D. Y. Yormatova
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ekologiya tadqiqot usullari va jihozlari (1)
Antropogen omillarning umumiy xarakterini aniqlash uchun
1 ga maydondagi maxsus uchastkadan 45 ta joydan hajmi 50 × 50 sm bolgan chuqurlar qazilib, u yerda uchrashi mumkin bolgan umurtqasiz jonivorlar nazorat qilinadi. Agarda antropogen omillarning tasirini chuvalchanglar sonida yanada aniq bilish zarur bolsa, kichik maydonlardan namuna olinadi. Bunda 0,01 ga maydonda (10 × 10 m) 1/16 m 2 (25 × 25 sm) chuqurlar soni oshiriladi. Bu vaqtda olinadigan namuna soni 912 taga oshadi. Chuqurchalarning bir-biriga yaqin joylashuvi bajariladigan ishning maqsad va vazifasiga bogliq. Unumdorligi bir xil bolgan 131 maydonlarda kondalangiga 3 ta, bazan 5 tagacha chuqur kovlanadi. Namuna olish jarayoni quyidagicha boladi, birinchi namuna olinadigan maydonchalar aniqlanib, burchaklariga qoziqchalar qoqiladi, ular ortasiga iðlar tortiladi. Belgilangan maydoncha tuprogi ustidagi barglar va boshqa chiqindilar hamda ustki quruq qatlam olib tashlanadi. Kovlanishi mumkin bolgan tuproq usti tozalangandan song bir tomonga kleyonka yoki qattiq gazlama yoyib qoyiladi va kovlangan tuproq shu material ustiga tashlanadi. Òoplangan tuproq qol bilan asta-sekin korib chiqiladi va unda mavjud bolgan hasharotlar alohida terib olinadi, yirik kesaklar va osimlik ildizlari olib tashlanadi. Òopilgan hasharotlar bankaga solib qoyiladi. Har bir namuna maydonchasidan topilgan hayvonlar daftarga yozib boriladi. Bunda tuproqqa tarif berib, hasharotlar topilgan sana, ularning nomi aniq holda dala daftariga yozib boriladi. 1. Kress-salat osimligi bilan olib borilgan tajribalarni amalda qollab boladimi? 2. Nega kress-salat osimligi indikator sifatida olindi? 3. Òuproqusti faunasi deganda nimani tushunasiz? 4. Òuproqosti faunasida yashovchi asosiy tirik organizmlar deganda nimani tushunasiz? 5. Faunaga antropogen omillarning tasiri qanday shakllanadi? NAZORAT SAVOLLARI 132 XII BOB BIOTANI MONITORINGLASH USULLARI 12.1. Òirik organizmlar biotasi va uning ahamiyati Biota deb, malum bir joy yoki hududdagi barcha tirik orga- nizmlar (osimliklar, hayvonlar va turli mikroorganizmlar)ning birgalikda yashashiga aytiladi. Biota monitoringini tashkil qilishda malum joyda doimo muqim osadigan osimliklar mavjud joyni tanlash ijobiy natija beradi. Bunga sabab shuki, osimliklar qoplami juda kop narsaga asos boladi, hasharotlar, qushlar va hayvonlarning kopgina turlari malum bir arealda yashab, oziq- lanishi natijasida alohida bir osimliklar turiga organib qoladi. Bundan tashqari, tanish osimliklar, hasharotlar, hayvonlar va qushlarda kuzatishni uzluksiz olib borish ham oson kechadi. Biotani baholashda quyidagilarga etibor berish lozim: ♦ organizmlarning kop sonli ekanligi (maydon birligi hiso- bida); ♦ tez uchrashi (joydagi bir turning umumiy turlar soniga kora, foiz hisobida); ♦ serhosil yoki sermahsul dominant turlar miqdoriga kora. Monitoring kuzatishlari osimlikda olib borilar ekan, bargning morfologik belgilariga, poyalaridagi postloqlari, bargi, gullarida har xil ranglarning, shuningdek, vegetativ va generativ organla- rida turli nomalum tasirlar yordamida ozgarishlar paydo boli- shiga (osuv kurtaklarining nobud bolishi, novdalarning shox- lanishida ozgarishlarning yuz berishi) etibor berib boriladi. Osimlikning tashqi korinishidagi ozgarishlarni maxsus asboblar yordamida yoki ularsiz ham tez anglab olish mumkin, masalan, fotosintez darajasining borishidagi ozgarish, xlorofill miqdori, pigmentatsiya, turgor va boshqa fiziologik ozgarishlar. Hayvonlarda quyidagicha ozgarishlar qayd qilinadi: 133 ♦ populatsiyalar soniga; ♦ turlar tarkibidagi ozaro munosabatga; ♦ ozgarishlarga duchor bolgan turlarning qayd qilinishiga. Bundan tashqari, tur soni va ularning bir mavsum davomida sonining ozgarishi aniqlanadi. Hayvonlar uchun ayrim yillar rivojlanish uchun juda qulay bolib, populatsiyalar soni kopayib boradi. Ayrim yillari populatsiyalar soni kamayib, bazan mut- laqo yoqolib ketishi uchraydi. Bu holat bazan davriy bolishi ham mumkin. Osimlikni yozib borish. Buning uchun ormon yoki yaylovning osimliklar qoplami maqul deb hisoblangan joyidan yoki dominant osimlik hamma joyda bir xil uchraydigan maydon tanlab olinadi. Kuzatish olib boriladigan joyning hajmi 400 600 m 2 (20 × 30 m)dan kam bolmasligi kerak. Chunki ushbu maydonning ichiga kuzatish olib boriladigan 100 m 2 joy bolishi lozim. Bu yerda osayotgan butalar va tonkalar soni alohida qayd qilinadi. Bundan tashqari, bu yerda osib chiqayotgan yangi novdalar, butalar soni va osimliklar qoplamini hamda chalabuta- larni baholash uchun yana hajmi 1 m 2 bolgan 35 ta may- doncha ajratib belgilanadi, barcha kuzatishlar ushbu ichki may- donchalarda olib boriladi. Kuzatishning boshida osimliklar balandligiga qarab, yarus- larda belgilanadi: ♦ I daraxtlar; ♦ II butalar qoplami; ♦ III ot va chalabutalar qoplami; ♦ IV moxlar va lishayniklar qoplami. Har bir osimlik qoplami yoki yaruslar quyidagicha yozib boriladi: 1. Avvalo, ushbu hududda qancha osimlik qoplami borligini aniqlab olish lozim. Keyin bu joyda har bir yarusda osib rivojla- nuvchi asosiy dominant osimlik turini aniqlab, ular boyicha olchovlar olib boriladi. 2. Maydondagi yaruslarning joylashish sxemasini olchash, buning uchun masshtabdan foydalanish zarur (millimetrli qo- gozda). 134 Osimlik turiga tarif berilayotganda ish maydonning bir chetidan, tartib bilan boshlanadi. Daraxtlarning tarifi yozilishi kerak bolsa, adashmaslik uchun osha daraxtning nomi bosh harfi bilan belgilansa, yaxshi boladi. Masalan, archa daraxti A, chinor Ch, dolana D, bodom B va h.k. tartibda belgilab, ular soni sanab aniqlanadi. Maydondagi umumiy daraxtlar soni 10 deb olinsa, ushbu fitotsenozda A4, D2, Ch3, B1 bolishi mumkin. Demak, ushbu maydonda archalar soni 40 %, dolana 20 %, chinor 30 % va bodom soni 10 % ni tashkil etgan boladi. Osimliklar qoplamida ularning boyiga qarab, yaruslarini yaqqol belgilab chiqiladi, bunda koz bilan chamalab yozib chiqish mumkin. Masalan, chinor baland osgani uchun 1-yarus; archa 2-yarus; dolana 3-yarus; bodom 4-yarus deb yozib qoyiladi. Yoki boshqacha tarzda 1-yarusda 5 ta chinor, 2-yarus- da 2 ta archa va h.k. 12.2. Osimliklarning hayotchanligi (yashash muddati)ni aniqlash Osimlik turlarining yashash muddati ular osayotgan biotse- nozdagi oziqlanish jarayoni, tuproq, iqlim sharoiti va osimliklar turiga bogliq. Ularning hayotchanligini baholash uchun uch balli shkaladan foydalanib, ish olib boriladi. I. Juda yaxshi osib rivojlanayotgan osimliklar bunda ushbu fitotsenozda toliq osib, gullab, urug hosil qiluvchilar tushu- niladi, shuningdek, har bir osimlik boyining balandligi oz mor- fologik belgilariga teng bolishi kerak. II. Osib rivojlanishi ortacha bolgan (qoniqarli ) bu holatda osimlik oz hajmidan kora kichikroq boladi. U soyada qolib ketib, toliq rivojlanishiga sharoit yetarli darajada bolmaydi, bunday osimliklar urugidan kopaymaydi. III. Osish va rivojlanishi juda past bolib, ularning ayrimlarida morfologik belgilari ozgargan bolishi mumkin (shoxlanishi, barglarining shakli va h.k.), bu xil osimliklarda uruglaridan kopayish kuzatilmaydi. Chunki iqlimning 1°C ozgarishi nati- jasida osimliklarda ozgarish katta boladi. 135 Ushbu maydonlarda olib borilgan kuzatishlar hududning pasportiga qayd qilib qoyiladi. 12.3. Òurlarning molligini aniqlash Òabiiy osimliklar qoplamini organish lozim bolganda, ular tarkibini yoki tur sonini sanab chiqish ancha mushkul ish hisoblanadi. Bu ishni osonlashtirish uchun maydonchadagi osim- liklar sonini koz bilan chamalab, belgilangan shkala yordamida malum bir tur osimlikning kop yoki kam ekanligi aniq- lanadi. 1 ball organiladigan kichik maydonchada malum bir turdan faqat bir dona bolishi mumkin. 2 ball malum tur juda kam, ammo har joyda kam bolsa- da, uchraydi, notekis tarqalgan. 3 ball organilayotgan maydon boylab malum bir tur osimlik soni ortacha koplikda uchraydi. 4 ball osha turga mansub osimliklar soni deyarli hamma joyda uchraydi. 5 ball malum bir turga mansub osimliklar soni juda kop bolib, bir-biri bilan qoshilib osgan, maydonda, asosan, osha osimlik turi kozga tashlanadi. Organilgan maydonchada eng kop uchraydigan osimlik turlari 45 ball bilan baholanadi, bazan ularning kopligini 3 ball bilan ham baholash mumkin. Bunda ular boshqa osimlik turiga nisbatan kop bolishi bilan 3 ball olish imkoniga ega boladi. Hududda eng kop tarqalgan osimlik turi, oz navbatida, eko- pasportga kiritib qoyiladi. Malum bir hududda osimliklar turi kop uchrashiga qarab, otlar qoplamiga yoki ormonlarga nom beriladi. Masalan, shu- voqli-efemerlar qoplami, saksovulli-qongirboshlar, efemer va efemeroidlar va h.k. Fitotsenozlarning shunday qoplamiga duch kelinganda, ularni shu joyda dominantlik qiluvchi osimlik turlari nomi aniqlanib, keyingi ish olib borish uchun qulay holda osimliklarning nomi bilan yozib qoyish mumkin: saksovul+shuvoq izenkavrak+qongirbosh. Bunda dominant turlar ortaga qoyiladi va ular ortasida yaruslar bilan belgilanadi. 136 Ormon hosil bolishini aniqlash. Hududda ormon hosil bolishini aniqlash ham eng kop qilinadigan ishlardan biri hisoblanadi. Chunki ormonlar tabiatdagi eng zarur jarayonlarni bajaradi. Organiladigan maydonlarning hajmi 1 × 1 va 10 × 10 m bolib, ajratib olinadi, u yerda unib chiqayotgan barcha daraxt nihollari birma-bir sanab chiqiladi. Bular ichidan ozi tabiiy unib chiqqanlari, ekilganlaridan bir yillik, uch yillik daraxt nihol- lari sanab chiqiladi. Olingan malumotlar darhol ekopasportga qayd qilinadi. Shunga qarab, organilayotgan ormon maydonidagi tiklanish haqida xulosa qilinadi: ♦ qaysi turga mansub daraxtlar unib chiqayotganligi; ♦ unib chiqayotganlar tabiiy yoki ekma usul bilan kokar- yaptimi; ♦ urugdan ekish yaxshimi yoki vegetativ kopayishmi; ♦ ushbu fitotsenozning kelgusida rivojlanish darajasi. 12.4. Yaylov yoki otloqning monitoringi Respublika hududidagi otloq va yaylovlarda osimliklar qoplami bir yillik va kop yillik otsimon osimliklardan iborat bolib, keng tarqalgan. Otloqlar daryo va kol boylarida namlik yuqori bolgan joylarda kop yillik osimliklardan iborat. Osim- liklar, kopincha, qongirboshlar va dukkaklilar oilasiga mansub bolib, yil davomida osib rivojlanadi. Otloqlar, asosan, tekisliklar yoki pastroq joylarda boladi, ayrim otloqlar suvdan uzoqroq bolsa, osuv davrida bir necha marta sugoriladi. Bazan otloq- larning osish manbayi erigan qor suvlari bolishi mumkin, bunday hollar bizning hududda juda kam uchraydi. Respublika hududida baland togli joylarda osayotgan otlar va daraxtlar atmosfera yoginlaridan foydalanib rivojlanadi, bu joylarda baribir osimlik tomonidan istemol qilinadigan suv miqdori kam boladi, shuning uchun ham bu maydonlarda hosildorlik past boladi. Yaylovlarning hududi tekis yoki qir-adirlardan iborat ham bolishi mumkin, tekis joylardagi yaylovlarda hosildorlik doimo 137 kam boladi. Bu tur yaylovlarda osuvchi osimliklar, kopincha, bir yillik efemer va efemeroidlardan bolganligi ham hosildor- likning kam bolishiga olib keladi. Respublikadagi togli va tog-oldi hududlarida joylashgan yaylovlar juda katta maydonni egallaydi. Yaylovlarning quyosh kam tushadigan tomonlarida otlar nisbatan yaxshi osadi, quyosh birdan tushadigan tomon- larida nam kamligidan otlar past boyli bolib, hosildorlik kam boladi. Bu joylardagi tuproqlar tarkibida gumus kam boladi. Uncha-muncha osgan otlarni ham mollar otlab ketishi sa- babli, tuproqqa organik moddalar kam tushadi. Shuning uchun bu tuproqlar unumdorligi past hisoblanadi. Suv kam bolgan muhitda osgan otlarning oziqa birligi ham nisbatan kam bo- ladi, olingan malumotlar ushbu fikrlarning togriligini kor- satdi. Otloq va yaylovlarning fitotsenozini aniqlash uchun yana hajmi 10 × 10 m bolgan maydonchalar ajratib olinadi, ularning ichida hajmi 1 × 1 m bolgan uchta maydoncha yoki 810 ta 0,5 × 0,5 m hajmda maydoncha belgilab olinadi. Ushbu hududga antropogen omillarning tasirini organish uchun tajriba va nazorat maydonchalari ajratiladi. Ushbu holatda maydon- chalardagi tuproq tiði ularga tushadigan yoginlar va yoruglik miqdori imkon qadar bir xil bolishiga harakat qilinadi. Yaylov va otloqdagi fitotsenoz organilayotganda quyidagilarga etibor beriladi: ♦ joyning geografik joylashishi; ♦ yaylov yoki otloq tiði; ♦ joyning relyefi; ♦ tuproq tiði; ♦ nam bilan taminlanish darajasi; ♦ hududda daraxt va butalarning mavjudligi; ♦ tonkalarning kop yoki kamligi; ♦ ot qoplamining yarulardan iborat ekanligi; ♦ osuvchi osimlik turlari soni. Ushbu olingan malumotlar har doimgidek ekopasportga qayd qilib boriladi. 138 12.5. Yaylov va otloq faunasi monitoringi Bizga malumki, yaylov va otloqlarda faqat osimliklar turi bolmasdan, balki turli xil hasharotlar ham koplab uchraydi. Endigi vazifamiz, xuddi osimliklarni aniqlaganday hasharotlarni ham organib chiqish. Bu yerda uchraydigan hasharotlarning kopchiligi umurtqasizlar hisoblanadi. Otloqlardagi hasharotlar turini aniqlash uchun ularni tuta- digan maxsus moslamalar olish yoki yasash kerak. Shunday moslamalardan biri entomologiyada qollanadigan torxalta bolib, u baquvvat, diametri 34 mm.li aylana polat sim tor yoki nozik (yirtilmaydigan) yana bir tur gazlamadan tayyorlanadi. Simdan diametri 30 sm bolgan aylana yasab olinadi va qolda tikilgan torxalta aylantirib mahkamlanadi. Songra uzunligi 130150 sm bolgan togri tayoqqa mahkamlanadi. Òorxaltaning shakli togri tanlanishi lozim, agarda xaltaning tagi konussimon yoki togri, tekis qilib tikilgan bolsa, xaltaga tushgan hasharotni olish uchun qulay bolmaydi (1011-rasm). 10-rasm. Entomologik tutqich xaltani bichish kesimi. Gazlamaning kesish buklami Boz 90 sm 10 sm 55 sm 30 sm 32 sm 8 sm 15 sm Dokaning kesimi 139 Òorxaltani uzunchoq (silindrsimon), eng pastini dumaloq qilib tikish lozim. Xalta uzunligi diametriga qaraganda 1,5 marta uzun, yani 45 sm bolganda, ish quroli togri tanlangan boladi. Umuman, torxalta aylanaga mahkamlanadi, bunga sabab foydalanilganda tutqichi simdan ajralib chiqib ketmasligi kerak. Hasharotlarni tutishda xuddi ot orayotgandek harakat qilinadi, ammo bunda orish harakati sakkizning rasmini chizishi lozim. Bir yonalishda 810 martagacha qol sermaladi. Òorxalta ichiga hasharotning tushganligini har safar korish shart emas, balki 810 martalik harakatni bir turkum deb olsak, undan keyingina ichini ochib korishimiz lozim. Ajratilgan maydonchada hasharotni qol bilan tutish kerak. Har bir turkumdan song torxalta ichidagi hasharotlarni sekin- asta ehtiyotlik bilan chiqarib olib, ularni uxlatish uchun maxsus tayyorlangan shisha bankalarga solinadi. Bankalar oldindan tozalangan holda tayyorlab qoyiladi, ularning hajmi 200300 mm bolishi kerak. Banka tagiga yumshoq filtr qogozlari toshaladi, ichiga buklangan yozuv qogozlari tashlab qoyiladi. Bunga sabab, hasharotlar bankaga tushgandan song darhol boshqa-boshqa joylashib olishlari lozim, aks holda ular bir-bir- larini ezib yoki iflos qilib qoyishlari mumkin. Bankalarning ogzi qattiq rezinalar bilan mahkamlanadi, havo kirmaydigan bolishi lozim (12-rasm). Bankaga solingan hasharotlar darhol uxlatiladi, buning uchun oltingugurtli efir yoki xloroformga maxsus qogozni botirib, 11-rasm. Òutqichning togri va notogri tikilgan holatlari. 140 tashlab qoyiladi. Ushbularni yaqin dorixonalardan olish mumkin, agarda buning iloji bolmasa, tozalangan benzinga kichik bir lattacha botirib solib qoyilsa, hasharotlarga darhol tasir qiladi. Bu yerda bir narsani aytish lozimki, benzindan iloji boricha foydalanmaslik kerak, chunki benzin tasirida kapalaklar yoki boshqa hasharotlar oz rangini tez yoqotadi. Bu usulda sal kattaroq hasharotlarni ushlash mumkin, ot- olanlar orasidagi juda kichik hasharotlar boshqa usul bilan tutib olinadi. Juda kichik hasharotlarni tutishda foydalanish uchun oddiy shisha banka olinadi va ogzi mahkam yopiladi. Bankani yopgan tiqinning ikki joyidan kichik teshik ochiladi, teshiklarga ikki dona shisha nay solib mahkamlanadi. Ularning biri oddiy togri burchakli, ikkinchisi «Ã» shaklida boladi. Oddiy burchakli shisha nayning uchi ogizga olinib soriladi, shu vaqtda ikkinchi nayning uchi bilan tashqaridan mayda hasharotchalar bankaga sorilib tushadi (13-rasm). Òoplangan hasharotlar sekin uxlatiladi, bankada qurib qotib qolgandan song, sekin olib yumshoq korpachalarga qoyilib, turi va nomi aniqlanadi. Yumshoq korpachalar orasiga nam otmaydigan paxta yupqa qilib toshaladi va uning ustiga uxla- tilgan hasharotlar qoyib chiqiladi, songra har bir hasharot yoniga yorliqchalar qoyiladi. Yorliqqa qachon terib olingani, 13-rasm. Hasharotlarni sorgich asbobi. 12-rasm. Hasharot tutilgan ogzi yopiq shisha idishlar. 141 nomi, osha paytdagi ob-havo malumotlari, kuzatish olib borgan masulning ism-familiyasi yozib qoyiladi (14-rasm). Orish ishlari, asosan, havo harorati quruq bolgan va kundalik harorat hali uncha isib ketmagan paytlarda olib boriladi. Hasharotni yigish davrida otlar ustiga yoruglik tushmasligi kerak, otlar ustida otirgan hasharotlar odam soyasidan chochib, uchib ketishi mumkin. Malum hududdagi hasharotlar sonini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalansa boladi: P = N / ( D · L · n ), bu yerda, P1 m 2 .dagi hasharotlar soni; Nhajmi standart hisoblangan tutgichda bir orishda tutilgan hasharot soni; D tutgich (sachka)ning diametri (metrda); Lotloq ustida tut- gichni bir serpaganda bosib otilgan yol yoki yolning ortacha uzunligi (metr hisobida); ntutgichni serpash yoki hasharot tutishga urinish soni. Havoda uchib yurgan hasharotlarni tutish va sanash uchun juda yengil tayyorlangan entomologik tutgichdan foydalaniladi, u havo tutgichi deb nomlanadi. Oldingi tutgichdan farqli olaroq, bu tutgich yengil polat aylana simga oldindan tikib tayyorlangan xalta kiygiziladi, xalta dokadan, kaprondan, gazdan tikiladi. Havo tutgichining boglanadigan tayogi oldingidan biroz uzunroq, yani 1,5 m uzunlikda bolib, faqat togri va yengil chopdan olingan bolishi lozim. 12.6. Qushlar soni va zichligini hisobga olish usullari Qushlar sonini hisobga olishdan oldin kuzatuvchi, avvalo, bir savolga javob berishi lozim. U qushlarni yaxshi taniydimi, zero ularning tashqi korinishi va ovozi bir-biriga oxshash bolishi 14-rasm. Hasharot tutuvchi doka korpacha va ularning nomi yozilgan yorliq. 142 mumkin. Qushlarni organish monitoringining qanchalik togri yoki notogri bolishi kuzatuvchining mahoratiga bogliq. Kuzatuvchi dala daftari tutishni bilishi va korganlarini unga etibor bilan qayd qilib borishi ish togri borayotganligini korsatadi. Qushlar monitoringi kuzatuvchidan yol yurib, hisob-kitob ishlarini olib borishni taqozo qiladi. Bir kvadrat kilometr masofani aylanib, shu yerda mavjud qushlar soni hisobga olinadi. Kuzatuvchi erinmasdan, barcha katta va kichik yollarni kozdan kechirib otishi lozim boladi. Hisobga olish davomida kuzatuvchi dala daftariga oz yolida uchragan va ovozi eshitilgan qushlarni qayd qilib boradi. Bu vaqt ular 10 metrda, bazan 30 metrda uchrashi mumkin. Kuzatuvchi imkon boricha sekin va diqqat bilan yurishi, bironta sayragan yoki jimgina shoxdan shoxga sakrab yurgan qushni otkazib yubormasligi kerak. Bazida kozga korinmay sayragan qushni ham bilish kerak boladi, kuzatuvchi shovqin qilmay jim yurishi ham katta ahamiyatga egadir. Bir joyda uzoq toxtab qolish ham yaramaydi, bazida kuzatuvchi qushning ovozidan zavqlanib toxtab qolsa, u ikkinchi bir qushni kormay yoki eshitmay otib ketishi mumkin. Kuzatuvchining yurish tezligi davrga qarab belgilanadi, qushlar uya qoygan faslda bir soatda 1,5 2 km/soat, boshqa paytlarda esa 22,5 km/soat yursa, kuzatuvchi oz atrofidagi qushlarni korib va eshitib ulguradi. Kuzatuvchi bu ishni qancha erta turib boshlasa, shuncha yaxshi natijaga erishgan boladi. 12.7. Dala daftariga qayd qilish Kuzatuvchi dala daftariga quyidagilarni: kuzatuv olib borila- yotgan joy (viloyat, tuman, aholi yashash joyi), kuzatuv olib borilgan muddat, osmonda bulutlarning borligi, havoning haro- rati, shamolning bor yoki yoqligi, shoxlardagi qorning qalinligi kabi holatlar qayd qilib boriladi. 143 11-jadval Olingan malumotlar tushiriladigan jadval i r u t Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling