Dag‘al dispers sistemalar
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Yuqorimolekular birikmalar eritmalarining hossalari
chaqirishdan avval sistemaga SFM qoʻshilishi zollarning elektrolitning koagullashtiruvchi ta’siriga boʻlgan barqarorligini oshishiga olib keladi. Bunday holatning kuzatilishiga sabab SFM ning zollarga oʻzining liofob (gidrofob) qismi bilan adsorbsiyalashib liofil (gidrofil) qismlari erituvchi muhitiga yoʻnalishi natijasida, «himoya» pardasi hosil qilishidir. Agar sistemaga qoʻshilayotgan SFM ion xususiyatiga ega boʻlsa, uning ta’sirida kolloid zarrachaning elektrkinetik potensialining qiymati ortadi va u dastlabki holatga qaraganda barqaror boʻladi. Kolloid zarrachalarning elektrolitlar ta’siridagi koagullanishga boʻlgan barqarorligini SFM yordamida oshirish «kolloid himoya» deb ataladi. «Kolloid himoya» - ning miqdoriy belgisi sifatida zolni «himoyalash soni» tushunchasi kiritilgan boʻlib, oltin zoli uchun «oltin son», temir zoli uchun «temir son», kumush zoli uchun «kumush son» deyiladi va h. k.. Masalan, oltin son tushunchasi quyidagi ta’rifga ega: 10 ml oltin zolini 1 ml 10 % li NaCl eritmasining koagullovchi ta’siridan (zol rangini qizildan koʻkka oʻzgartirishidan) saqlab qoladigan moddaning milligramm miqdori «oltin son» deb ataladi. Oltin zolini koagullanishdan himoyalash maqsadida turli moddalardan foydalanish mumkin. Himoyalash qiymati moddaning xususiyatiga bog‘liq. Olingan natija qiymati kichik boʻlsa moddaning himoyalash xususiyati yuqori boʻladi. Jumladan quyidagi keltirilgan qatorda oltin zolini eng katta himoyalash xususiyatiga jelatin (eng kichik «oltin son» qiymatiga ega) va eng kichik himoyalash xususiyatiga esa (eng katta «oltin son» qiymatiga ega) kraxmal egadir: jelatin (0,01 mg) > gemoglobin (0,05 mg) > tuxum albumini (2,5 mg) > kraxmal (20,0 mg). Organizm sharoitda himoyalovchi vazifasini oqsillar bajaradi. Fiziologik jarayonlarda himoyalash juda katta ahamiyatga ega. Masalan, oqsillar qonda qiyn eriydigan kalsiy fosfati va karbonatini disperslangan holda ushlab turadi. Ba’zi bir kasalliklarda himoyalovchi moddalar konsentratsiyasi kamayib ketib tuzlarni chо‘kishiga (buyraklarda, jigarda, bо‘g‘inlarda tuzlar yig‘ilishiga) olib keladi. Kо‘pchilik dori moddalar himoyalangan zollar kо‘rinishida ishlab chiqariladi (kollargol,protargol va boshqalar.). Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling