Darsning qisqacha tafsiloti
Tashkiliy qism
Talabalar bilan salom-alik qilinadi. 0‘qituvchi auditoriyada zarur jihozlar bor-yo‘qIigini ko’zdan kechirib chiqadi. Davomat tek- shiriladi. So‘ngra o'tgan seminar darsida o‘tilgan mavzuini qisqacha takrorlab, yangi mavzuni boshlaydi. Darsning qisqacha maqsadi bayon qilinadi:
0‘tgan seminar darsida biz iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va uslubi mavzusini yakunladik. Shu mavzuda biz iqtisodiy g'oyalaming vujudga kelishi,-iqtisodiy nazariyaning fan sifatida shakllanish jarayoni, asosiy iqtisodiy maktablarni ko‘rib o‘tdik. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti, iqtisodiy qonunlar, kategori- yalar, hodisalar va ularni o‘rganishning uslublarim birgalashib muhokama qildik.
Iqtisodiyot nazariyasi barcha iqtisodiy fanlarning poydevori ekanligi, davlatning iqtisodiy siyosatining ilmiy asoslarini ishlab chiqishdagi tutgan o‘rni, normativ va pozitiv iqtisodiy nazariyaning farqini o‘rgandik. Ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish va uning muam- molarini aniqlashda iqtisodiyot nazariyasi fanining ahamiyatini bilib oldik.
Bugun biz yangi mavzu: «Iqtisodiy resurslar va jamiyat ehtiyojlari» mavzusini muhokama qilamiz.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fanini o‘rganishni aynan mana shu mavzudan boshlashimiz bejiz emas, chunki insonning butun hayoti turli-tuman ehtiyojlarini qondirishga qaratilgandir.
Bugungi mavzuda biz ana shu ehtiyojlarning tarkibi, ularning cheksizligi, ehtiyojlarni qondirish uchun zarur ne’matlarni ishlab chiqarish uchun resurslarni cheklanganligi, bundan kelib chiqadi- gan iqtisodiyotning bosh muammosi, tanlov va qaror qabul qilishni zarurati va boshqa masalalarni o‘rganamiz.
Darsga seminar mashg‘uloti rejasi bo'yicha tayyorlanib kelish kerak edi. Darsga hamma tayyormi? - deya so'rab, tayyorlanmay kelganlarni sababini aniqlaydi. Bugungi mavzu muhokamasini boshlaymiz deb, o'qituvchi kirish so'zini tugatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |