D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


XX bob. BUXGALTERIYA HISOBI FANIDAN DARS 0‘TISH


Download 1.26 Mb.
bet185/218
Sana28.12.2022
Hajmi1.26 Mb.
#1024468
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   218
Bog'liq
maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi

XX bob. BUXGALTERIYA HISOBI FANIDAN DARS 0‘TISH


METODIKASI


Awalgi boblarda o'quv jarayonini tashkil etishning shakllari, dars o'tish metodlari, darslarda ko'rgazmali qurol,'tarqatma mate­rial, texnik vositaiardan foydalanish, o'quvchi-talabalar bilimini na­zorat qilish, sinash va baholash kabi masalalarni ko'rib chiqdik. Ular barcha fanlardan dars o'tishda qo'llaniladi. Ko'rib chiqqan va boshqa metodlarni barcha iqtisodiy fanlardan dars o'tishda qo'llash mumkin, lekin bu metodlarni tanlash va dars jarayonida qo'llashning esa o'ziga xos jihatlari mavjud. Chunki, har bir iqtiso­diy fanning o'ziga xos xususiyatlari borki, dars o'tish metodlarini tanlash va ularni aynan o'tilayotgan fan, mavzulaiga moslashti- rishda albatta hisobga olish zarur.

Mazkur bobda buxgalteriya hisobi fani va uning iqtisodiy fanlar orasida o'ziga xos xususiyatlari va ularga muvofiq ravishda dars o'tish metodlari, usullarini moslashtirishni o'rganamiz.

  1. §. Fanning xususiyatlari va dars o‘tish metodlarini tanlashda ularni hisobga olish

Har bir fan, jumladan, iqtisodiy fanlar, mutaxassislik fani sifa­tida buxgalteriya hisobi ham o'ziga xos xususiyatlarga ega. Biz har bir fanning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olganimizdagina samarali dars o'tish metodini tanlaymiz, muvofiq ravishda o'quvchi, talabalarni darsga faol qatnashishini ta’minlashimiz mumkin.
Har bir fanning boshqa fanlardan farqlanuvchi xususiyati, eng awalo, uning predmeti, fanning oldiga qo'yilgan maqsadi, funksiya va vazifalarida o'z aksini topadi.
Iqtisodiy yo'nalishdagi fanlar orasida mutaxassislik fanlaridan biri bo'lgan «Buxgalteriya hisobi» fani ham kelib chiqish tarixi, predmeti va funksiyalari, vazifalariga ko'ra boshqa iqtisodiy fanlar orasida o'ziga xos o'rin tutadi, ajralib turadi.
Buxgalteriya hisobi (nemischa Buc — kitob, halten — tutmoq) kitob yuritish ma’nosini bildiradi. Ya’ni kitob tutib, hisob ishlarini




yuritish. Hisob-kitob yuritish zaruriyati, ma’lumki, tovar - pul mu- nosabatlari vujudga kelib, rivojlanishi bilan bog‘liq.

Tovar ishlab chiqarish, ayirboshlashmng rivojlanishi, qilingan xarajatlarni hisoblash, olingan daromad bilan taqqoslash zaruri- yatini keltirib chiqargan. Hisob yuritish taxminan 4 ming yil awal yuzaga kelgan. Taraqqiyot natijasida ishlab chiqarish, ayirboshlash rivojlangan, o‘z navbatida u hisob-kitob ishlariga yangi talablar qo'ygan, rivojlanishiga olib kelgan.
Inson doimo vujudga kelgan qiyinchiliklar, to'siqlami zaruriyat tufayli bartaraf qilish yo'llarini topadi, natijada yangi ixtirolar qili­nadi, yangilikiar yaratiladi. Hisob-kitob ishlari ham bundan mustasno emas. Ana shu zaruriyatning oqibatida buxgalteriya hiso- bini fan sifatida shakllanishi va uni o'rganish predmetini belgilab berdi.
Buxgalteriya hisobi fanining predmeti bu — xo'jalik yurituvchi subyektlarning pul ifodasida aks ettiriladigan xo'jalik mablag'lar manbalari, ularning xo‘jalik yuritish jarayonidagi harakati, moli- yaviy natijalari, ya’ni ulardan foydalanish haqidagi axborotlarni shakllantirish hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobi ichki boshqaruv va tashqi iste’molchilar uchun joriy va yakuniy ma’lumotlami tayyorlash va ularga taqdim qilish maqsadida amalga oshiriladigan uzluksiz va o'zaro bog'liq kuzatishlar, o'lchovlar, ro'yxatga olish, ma’lumotlarni qaytadan ishlab chiqish va korxonalar, birlashmalar va muassasalarning xo'jalik faoliyati ustidan nazorat o'tkazish tizimi.
Buxgalteriya hisobi mikromiqyosda har bir xo'jalik yurituvchi subyektdan tortib, makromiqyosda mamlakat, qolaversa, megamiqyos — jahon mamlakatlari miqyosigacha axborot bilan ta’minlaydi. Hisob-kitoblarga ko'ra, barcha axborotlaming 3/4 qismini buxgalteriya hisobi beradi. Har bir xo'jalik yurituvchi subyekt ana shu axborotlardan foydalanadi. Buxgalteriya hisobi boshqarish faoliyatini nazorat va tahlil qilish, qaror qabul qilish uchun zarur bo'lgan ma’lumotlar bilan ta’minlaydi.
Buxgalteriya hisobi fani predmetining xususiyatlari uning maqsadi va funksiyalarida aks etadi. Buxgalteriya hisobining maqsadi O'zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g'risida»gi Qonunda quyidagicha ifodalangan: «Foydalanu- vchilami o'z vaqtida to'liq va aniq moliyaviy va boshqa buxgal­teriya axboroti bilan ta’minlashdir»1.



Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling