Dag‘al dispers sistemalar
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Yuqorimolekular birikmalar eritmalarining hossalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kolloid sirt faol moddalar va ularning hossalari
Dag‘al dispers sistemalar Dag‘al dispers sistema zarrachalarining kattaligi 100 nm dan katta yoki 10 -7 dan 10 -4 m gacha bо‘ladi. Ular qatoriga emulsiyalar, suspenziyalar va aerozollar (tuman, chang, tutun, kukunlar) kiradi. Dag‘al dispers sistemalar kо‘rinishida, tibbiyotda keng qо‘llaniladigan, farmatsevtik mahsulotlar ishlab chiqariladi. Kolloid sirt faol moddalar va ularning hossalari Kolloid kimyo dispers sistemalarning fizik-kimyosini oʻrganish bilan birgalikda sirt faolligi, sirt taranglik koeffitsiyenti va ularga ta’sir etuvchi omillar bilan, shu jumladan, sirt faol moddalar, yuqori molekulyar birikmalar kabi moddalarning fizik-kimyosi bilan ham shug‘ullanadi. Eritmalarning sirt tarangligini kamaytiruvchi moddalar, sirt-faol moddalar (SFM) deb nomlanadi. SFMlar qatoriga difillikga ega organik moddalar kiradi, yani ularning tarkibida bir vaqtning о‘zida ham qutbli, ham qutbsiz guruhlarni bo’ladi. О‘zida yettitagacha uglerod atomini tutgan sirt faol moddalar (spirtlar va karbon kislotalar) qutbli erituvchida molekulyar eritma hosil qilib eriydi, uglerod atomlarining soni yettitadan kо‘p bо‘lsa – kichik konsentratsiyalarda molekulyar eritmalar, yuqori konsentratsiyalarda mitsellyar eritmalar hosil qiladi va bunday eritmalar kolloidli SFM eritmalari deb ataladi. Kolloid SFM zollari о‘zini xuddi liofil tabiatli zol kabi tutadi. Bunday о‘xshash xususiyatlarga sovun eritmasi, yuqori molekulyar karbon kislotalar, tannid, pektin, umuman olganda oqsil va yog‘lar qatoriga kiradigan moddalar ham kiradi. Tuman Ko ‘ pik Sut Pemza Gel SFM kichik konsentratsiyalarda molekulyar eritmalarning xususiyatlariga ega. Yuqori konsentratsiyalarda esa molekulalar agregatlashib, mitsellalarni hosil qiladi. Kolloid sirt faol moddalar kо‘pik hosil qilish, yuvish, solyubilizatsiya xususiyatlariga ega bо‘ladi. Ularda eritma hosil bо‘lishi bilan sirt tarangligi va elektr oʻtkazuvchanligi kamayishi kuzatiladi, qovushqoqligi oshadi va h.k.z. SFM ning yetarli darajada mitsellalar hosil qilinishi kuzatila boshlaydigan eng kichik konsentratsiyasi mitsella hosil bо‘lishining kritik konsentratsiyasi deb nomlanadi -MKK. Konsentratsiyasi o’zgarishi bilan molecular-ion disperslik darajasidan kolloidlik disperslik darajasiga o’tish qobiliyatiga ega sirt faol moddalar kolloid sirt-faol moddalar deyiladi. Kolloid sirt faol moddalar eritmasida MKK dan yuqori konsentratsiyalarda quyidagi tenglik tо‘g‘ri kuzatiladi: m SFM (SFM)m Bunday eritmalar bir vaqtning o’zida ham molekular ham kolloid eritma hossasini tutadi. Muvozanatni u yoki bu tarafga siljishi ularning konsentratsiyasi va haroratga bog’liq. Yuqori konsentratsiya va past haroratda ular kolloid eritma hossasini namoyon qilsa, suyultirilgan eritmada va yuqori haroratda o’zini molecular eritmadek tutadi. Shuning uchun ularni yarimkolloid sistemalar deyishadi. Konsentratsiyasini MKKgacha oshirishda mitsellalar hosil bo\la boshlaydi. Molekulalar suvda agregatlanganda sferik mitsellalar hosil bо‘ladi, ularning molekulalarining uglevodorod zanjiri mitsellaning ichiga yoʻnalsa, qutbli guruhlari esa tashqariga qarab turadi. Organik eritmalarda esa shuni teskarisi: Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling