D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi
Download 1.26 Mb.
|
maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tortburchaklar kichik guruhlar va uning a’zolari;
- §. Kichik guruhlarga bo‘lib dars o‘tishda turli interaktiv metod qo‘lIash
- Darsni bosqichma-bosqich (zinania-zina)
- §. Metodning afzalliklari va kamchiliklari
- Shaxsiy mas’uliyatni his qilish.
- Talabalar o‘rtasida muloqot, kichik guruhda ishlay bilish mahorati.
- Guruh bo‘lib axborotlami ishlash.
1 Bumerang - avstraliyalik mahalliy aholi ishlatadigan qurol. Otganda yana orqasiga, ovchiga qaytib kelish xususiyatiga ega.
To'rtburchaklar kichik guruhlar va uning a’zolari; Doir alar ekspertlar guruhi va uning a’zolari 1. Ekspert kichik guruhlari materialni o'rganadilar, taqdimot tayyorlaydilar. Ekspert guruhlari — bu kichik guruhlarda bir xil topshiriq olgan talabalar bo'lib, ya’ni o'rganilishi kerak bo'lgan kitob betlari birinchi guruhdagi talaba bilan ikkinchi, uchinchi, to'rtinchi kichik guruhdan shunday topshiriq olganlar, ya’ni xuddi shu betlar tushgan talabalar uchrashib birgalikda o'qib, muhokama qiladilar. Aytaylik, guruh 24 talabadan iborat bo'lsin. Ularni 6 ta kichik
Sheriklar - ekspertlar o'z materiailarini o'qib, o'rganishadi. Uni diqqatni tortadigan qilib taqdim etish uchun savollar tayyor- lashadi. Talabalar o'z kooperativ guruhlariga qaytishadir O'rganilgan bet materialni navbat bilan, o'zaro bir-birlariga o'rgatishadi. Maqsad: har bir kishi butun mavzuni to'laligicha o'zlashtirishi kerak. Har bir guruh individual va guruh hisobotini tayyorlaydi. Guruhlarning har bir a’zosi bilimini sinash yo'llarini o'qituvchi belgilaydi. Aytaylik, o'qituvchi har bir guruh a’zolariga qator savollar berib, og'zaki javoblariga ko'ra yoki yozgan nazorat ishiga qarab, tayyorlagan taqdimoti bo'yicha va boshqa usullar, jumladan, kichik guruhlar va talabalarni o'zlarini va boshqalarni baholashi orqali amalga oshirish mumkin. §. Kichik guruhlarga bo‘lib dars o‘tishda turli interaktiv metod qo‘lIash Tajriba ko'rsatadiki, kichik guruhlarga bo'lib dars o'tishda turli pedagogik texnologiyalarni qo'llashning imkoni katta. Bu yerda eng asosiy farqlanadigan jihat tayyorlanadigan topshiriq va uni bajarishni tashkil etishdir. Darsni bosqichma-bosqich (zinania-zina) metodi asosida tashkil etishda topshiriqni Blum taksonomiyasi bo'yicha tayyorlagan ma’qul. Bunda topshiriq masalan, xarajatlarni o'rganilayotgan bo'lsa, xarajatlar haqidagi tushunchadan boshlab, xarajatlarni hisoblash, taqqoslash, kamaytirish yo'llarini ko'rsatib, ularni baho- lashni o'z ichiga olgan topshiriqlar ishlab chiqiladi. Bunday usul, ayniqsa, iqtidori bir-biridan ancha farqlanadigan guruhlarda qo'llashga mos tushadi. Bilimi bo'sh talabalarga dastlab taksonomi- yaning birinchi bosqich darajasidagi topshiriqlar berilib, qolgan guruhlarga borgan sari murakkablashtirib boriladi. Har bir guruh topshiriqni yozma ravishda bajargach, guruhdan bir kishi taqdimot qiladi va guruh javobi berilgan topshiriqqa qarab, doskaga ilinadi. Natijada topshiriqlar javobidan iborat zina hosil bo'Iadi. Bunda ta- laba, albatta, avvalgi guruh taqdimotiga nisbatan ular bajargan top- shiriqdan qaysi tomonlari bilan farqlanishini aytib bersa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. O'kituvchi izoh beradi va baholaydi. Kelgusi safar 0‘qituvchi bilimi bo‘sh guruh a’zolariga taksonomiyaning keyingi darajasidagi topshiriq berishni unutmasligi kerak, chunki maqsad bosqichma-bosqich ularni ham yaxshi o‘qiydanganlar safiga qo'shilishlariga yordam berish. Charxpalak Bunda tayyorlangan vazifa, topshiriqlar guruhlarga tarqatiladi. Har bir guruh a’zolari o'z flkrlarini yozadilar. Guruh raqami, ishtirokchining belgisi qo'yilib, boshqa guruhga uzatiladi. Navbatdagi guruh berilgan materialni o'rganadi, to'ldiradi, o’z belgisini qo‘yib keyingi guruhga uzatadi. Shunday qilib, bir guruhga berilgan topshiriq barcha guruhlar qo‘lidan o‘tib aylanib, oxirida shu guruhga keladi. Bu guruh a’zosi guruh raqami va o‘zi qo'ygan belgi bo'yicha tanib oladi. Har bir guruh a’zolari o‘z javoblari bilan boshqa guruhlar yozgan javoblarni taqqoslashadi. Farqlami aniqlab, o‘z flkrlarini yozadilar va butun guruh oldida taqdimot qilishlari mumkin. Topshiriqlar javoblari bilan o'qituvchiga topshiriladi. Bu texnologiyani qo'llaganda o'qituvchi vaqt sarfiga alohida diqqat qaratishi va oldindan reglament belgilab qo‘yishi kerak. 3x5 metodi 3X5 metodi o‘qituvchi guruhni ki chik guruhlarga bo‘ladi. Aytaylik, guruhda 25 nafar talaba bor. Ularni 5tadan ta kichik guruhga bo‘linadi. 0‘qituvchi o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha savollar yozilgan varaqlarni tarqatadi. Har bir guruh shu savolga javob tariqasida 3 ta gap, 3 so‘z yoki so‘z birikmasi yozishi zarurligini uqtiradi. Har bir guruhning o‘z rangli qalami yoki flo- masteri bo‘lishi kerak. Natijada qaysi guruh qanday fikr bildirgani oson aniqlanadi. Vaqt belgilanadi. Har bir guruh javobni yozib bo‘lgach, stolni tark etadi va navbatdagi stolga o‘tiradi. Qoldirilgan materialda bildirilgan fikrlarni davom ettiradi, so‘ngra yana boshqa stolga o‘tadi. Bu jarayon to o‘z joylariga qaytib kelguncha davom etadi. Har bir guruh o‘z joyiga qaytib kelgach boshqalar flkrlarini o'rganadi, taqqoslaydi, umumlashtiradi, taqdimot qiladi. 0‘qituvchi guruhlar ishini tashkil etadi, kuzatadi, berilgan javoblarni tahlil qilib baholaydi. Agarda kichik guruhlarni ko‘chib yurishi uchun imkoniyat bo'lmasa, tarqatma material aylantiriladi.
Talabalar yakka tartibda ishlab bo'lganlaridan so'ng bajargan ishini barchaga o'qib eshittiradi. Muammolar bo'yicha guruhda fikr almashiladi. O'qituvchi darsni yakunlaydi. Umuman olganda, darsni kichik guruhlarga bo'lib o'tishni turlicha tashkil etish, topshiriq, vazifalami turli variantlarda qo'llashning imkoniyati katta.
§. Metodning afzalliklari va kamchiliklari Kichik guruhlar ishining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan darsni to'g'ri tashkil qilish, topshiriq va uning tarkibini aniqlash, dars o‘tkazishni rejalashtirish va o'tkazishga bog'liq. Darsni kichik guruhlarga bo‘lib tashkil etishning qator ijobiy tomonlari bo‘lib, ular so'zsiz talabalarni o‘tilayotgan mavzuni o‘zlashtirishlarida, mustahkatn bilim, ko'nikma, malakaga ega bo‘lishlariga yordam beradi. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin: 0‘zaro ijodiy bog'liqlik, bir-biriga ta’sir etish. Guruhda ijobiy tarzda o‘zaro ijodiy bog‘lanish yuz beradi.Bunda: Kichik guruh oldiga umumiy maqsad qo‘yiladi (masalan, guruhda biron bir materialni o'zlashtirish. Savolga javob berishi lozim bo‘lgan talabalar ana shu materialni guruhning har bir a’zosi tushunib yetishiga e’tibor qilishi kerak). Guruhning barcha a’zolari rag'batlantiriladi (masalan, guruhning har bir a’zosi topshiriqni bajarib, belgilangan natijaga er- ishgandagina ball oladi). Guruh a’zolari o'zlarida bor material va axborotni o‘zaro almashtirishlari, o‘rtoqlashishlari kerak (masalan, guruhning bir qismi bir materialni, ikkinchi qismi boshqa materialni o'rganadi va so'ngra olgan axborotlari bilan fikr almashadilar). Guruh a’zolari o‘zaro hamkorlikda o'ylaydilar va ma’lum rolni bajaradilar (masalan, biri yozib turadi, biri butun guruh nomidan so‘zga chiqadi. Boshqalari munozarada qatnashadi). Shunday tarzdagi ijodiy bog‘lanish ijobiy natija beradi. 0‘zaro hamkorlik jarayonida (og‘zaki tahlil va muloqotda, biri bilgan axborotni ikkinchisi bilmasligi mumkin) talabalar bir-biridan o'rganadi. Shaxsiy mas’uliyatni his qilish. O'zaro ijodiy hamkorlikning o'zi kichik guruhlarga boiinib, dars o'tishning muhim natijasi hisoblanadi. Lekin har bir guruh a’zosining yangi bilimni o'zlashtirishini ta’minlash uchun berilgan material yoki savolni o'rganishda har birining javobgarligini anglashiga erishishi zarur. Har bir talabaning shaxsiy javobgarlikni his qilishi qay darajada ekanligini nazorat ishi yoki tavakkaliga tanlangan guruhning a’zolaridan biri javobiga qarab tekshirish, aniqlash mumkin. Talabalar o‘rtasida muloqot, kichik guruhda ishlay bilish mahorati. Guruhda samarali ishlash uchun talabalar o'rtasida bir- biriga ta’sir ko'rsatishni rivojlantirish zarur. Bunga masalan, muloqot, ishonch bildirish, sardorlik qilish, qaror qabul qilish va nizoli
Guruh bo‘lib axborotlami ishlash. Guruh a’zolari birgalikda axborotni ishlaydilar va materialni tahlil qilib, o'z flkrlarini o'rtoqlashadilar. Juftlik yoki kichik guruhlarga bo‘linib dars o'tish uslubining asosiy jihatlari quyidagilar: ijodiy hamkorlik va bevosita bir-biriga ta’sir ko'rsatish; mas'uliyat his qilish; muloqot, kichik guruhlarda ishlay bilish mahorati; guruh bo'lib axborotlarni ishlash. Juftlik yoki kichik guruhlarga bo'lib, dars o'tishning o'ziga xos kamchiliklari ham mavjud. Birinchidan, muammo bilimni rag'batlantirish bilan bog'liq. Bilimi kuchli talabalar yuqori baho ola bilmasliklari, bilimi kuchsiz talabalar materialni o'zlashtirmaganlari sababli butun guruh past ball to'plashi mumkin. Ikkinchidan, o'qituvchining dars o'tishdagi, hatto murakkab masalalarni muhokama qilishda ham roli minimal. Uchinchidan, talabalar, bir-biriga bilmaganini o'rgatadi. Lekin yangi tushuncha, yangi o'quv materiaU berilganda fanning mazmunini chuqur va yaxshi tushunadigan o'qituvchi bo'lishi kerak. To'rtinchidan, juda ko'p o'qituvchilar kichik guruhga bo'lib dars o'tishni oddiy guruh bo'yicha ishlash tarzida ko'rishadi. Lekin nazariy jihatdan o'quv materialini o'zlashtirish uchun bu yetarli emas. Natijada bu uslubning imkoniyati to'la ishga solinmay qoladi. Beshinchidan, kichik guruhga bo'lib dars o'tish, dars jarayonida muammo tug'dirishi mumkin. Sababi, qo'yilgan masalani kichik guruhda muhokama qilish uchun qo'shimcha auditoriya talab qilinadi. Shuning uchun kichik guruhlarga berilgan topshiriqni darsdan tashqari paytda muhokama qilib, seminar darsida ma’ruzachilarni tinglash mumkin. Auditoriyada kichik guruhlarga bo'linib, birgalikda masala, mashq yechish mumkin. Bunda talabalar berilgan topshiriqni ma’nosiga tushunishdimi yoki yo'qmi tekshirish, uni bajarishga aniq vaqt belgilash, talabalar o'rtasida n uloqot tashkil etish kerak. Metodning kamchiliklariga nisbatan afzallik tomonlari ko'p. Shuning uchun ham ta’lim jarayonida bu metod keng qo'llanilmoqda. Ayniqsa, bu metodni boshqa metodlar bilan birgalikda qo'llash imkoniyatlari keng.
Darsni kichik guruhlarga bo‘lib o‘tish o'quvchi talabalarni hamkorlikda ishlashni eng yuqori darajada olib chiqadigan metod hisoblanib, uni bir necha modellari variantlari mavjud. Metodni qo'llash natijasida talabalarda birgalikda ishlash ko'nikmasi shakllanadi. Hamkorlikda ishlash, o'rganish jarayonida talabalar o'zaro o'qituvchi va o'quvchi bo'lib bilmaganlarini bir-birlaridan o'rganishadi . Kichik guruhlarda dars olib borish, tayyorgarlik ko'rish, axborot bilan ta’minlash, topshiriq ustida ishlash, kichik guruhlar ish natijasini muhokama qilish, fazalariga bo'linadi. Bu metodning afzallik va kamchilik tomonlari mavjud, lekin kamchiliklariga nisbatan afzalliklari ustun bo'lib, uni boshqa metodlar bilan birgalikda qo'llash imkoni ham katta. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling