yozma matn- da ko'rsatiladi. Shuning uchun mavzular bo'yicha maxsus ish o'yinlari awaldan ishlab chiqilishi, o'yin ssenariysi yozilishi zarur.
Unda:
o'yinning maqsadi ;
o'yin vazifalari va ularning bajarish izchilligi;
o'yin qoidalari;
g'oliblami aniqlash tartiblari ishlab chiqilgan bo'lishi kerak.
Maqsad — insonni u yoki bu faoliyati jarayonida erishishi
lozim bo'lgan dasturlashtirilgan, rejalashtirilgan natija. Maqsad tek- shirib ko'riladigan va erishiladigan (amalga oshiriladigan) bo'lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |