«Buxgalter lavozimiga ishga qabul qilish» o'yini.
0‘yinning maqsadi: o'quvchi-talabalarning ikki yoqlama yozuv, hisobvaraqlar va ularda xo'jalik muomalalarining aks etishini puxta o'zlashtirishlariga erishish.
O'qituvchi o'yinda o'rganiladigan tushunchalarni esga solib, qaytaradi.
O'yinning maqsadini tushuntiradi. Guruh uchga bo'linadi. Guruhdagi eng iqtidorli talabalardan 3 kishi «ekspertlar» guruhini tashkil etadi. Ular ishga qabul qilish uchun tanlov o'tkazilishi haqida e’lon tayyorlashlari kerak.
Ikkinchi guruh korxonada tashkil etilgan «bosh buxgalter» boshchiligidagi 5 kishidan iborat tanlov komissiyasi, unga: kadrlar bo'limi va buxgalteriyadan tajribali mutaxassislar a’zo qilib jalb etilgan. Ular ham ishga qabul qilish uchun tanlov o'tkazilishi haqida e’lon tayyorlashlari kerak. E’lon vatman qog'ozga yozilgan, slayd, tarqatma material tarzida bo'lishi mumkin.
Uchinchi guruh — qolgan barcha o'quvchi-talabalar, ular kasb- hunar kollejini yoki institutni bitirib, shu korxonaga yosh mutaxassis sifatida ishga kirishmoqchi.
Komissiya ularga bir necha bosqichda topshiriq berib, ularni to'g'ri bajarib, eng yuqori ball to'plaganlarni ishga qabul qilmoqchi.
O'qituvchi o'yin o'tkazish qoidalarini o'quvchi-talabalarga tushuntiradi: har bir o'quvchi-talabaga uch bosqichda topshiriq beri- ladi: Birinchi topshiriq nisbatan oson testlar. Ularni kamida yar- mini to'g'ri yechganlar kelgusi turda qatnashish huquqini qo'lga kiritadi.
Ikkinchi bosqichda mashq beriladi, uning to'g'ri-noto'g'riligini aniqlab, sababini yozib ko'rsatilishi kerak. Uning ham kamida yar- mini to'g'ri bajarganlar kelgusi bosqichga qo'yiladi.
Uchinchi bosqichda ataylab noto'g'ri bajarilgan ishlar beriladi. Uni kamchiligini topib, to'g'ri bajarish so'raladi. Har bir bosqichda bajarilgan ishlarni tanlov komissiyasi a’zolari tekshirib, baholaydi- lar. Ularning to'g'ri yoki noto'g'riligini ekspert komissiyasi tekshirib, xulosa chiqaradi. O'qituvchi o'yinni qanday o'tayotganini
kuzatib turadi. Bunda unga ekspert komissiya a’zolari yordam beradi. 0‘quvchi-talabalar quyilgan topshiriqlarni bajarish jarayonida mavzuni tushunib oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |